OCHL-2021. "SHarja" g'alaba qozondi, Hindiston va Iordaniya klublaridan sensaciya yoxud kechagi barcha natijalar
15 apr 2021 13:30
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/631248_original.jpg)
![](/upload/storage/631248_220.jpg)
OCHL-2021. "SHarja" g'alaba qozondi, Hindiston va Iordaniya klublaridan sensaciya yoxud kechagi barcha natijalar
O'zbekiston chempioni "Paxtakor" klubi Eronning "Traktor" klubi bilan 3:3 hisobida durang o'ynaganidan xabaringiz bor. Ushbu guruhdan o'rin olgan ikkinchi bahsda BAAning "SHarja" klubi Iroqning "Eyr Fors" klubini 1:0 hisobida taslim qildi. "SHarja" safida o'zbekistonlik Otabek SHukurov doimshgidek to'liq o'ynadi.
"B" guruhi
"Paxtakor" - "Traktor" 3:3
Gollar: CHeran 69, Muhitdinov 75, Erkinov 82 - Dejaga 53 penalti, Abboszoda 56, 85 penalti.
"SHarja" - "Eyr Fors" 1:0
Gol: Ba Vazir 62
"D" guruhida ikkala bahsda ham durang qayd etildi. Iordaniyaning "Al Vihdat" klubi Saudiya Arabistoni vakili "Al Nassr"dan ochko tortib oldi - 0:0. Xavi boshchiligidagi "Al Sadd" esa Eronning "Fulad" jamoasi bilan durang o'ynadi - 1:1.
"D" guruhi
"Al Vihdat" - "Al Nassr" 0:0
"Al Sadd" - "Fulad" 1:1
Gollar: Abdurisag 89 - CHimba 61.
"E" kvartetida Eronning "Persepolis" klubi BAAning "Al Vahda"sini 1:0 hisobida taslim qildi. O'z tarixida ilk bor guruh bosqichida ishtirok etayotgan Hindiston chempioni "Goa" klubi esa sensacion tarzda Qatarning "Al Rayan" klubi bilan durang o'ynadi - 0:0.
"E" guruhi
"Persepolis" - "Al Vahda" 1:0
Gol: Said Jalol Hussayni 40
"Goa" - "Al Rayan" 0:0
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar