So’nggi yangiliklar

00:17Рэшфорд "Барса" билан шартнома имзолади (Фабрицио Романо)  0 23:55"Андижон" назорат ўйинида камбэк эвазига ғалаба қозонди  0 23:24Ўзбекистон U-17 терма жамоаси ЦСКАга қарши баҳс олиб боради  1 22:59"Ливерпуль" тўхтамоқчи эмас. Клуб Франция чемпионатидан вингер сотиб олмоқчи  0 22:35U-23. Ўзбекистон – Саудия Арабистони 3:1  3 22:25Мираброр Усмонов Кубоги-2025. Ўзбекистон U-23 терма жамоаси Саудия Арабистонига ҳеч қандай имконият қолдирмади  23 21:41Мюллер фаолиятини МЛСда давом эттиради  1 20:59Родриго "Реал"да қолмоқчи. Футболчи Алонсонинг фикрини ўзгартириш ниятида  3 20:21"Кристал Пэлас" Европа Лигасида четлаштирилиши бўйича спорт арбитраж судига апелляция берди  0 19:51Хави Симонс "Челси"га ўтишга рози  1 19:27Де Хеа: "Манчестер Юнайтед"да ўтказган йилларим учун Англиядан тушган таклифларни рад этдим"  2 18:57Гёкереш "Арсенал"да — Here We Go!  9 18:40Эрдоған асос солган, Шомуродов ва Файзуллаев жамоаси "Истанбул Башакшеҳир" билан танишамиз  4 18:20"Челси" Доннарумма трансферига қизиқмоқда  1 17:58Аббос Файзуллаев тиббий кўрикдан ўтолмагани ҳақидаги хабарлар ҳақиқатга тўғри келмайди  16

⚡️ OCHLda kelasi mavsum qaysi o'zbek jamoalari o'ynaydi? Yangiliklar

⚡️ OCHLda kelasi mavsum qaysi o'zbek jamoalari o'ynaydi?

Superligada ham kim chempionlik, qaysi jamoalar medallar uchun kurashishi oydinlashib qoldi.

Yangi mavsumda OCHLda qaysi jamoalar o'ynashi mumkin?

Mazkur savol yaqinda eng dolzarb mavzuga aylanishidan oldin bu haqida gapiramiz.

Demak, Superliga jamoalariga OCHLga 2+2 ko'rinishida kvota ajratilgan. Bu degani ikkita jamoa to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan ishtirok etsa, qolgan ikkita jamoa pley-off bosqichi orqali kurashga qo'shiladi. To'g'ridan-to'g'ri ikkita yo'llanmani qaysi jamoalar oladi? (tartib bo'yicha)

1. Superliga chempioni;

2. O'zbekiston kubogi g'olibi;

3. Superliga 2-o'rin sohibi;

4. Superliga 3-o'rin sohibi.

Agarda O'zbekiston kubogini yutadigan jamoa Superligada kuchli uchlikka kira olsa, unda chempionatda 4-o'rinni olgan jamoa ham OCHLga yo'llanma oladi.

— Yana bir nozik mavzu shuki, OFK kubogida ishtirokini muvaffaqiyatli davom ettirayotgan "So'g'diyona" qita musobaqasida g'olib chiqsa, unda Jizzax klubi OCHL uchun O'zbekistonga berilgan kvotaning to'rtinchisiga ega chiqadi. Yani, "So'g'diyona" Superliga va mamlakat kubogida qanday natija qayd etishidan qati nazar OCHLni pley-off bosqichidan boshlash huquqini qo'lga kiritadi.

Misol uchun, deylik, "So'g'diyona" Superligada to'rttalikka kirolmadi va O'zbekiston kubogida g'olib chiqmasa va faqat OFK kubogini yutsa, unda OCHLga berilgan qolgan kvotalarni Superliga chempioni, mamlakat kubogi g'olibi va 2-o'rin sohibi oladi. Agarda chempionat g'olibi masalan "Nasaf" bo'lsa, kubokda AGMK g'olib chiqsa, 2-o'rinni "Navbahor" yoki "Paxtakor" olsa ham Superliganing 3-o'rin sohibi boshqa kim bo'lishidan qati nazar o'sha jamoa OCHLsiz qoladi. Avvalo OFK kubogida "So'g'diyona"ga omad tilab, kubokni Jizzaxga olib kelishlarini kutib qolamiz! Xudo xohlasa "So'g'diyona" OFKda chempion bo'lgan taqdirda, Superligada katta ehtimol 4-o'rin va balki 3-o'rin uchun kurash intrigasi qadri yo'qoladi.

Malumot uchun: OFK g'olibiga bu yil ham OCHLga yo'llanma berilishi (bu o'zbek klublariga berilgan 4-yo'llanmani qo'lga kiritgan jamoa o'rniga bo'ladi) haqidagi malumotni taniqli futbol mutaxassisi Alisher aka Nikimbaev tasdiqladi.


SHahboz Beg'amov

Reyting: +43   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика