Mbappe: “JCHda o'z mamlakatim sharafini himoya qilishdan faxrlanaman”

Sherzod Nurmatov
15 may 2026, 14:35
"Real" hujumchisi Kilian Mbappe JCH-2026 uchun Fransiya terma jamoasiga chaqirilganiga javoban shunday dedi.

"Jahon chempionati, 3-qism. Men yana bir bor eng buyuk turnirlardan birida o'z mamlakatim sharafini himoya qilish imkoniyatiga ega bo'lganimdan juda faxrlanaman. Muxlislar bizdan faxrlanishiga harakat qilamiz", – dedi Mbappe.

JCH-2026 shu yozda AQSH, Meksika va Kanadada bo'lib o'tadi. Fransiya "I" guruhida Senegal (16 iyun), Iroq (22 iyun) va Norvegiya (26 iyun) terma jamoalariga qarshi o'ynaydi.

O'xshash yangiliklar


Sherzod NurmatovMuallif
Manba: France 24