So’nggi yangiliklar

00:45Хосе Венансио Лопес: "Бугун янгича услубда ҳимояландик. Бугунги экспериментимиз биз учун фойдали бўлди"  0 00:42Молиявий қийинчиликка учраётган "Барселона" 12 августгача Уильямс учун 58 млн. евро тўламоқчи  1 00:11Акбар Усмонов: "Гватемаладан аламимиз бор. Сўнгги дақиқаларда эътиборни йўқотдик"  3 00:09РПЛ. "Рубин" янги мавсумни меҳмондаги ғалаба билан бошлади  1 23:54Гюндоган "Пахтакор"га қарши ўйнаши мумкин  3 23:35Тен Хаг МЮ ҳақида: "Гвардиолани ҳисобга олмаганда, биз икки мавсум давомида Англияда қолганлардан кўпроқ соврин ютдик"  1 22:55Хосе Венансио Лопес: "Агар бу расмий ўйин бўлганида бундай таваккалга қўл урмаган бўлардик"  1 22:19Акбар Усмонов: "Сўнгги ЖЧдан бери Гватемала биз учун принципиал рақиб"  1 21:28Бензема "Олтин тўп" ҳақида: "Совринга Винисиус муносиб"  5 21:20Mirabror Usmanov Cup-2024. Драматик кечган баҳсда Ўзбекистон футзал терма жамоаси Гватемалани 5:4 ҳисобида мағлуб этди  7 21:00Эдерсон кетса "Манчестер Сити" дарвозасини ким қўриқлайди?  1 20:31Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ ўрин олган гуруҳ: ўйинлар, таркиблар, натижалар  8 20:17"Астон Вилла" 50 млн. фунтга Онанани сотиб олди  1 20:05"Комо" "Ювентус" хавбекига даъвогарлик қилмоқда  1 19:48Mirabror Usmanov Cup-2024. Дарвозабон 2 та гол урган ўйинда Тожикистон Қирғиз Республикасини мағлуб этди  1

OCHL. Himoyadagi birgina xato "Nasaf" uchun qimmatga tushdi Yangiliklar

OCHL. Himoyadagi birgina xato "Nasaf" uchun qimmatga tushdi

Mazkur sahifada "Nasaf" ishtirokidagi OCHL guruh bosqichi 3-tur o'yini matnli tarzda translyaciya qilinadi.

"Nasaf" 0:1 "Al Faysali"

Gol: Tavaresh (29)

Hakamlar: Iida Yumpey, Isao Nishixashi, Takumi Takagi, Xiroyuki Kimura (barchasi Yaponiyadan).

"Nasaf": 35. Abduvohid Nematov, 2. Alibek Davronov (9. Ivan Solovev,79), 4. Husniddin Aliqulov, 7. SHarof Muhiddinov ( 17. Suhrob Nurulloev, 68), 8. Dilshod Saitov, 10. Husayn Norchaev, 18. Bahrom Abdurahimov (77. Oybek Bozorov, 46), 22. Akmal Mozgovoy, 88. Marko Stanoevich, 92. Umarbek Eshmurodov, 99. Semir Smaylagich.

Zaxiradagilar: 1. Umidjon Ergashev, 13. Azamat Soyibov, 6. Murodbek Rahmatov, 20. SHaxzod Akramov, 23. Sardor Sadullaev, 27. Zafarmurod Abdirahmatov, 70. Asliddin Tursunpo'latov.

"Al Faysali": 26. Mustafo Malaeka, 5. Muhammad al-Amri, 6. Hisham Faik,7. Ismoil Lima, 9. Martin Boyl, 12. Hussayn Solih Salim, 13. Ahmad al-Asiri (22. Yasin Barnavi, 18), 17. Solih al-Qumayri, 19. Julio Tavares, 39. Abdulrahmon al-Dosari (77. Holid Kaabi, 73), 99. Volid al-Ahmad.

Zaxiradagilar: 28. Ahmad al-Kassar, 8. Abdulmajid al-Suvait, 14. Solih al-Abbos, 18. SHaya SHarahili, 25. Ismoil Ahmad, 80. Muhammad al-Sayari, 87. Meshal Hayrallah, 88. Abdulaziz al-SHarid.

Ogohlantirish: Stanoevich (52) — Husayn Salim (25), Boyl (78).

Uchrashuv yakunlandi. "Ajdarlar" mudofaasidagi birgina xato jamoaga qimmatga tushdi.

90+3. Uxxxx! Norchaevning zarbasi darvoza ustuniga tegdi...

90+1. Raqibning uzatmasini Eshmurodov maydon tashqarisiga chiqarib yubordi.

