OCHL. Rashidovdan golli pas, "Al Jayish"da g'alaba
25 fev 2016 08:54
Yangiliklar


OCHL. Rashidovdan golli pas, "Al Jayish"da g'alaba
Hamyurtimiz Sardor Rashidov to'p tepayotgan "Al Jayish" klubi safarda bo'lishiga qaramay g'alabaga erishdi. Uchrashuvning 9-daqiqasida aynan Rashidovning pasidan so'ng Hamdallah hisobni ochdi. Birinchi bo'lim oxirida Romarino "Jayish"ning ikkinchi golini urdi.
Ikkinchi bo'lim mezbonlarning ustunligi ostida o'tdi. Duglas 59-daqiqada penaltidan gol ura olmagan bo'lsa, oradan ko'p o'tmay uning o'zi ikkinchi bor belgilangan penaltidan to'p kiritdi - 1:2.
Rashidov o'yinda 76 daqiqa harakat qildi va uning o'rniga Yusuf Mufta tushdi.
Bir haftadan so'ng bu jamoalar Qatarda hisob-kitob qilishadi. Eslatib o'tamiz, bu klublar "Nasaf" bilan bir guruhdan o'rin olishgan.
"Al Ayn" - "Al Jayish" 1:2
Gollar: Duglas 66 penalti - Hamdallah 9, Romarino 44.
Amalga oshirilmagan penalti: Duglas 59
O’xshash yangiliklar

Fikrlar