

Eronda o'tgan ilk bellashuvda mehmonlar ikki to'p farqi bilan oldinga chiqib olishgariga qaramay yakunda durang bilan cheklanishdi. Uchrashuvning 2-daqiqasidayoq jiddaliklarning suriyalik hujumchisi Umar Al Soma hisobni ochgan bo'lsa, 58-daqiqada Leonardo oradagi farqni ikkitaga oshirdi. Ammo 78-daqiqada Xolizoda, 84-daqiqada Mensha ikki bor saudiyaliklar darvozasini ishg'ol etishning uddasidan chiqishdi – 2:2.
OCHL chorak finalining javob uchrashuvi doirasida bu ikki jamoa 12 sentyabr kuni g'olib masalasiga aniqlik kiritadi.