90. Uchrashuvning asosiy vaqtiga 3 daqiqa qo'shib berildi.

88. Suhrob Nurullaev Qumayriga nisbatan qoida buzdi.

86. Aliqulovning uzoq masofadan yo'llagan zarbasi himoyachilarga tegib maydondan chiqib ketdi.

79. O'zgarish. Alibek Davronov o'rniga Solovyov tushirildi.

77. Ogohlantirish. Nematovga nisbatan xavfli o'ynagan Boyl ogohlantirildi.

73. O'zgarish. Al Dosari o'rniga Holid Kaabi tushirildi.

72. Stanoevich tomonidan jarima maydoni ichiga uzatilga to'pga zarba beradigan futbolchi topilmadi.

68. O'zgarish. Muhitdinov o'rniga Nurulloev maydonga tushdi. 

64. Yana Bozorovdan faollik. Oybekning zarbasi raqib rikoshet hosil qilib, maydonni tark etdi.

61. Bozorov chap qanotdan oldinga o'tib, to'pni Smaylagichga uzatdi. Legionerning zarbasini Malaeka zo'rg'a qaytardi.

52.Ogohlantirish. Maydon markazida Martin Boylga nisbatan taktik fol ishlatgan Stanoevichga sariq kartochka ko'rsatildi.

51. Alibek Davronovning jarima maydoni ichiga uzatmasini himoyachilar bartaraf qilishdi.

50. Husayn Norsaev raqib o'yinchisiga nisbatan qoidani buzdi.

46. Ikkinchi bo'lim start oldi. O'zgarish. Abdurahimov o'rniga Bozorov tushdi.

Referining taymni yakunlovchi hushtagi yangradi. Tanaffus!

45+5. Aliqulov jarima maydoniga uzatgan to'pni Mozgovoy darvozaga yo'lladi. Noaniq.

45+3. Muhitdinov havolatib oshirgan to'pga Smaylagich zarba berdi. Mustafo Malaeka o'z o'rnida.

45+2. Markoning uzoqdan yo'llagan zarbasiga aniqlik etishmadi.

45. Birinchi bo'limning asosiy vaqtiga 5 daqiqa qo'shib berildi.

44. Bahrom hujumda qoidani buzdi. Raqiblar to'pni o'yinga kiritishga shoshilishmayapti.

40. Himoyachilarning kuchsiz uzatmasini Norchaev egallab olishi mumkin edi, ammo darvozabon chaqqonroq chiqdi.

38. Zarba! Aliqulovning urinishi ozgina noaniq chiqdi. Ushbu futbolchi gol o'tkazib yuborilgandan keyin asosiy vaqtini oldingi chiziqda o'tkazmoqda.

33. Aliqulov al-Amriga nisbatan qo'pollik ishlatdi. "Al Faysali" vakiliga tibbiy yordam kerak.

31. Bahrom Abdurahimovning kuchli zarbasiga ozgina aniqlik etishmadi.

29. Gol! Julio Tavaresh "Al Faysali"ni hisobda oldinga olib chiqdi.

28. Abdurahimov al-Amrining oyog'iga zarba bergani uchun to'p raqibga o'tdi.

25. Ogohlantirish: Mozgovoyga nisbatan qo'pol o'ynagan Husayn Salimga sariq kartochka ko'rsatildi.

20. O'zgarish. Al-Asiri o'rniga Yosin Barnavi tushirildi.

17. Aliqulov o'rnidan turib, uchrashuvni davom ettiradi. "Faysali" vakilining ahvoliga esa havas qilib bo'lmaydi. U almashtirishlarini so'radi...

12. To'p burchakdan o'yinga kiritildi. Jarima maydoni ichidagi kurashda Aliqulov va Asiri o'rtasida to'qnashuv yuzaga keldi. Har 2 o'yinchi maydonda yotibdi.

6. Har 2 jamoa oldinga intilyapti, lekin yaqqol xavfli vaziyat ko'rmadik hali.

3. SHarof Muhitdinovning jarimadan yo'llagan zarbasi jonli devorga tegib qaytdi.

2. Jarima maydoni yaqinida Norchaevga nisbatan fol ishlatildi. "Nasaf"da standart vaziyat...

1. Uchrashuv boshlandi! To'pni raqib futbolchilari o'yinga kiritib berdi.

Nasaf Qarshi

AFC Champions League Grp. E . 3-tur

16/04/2022, 01:15

1
:
0
Tugadi

Al-Faisaly

Julio Tavares - 29'

45'
90'
46'  Bakhrom Abdurakhimov (Oybek Bozorov)
52'  Marko Stanojevic
53'  Khusniddin Alikulov
65'  Sharof Mukhiddinov (Sukhrob Nurulloev)
80'  Alibek Davronov (Ivan Soloveev)
20'  Ahmed Asiri (Yaseen Barnawi)
25'  Hussain Qasim
29'  Julio Tavares
29'  Mohammed Al-Amri
73'  Abdulrahman Al-Dosari (Khalid Al Kabi)
77'  Martin Boyle
83'  Mohammed Al-Amri (Shaye Ali Sharahili)

— Uchrashuv boshlanishiga 20 daqiqa qoldi.

Futbolchilar stadionga etib kelishdi.

Reyting: +20   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика