So’nggi yangiliklar

00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  0 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1

"Paxtakor" CHeransiz ham o'ynay olishi mumkin. Legionerlar shu maqomga mosmi? "Nasaf" barchasini to'g'ri qilyapti, faqat..." - Mutaxassis fikri Yangiliklar

"Paxtakor" CHeransiz ham o'ynay olishi mumkin. Legionerlar shu maqomga mosmi? "Nasaf" barchasini to'g'ri qilyapti, faqat..." - Mutaxassis fikri

OCHL 2-turida O'zbekiston nomidan ishtirok etayotgan ikki klubimiz ham mag'lubiyatga uchradi.

Dastlab Ernan Krespo boshchiligidagi "Al Duhail"ga qarshi maydonga chiqqan "Paxtakor" umumiy o'yin suratini olganda yomon harakat qilgani yo'q. Deylik, futbolchilar shu kuni raqibdan qo'rqmay hujum qilishdi, hattoki ikki bor hisobda oldinga ham chiqib olishdi. Biroq doimgidek himoyadagi muammolar bu safar ham o'z tasirini o'tkazmay qolmadi, deya olamiz. O'yinlar va vaziyatlar tahliliga o'tishdan avval mutaxassis fikriga quloq tutamiz. Bunda bizga sobiq futbolchi, "Paxtakor" safida bir necha bor OCHLda to'p tepgan Asror Aliqulov yordam beradi. Murabbiy fikri davomida "Nasaf"ning kechagi o'yiniga ham bevosita to'xtaldi. 

Bugun oqshomda o'tkazilgan o'yinga kelsak, "Nasaf" uchta o'yinda ham yomon taassurot qoldirgani yo'q. Birgina vaziyatda diqqatning yo'qolishi golga olib keldi. Jamoa o'yinni nazorat qildi. Vaziyatlar yaratdi. Buni statistika ham aytib turibdi. Qarang, raqib darvozaga bitta aniq zarba bergan va o'sha gol bilan tugagan. Hujumlarni yakunlashda omadmi yoki mahoratmi etishmayapti. Umuman olganda hech qaysi bahsda raqiblardan o'yin tomonlama qolishmayapti. "Nasaf"ning o'yinini bilasiz, kerakli joyda tempni oshiradi yoki tushiradi. Lekin oldingi chiziq vakillariga o'sha temp etishmadi. Hujumchilarda go'yo agressivlik kamlik qilayotgandek ko'rinmoqda. Norchaevda tajriba etarli emas. OCHL boshqa darajadagi musobaqa. Legioner hujumchi esa o'ziga o'xshayotgani yo'q.  


Nasaf Qarshi

AFC Champions League Grp. E . 3-tur

16/04/2022, 01:15

1
:
0
Tugadi

Al-Faisaly

Julio Tavares - 29'

45'
90'
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Oybek Bozorov)
52'  Marko Stanojevic
53'  Khusniddin Alikulov
65'  Sharof Mukhiddinov (Sukhrob Nurulloev)
80'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)
20'  Ahmed Asiri (Yaseen Barnawi)
25'  Hussain Qasim
29'  Julio Tavares
29'  Mohammed Al-Amri
73'  Abdulrahman Al-Dosari (Khalid Al Kabi)
77'  Martin Boyle
83'  Mohammed Al-Amri (Shaye Ali Sharahili)



Darhaqiqat legionerlar haqida gap borar ekan, raqib jamoa safida o'yinni ularning bir o'zi hal qilib ketayotganini ko'ryapmiz. Edmilson 3ta gol bilan "Al Duhail"ga g'alabani olib bergan bo'lsa, Julio Tavares "Nasaf"  himoyasidagi Birgina xatodan gol urib ketdi. Afsuski, hozirda ikki klubimiz ham legioner borasida maqtana oladigan darajada hisoblanmaydi. 

