OCHL-2019. "Paxtakor" va AGMK ishtirokidagi o'yinlarga hakamlar tayinlandi
30 jan 2019 12:18
Yangiliklar


OCHL-2019. "Paxtakor" va AGMK ishtirokidagi o'yinlarga hakamlar tayinlandi
12 fevral kuni O'zbekistonda bir yo'la ikkita xalqaro o'yin bo'lib o'tadi.
Toshkentda "Paxtakor" Iroqning "Eyr Fors" klubini qabul qilsa, Olmaliqda AGMK Tojikiston chempioni "Istiqlol" bilan kuch sinashadi.
Toshkentdagi uchrashuvni koreyalik Kim Xi Gon boshchiligidagi, Olmaliqdagi o'yinni avstraliyalik Jarred Jillet boshchiligidagi hakamlar boshqarib borishadi.
"Paxtakor" (O'zbekiston) - "Eyr Fors" (Iroq)
12 fevral 2019 yil. Toshkent. "Paxtakor" stadioni. 15:00
Bosh hakam: Kim Xi Gon (Janubiy Koreya)
AGMK (O'zbekiston) - "Istiqlol" (Tojikiston)
12 fevral 2019 yil. Olmaliq. OKMK stadioni. 16:00
Bosh hakam: Jarred Jillet (Avstraliya)
O’xshash yangiliklar

Fikrlar