Krishtianu Ronaldu: "Yamalni tinch qo'yish kerak"
09 iyu 14:25
Yangiliklar


Krishtianu Ronaldu: "Yamalni tinch qo'yish kerak"
Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu Millatlar ligasi finalidagi g'alabadan keyin (2:2, 5:3 pen.) Ispaniya terma jamoasi azosi Lamin Yamal haqida gapirdi.
"U ko'plab unvonlarni qo'lga kiritadi - jamoaviy va individual. U bor-yo'g'i 17 yoshda... Takror aytaman, unda o'sish uchun ulkan salohiyat bor. U fenomen, lekin uni tinch qo'yish kerak - men shuni so'rayapman. Uning faoliyati uzoq davom etadi va u Millatlar Ligasida yana bir necha bor g'olib chiqishi aniq," - deya Ronalduning so'zlarini keltiradi Mundo Deportivo.
Avvalroq, Ispaniya terma jamoasi Millatlar ligasining uchta finalidan ikkinchisida mag'lub bo'lgani xabar qilingandi. O'z navbatida, Portugaliya ushbu turnirda ikkinchi marta g'alaba qozondi. Millatlar ligasidagi ilk g'alabani portugallar 2019 yilda qo'lga kiritgan.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar
Nima buldi?
Ronaldu ģalaba qilgani tasir qildimi, yoki Yamal finalni boy berganimi...?
Qirol barbir qirolda endi nima deysiz?
Yamalda xali shans kup buladi.
Bu safar Dembele naqd qildi Oltin tupni.