- "Paxtakor"da legionerlar shu maqomga mos o'yin ko'rsatmoqda, deyish qiyin. Bu nomni oqlashmayapti, desam mubolag'a bo'lmaydi. Yuqorida aytganingizdek, boshqa jamoalarda xorijlik futbolchilar g'alabani taminlamoqda.  Dragan CHeran shu kuni jarohat olib maydonni erta tark etdi. Navbatdagi o'yinlarda yordam bera olmasligi ehtimoli katta. Menimcha "Paxtakor" CHeransiz ham o'ynay oladi. Ikrom Aliboev uning o'rnini bilintirmaydi. SHunday ekan bundan katta muammo yasamaslik kerak. Aynan u tushganidan so'ng jamoaning hujumlari keskin tus olishni boshladi. Jamoadoshlarini bitta to'p bilan golli vaziyatga olib chiqmoqda. "Paxtakor" bitta futbolchining qurboniga aylandi. Epizodni ko'rsak, Edmilson qarshisidagi bitta himoyachini bemalol aldab ketyapti. Unga muammo tug'dirayotgani yo'q. Bunga boshqacharoq yondashish kerak. Agarda yana bir futbolchi yordamga kelganida o'ng oyog'ida tepishga yo'l qo'ymasdi. Deyarli barcha gollar bir xil urildi. O'yinda markaziy himoyachilarning o'rni katta. Azamovning qaytgani ishonch berdi. Lekin Larin haqida unday fikrda emasman. U ishonchsiroq o'ynamoqda. "Paxtakor" oldingi chiziqda ko'p imkoniyat yaratdi. Xojimat Erkinov, Sardor Rashidov qulay vaziyatlardan foydalana olishmadi. Odatda murabbiylar tomonidan individual va yuqori saviyali hujumchilarga qarshi himoyachilarga yaxshilab ko'rsatma beriladi. Bitta futbolchi uni kutib olyaptimi, ikkinchisi "straxovka" qilishi kerak. Kuchli tomonidan foydalanishga yo'l qo'ymasligi lozim. Edmilson bitta harakat bilan aldab, ikkinchi harakatda darvozaga gol uryapti. Yana bir futbolchi yaqinroq o'ynaganida oldini olish mumkin edi. 


Al-Duhail SC

Edmilson Junior - 66', Edmilson Junior - 71', Edmilson Junior - 84'

AFC Champions League Grp. D . 3-tur

14/04/2022, 22:15

2
:
3
Tugadi

Pakhtakor Tashkent

Oliver Sarkic - 44', Sardor Sabirkhodjaev - 69'

45'
90'
58'  Almoez Ali (Abdelrahman Fahmi Moustafa)
66'  Edmilson Junior
66'  Bassam Al-Rawi
71'  Edmilson Junior
71'  Sultan Al Brake
74'  Abdullah Alahrak (Tae-Hee Nam)
75'  Karim Boudiaf (Luiz Ceara)
78'  Mohammed Alaaeldin (Ismael Mohammad)
84'  Edmilson Junior
84'  Bassam Al-Rawi
87'  Assim Madibo
43'  Dragan Ceran (Ikrom Alibaev)
44'  Oliver Sarkic
44'  Sardor Rashidov
54'  Odildzhon Khamrobekov
69'  Sardor Sabirkhodjaev
69'  Khoziakbar Alidzhanov
79'  Oliver Sarkic (Jasur Yakubov)
79'  Sardor Rashidov (Azizbek Turgunbaev)
87'  Odildzhon Khamrobekov (Diyor Kholmatov)
88'  Jasur Yakubov



Oldinda hal qiluvchi 3ta o'yin qoldi. Jamoalarimiz guruhlaridagi barcha bilan o'ynab kerakli xulosalarni chiqarishdi, degan umiddamiz. O'tgan o'yinlardagi xatolardan so'ng nimani o'zgartirish talab qilinadi? Qisqa vaqtda qaysi muammolarni bartaraf qilish kerak? Asror Aliqulovning javobi shunday bo'ldi. 

- Javob uchrashuvlarida "Paxtakor" va "Nasaf" yana shu jamoalar bilan to'qnash keladi. O'sha futbolchilar, legionerlar. Balki Slavche Voyneski taktik o'zgarishga qo'l urishi kerakdir. Tayanch yarim himoyachilari mudofaa chizig'i vakillariga yaqin o'ynashi zarur. Aks qolda yana Edmilsonga imkoniyat yaratib berishadi. "Nasaf" bu o'yini bilan mag'lub bo'lmasligi kerak. CHunki jamoa barchasini to'g'ri qilyapti. Faqat hujumchilardan faollikni oshirish qoldi, xolos.





Reyting: +10   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика