So’nggi yangiliklar

15:00Аҳмад Ал-Жани: "Мундиалга бир қадам қолди"  3 14:50Сречко Катанец Қатар билан ўйинни "Бунёдкор" стадионида томоша қилади  3 14:25Криштиану Роналду: "Ямални тинч қўйиш керак"  4 14:15Расман: Элгужа Лобжанидзе "Қизилқум"ни тарк этди  2 13:55Ўзбекистон Қатарга қарши оқ либосда ўйнайди  4 13:35"Терма жамоа учун оёғим синишига ҳам тайёрман". Роналду — Миллатлар лигаси финалидаги жароҳати ҳақида  0 13:13Суперлигадаги навбатдаги истеъфо. Никола Лазаревич "Қизилқум"дан кетди  5 12:40Алмоез Али: "Ўзбекистонга қарши ўйиндан бошлаб биздан талаб қилинган барча вазифаларни бажарамиз"  11 12:15Вадим Абрамов: "Хотиржамлик билан ғалаба қозондик"  1 11:49Факт. Ўзбекистон Тошкентда Қатарга мағлуб бўлмаган   8 11:28Про лига. 9-турда қайси ҳакамлар ишлашади?   1 10:55“Челси“ сўнгги таклифини юборди  1 10:28“Бавария“ рози бўлди  2 10:05Кевин де Брюйне “Наполи“ билан келишув шартлари очиқланди  0 09:33Италия термасини бошқаришга асосий номзодлар маълум  7

OCHL. 3-tur ramziy terma jamoasi Yangiliklar

OCHL. 3-tur ramziy terma jamoasi

Osiyo chempionlar ligasi 3-turida o'zini ko'rsatgan o'yinchilardan iborat ramziy terma jamoasini tuzib chiqdik.

Odatimizga ko'ra futbolchilarni faqat O'zbekiston klublaridan tanlab oldik. Demak 3-tur ramziy terma jamoasi quyidagicha:



Darvozabon:
Nikita Ribkin ("Paxtakor")

Darvozaga "Paxtakor" klubi posboni Nikita Ribkinni tanladik. Sababi bir necha yil davomida zaxira darvozaboni bo'lib kelgan Ribkin Lobanov Eron klubiga o'tgach jamoada birinchi raqamli darvozabonga aylandi. U "Traktorsozi"ga qarshi bahsda mavsumda ikkinchi bor o'z darvozasidan gol o'tkazmadi. Eronliklar bir necha bor xavfli hujum tashkil etishdi. G'alabada Ribkinning kattagina xissasi bo'ldi. 



Himoyachilar:
Kamoliddin Tojiev ("Paxtakor")
Akrom Komilov ("Bunyodkor")
Akbar Ismatullaev ("Paxtakor")
Islom To'xtaxo'jaev ("Lokomotiv")

Davron Hoshimov diskvalifikaciyaga uchragach "Paxtakor"ning o'ng qanot himoyasida Akbar Ismatullaev harakat qildi. Aytish mumkinmi universal futbolchiga aylanib bo'lgan Akbar bu joyda yomon o'ynamadi. Aynan uning ajoyib pasidan so'ng Sergeev gol urdi.

"Bunyodkor" o'z uyida "Zob Ahan" bilan durang o'ynadi. SHu kuni "qaldirg'ochlar" safida Akrom Komilov faol harakat qildi. Bir necha bor hujumga o'tgan himoyachi hujumchilarga ajoyib paslar oshirdi, biroq baribir raqib darvozasi ishg'ol qilinmadi.



"Paxtakor" sardori Kamoliddin Tojiev "Traktorsozi" bilan o'yinda o'zini ko'rsatdi. Raqib hujumchilariga gol urish imkonini bermagan faxriy futbolchi ramziy terma jamoadan o'rin oldi.

"Lokomotiv" Eronda "Sepaxon"ni 2:0 hisobida taslim qilib qaytdi. "Temiryo'lchilar" markaziy himoyachisi Islom To'xtaxo'jaev yomg'irli ob-havoda o'tgan bahsda hujumchilarni to'xtata oldi.



Yarim himoyachilar:
Erkin Boydullaev ("Nasaf")
Sardor Mirzaev ("Lokomotiv")
Kaxi Maxaradze ("Lokomotiv")
Bahrom Abdurahimov ("Nasaf")
Jamshid Iskanderov ("Paxtakor")

Yarim himoyaga "Nasaf"dan ikki futbolchini kiritdik. Sababi qarshiliklar Qatarda yomon o'ynashmadi, shunchaki bahs oxiridagi bitta xato qimmatga tushdi. Tayanch yarim himoyasida Erkin Boydullaev raqibning bir necha hujumini to'xtatib qolishga erishdi. Bahrom Abdurahimov esa hujum boshlash va zarba berishda faol bo'ldi. Agar uning 29-daqiqada yo'llagan zarbasi gol bilan tugaganida "ajdarlar" safardan g'alaba bilan qaytishlari hech gap emasdi.


"Lokomotiv" yarim himoyachisi Sardor Mirzaev navbatdagi bor ramziy terma jamoaga kiritildi. Sababi tinmay gol urayotgan Mirzaev "Sepaxon" bilan o'yinda ham gol urishning uddasidan chiqdi. Gruziyalik Kaxi Maxaradze esa "temiryo'lchilar" uchun muhim transferlardan biri bo'lgani haqida oldinroq aytgandik. Futbolchi Eronda markazda juda katta hajmdagi ishni amalga oshirdi. Natijada "Lokomotiv" OCHLda ilk bor safardan g'alaba bilan qaytdi.

"Paxtakor" yarim himoyachisi Jamshid Iskanderov o'tgan yil olgan jarohatidan keyin o'ziga kelmoqda. Mavsumni yaxshi boshlagan Jamshid "Traktorsozi"ga qarshi uchrashuvda ham yaxshi harakat qildi.



Hujumchi:
Marat Bikmaev ("Lokomotiv")


Hujumga "Lokomotiv" azosi Marat Bikmaevni tanladik. Tajribali futbolchi OCHLda gol urishni yaxshi ko'radi. O'tgan yil "Al Sadd"ga qarshi bahsda dublga erishgan Bikmaev Eronda "Sepaxon" darvozasiga gol urdi. Golni ko'rganlar o'sha vaziyatda Marat chiroyli harakat qilganini aytishmoqda.



Reyting: +7   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика