So’nggi yangiliklar

07:00Бугун Абдумалик Халоков, Давлат Бобонов ва яна бир неча спортчимиз Париж Олимпиадасида иштирок этишади  0 01:49Миср олимпия терма жамоаси сардори БАА клубига ўтди  2 00:44"Рома" "Ювентус" футболчиси билан шартнома имзолади  0 00:16Париж-2024. Франция ва АҚШ чорак финал иштирокчиларига айланди  0 23:55"Пахтакор" ёшлар ўртасидаги Осиё чемпионини таркибга қўшиб олди  9 23:38ОКМК хорватиялик футболчи билан шартнома имзолади  6 23:28"Андижон"ни Эркинов тарк этди ва унинг ўрнига "Динамо" футболчиси қўшилди  1 23:10Париж-2024. Доминикан Республикаси - Ўзбекистон 1:1, Олимпиадани ғалабасиз якунладик  12 22:59ЦСКА легионер футболчисини Ўзбекистонга юборди  4 22:32Россия кубоги. "Рубин" "Акрон"ни тор-мор этди, Эсанов дебют қилди  2 22:15Париж-2024. Марокаш ва Аргентина плей-офф йўлланмасини қўлга киритди  3 22:02"Андижон" сербиялик футболчи билан шартнома имзолади  7 21:41"Насаф" "Атлетико Мадрид"да ўйнаган сербиялик футболчини таркибга қўшиб олди  9 21:24ОКМКни Қосимов ва яна икки нафар футболчи тарк этди  13 21:03Париж-2024. Миср Испанияни мағлуб этиб, гуруҳ пешқадами сифатида плей-оффга йўл олди  16

OCHL-2018. Jamoalarimizning guruhdagi raqiblari haqida Yangiliklar

OCHL-2018. Jamoalarimizning guruhdagi raqiblari haqida

6 dekabr kuni Malayziya poytaxti Kuala-Lumpur shahrida OFK klublari uchun nufuzi bo'yicha birinchi o'rinda turuvchi Osiyo CHempionlar Ligasining yangi mavsumi uchun qura tashlash marosimi bo'lib o'tdi.

Malumki, 2018 yilgi mavsum uchun mamlakatimizga "1+2" ko'rinishida kvota ajratilgan. Yani, bitta jamoamiz musobaqadagi ishtirokini to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichidan boshlasa, ikkita jamoamiz guruh o'yinlariga yo'llanma olish uchun pley-offda arab jamoalari bilan kuch sinashadi.

Oliy liga o'yinlari yakuniga ko'ra, Toshkentning "Lokomotiv" klubi mamlakat chempioni sifatida to'g'ridan-to'g'ri guruh bosqichiga yo'llanmaga ega chiqqan bo'lsa, o'ziga xos o'tish o'yinlarida esa kumush va bronza medali sohiblari Qarshining "Nasaf" va yana bir Toshkent klubi "Paxtakor" ishtirok etib, guruh bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritish uchun kurash olib boradi. Qo'yida jamoalarimiz o'rin olgan va olishi mumkin bo'lgan guruhlardagi raqiblarimiz haqida to'xtalib o'tamiz.

Qura natijasiga ko'ra, chempionimiz "Lokomotiv" jamoasi "B" guruhidan joy oldi. Dastlabki ikki o'rin uchun kurashda "temiryo'lchilar"ga Katarning "Al-Duhayl", Birlashgan Arab Amirliklarining "Al-Vahda" va pley-off bosqichidagi ikkinchi juftlik g'olibi, yani Eronning Zob Ohan va Hindistonning "Aizavl" jamoalari qarama-qarshiligida g'olib bo'lgan jamoa qarshilik ko'rsatadi.


Aytish mumkinki, M.Yelichich shogirdlari uchun asosiy raqib sifatida o'tgan mavsum Katar chempionligini qo'lga kiritgan "Lahviya" va to'rtinchi o'rinni egallagan "Al-Jaish" klublari birlashtirib yuborilganidan so'ng tashkil topgan "Al-Duhayl" jamoasi gavdalanadi. Ayni paytda chempionatning 10 ta turi ortda qolgan bir paytda, 9 ta g'alaba va bitta durang bilan turnir jadvalida yakka peshqadam bo'lib turgan dohaliklar OCHL da garchi ilk marta ishtirok etishga hozirlik ko'rayotgan bo'lsada (yangi jamoa sifatida), o'z oldiga yuqori maqsadlarni qo'ygan.  

BAA chempionatining 2016-2017 yilgi mavsumida beshinchi o'rinni egallagan Abu Dabining "Al-Vahda" klubi esa joriy mavsumda hozircha kuchli uchlikdan joy olib kelmoqda va bir xil ochko to'plab qo'shhokimlik qilayotgan "Al-Vasl" hamda "Al-Ayn" jamoalaridan 2 ochko ortda bormoqda. Jamoa chempionatning 10 ta turi ortda qolgan bir paytda 6 ta g'alaba, 2 tadan durang va mag'lubiyat qayd etgan. OCHL-2017 da guruhda so'nggi o'rinni egallagan (1 ta g'alaba, 1 ta durang va 4 ta mag'lubiyat) va tarkibida BAAning mashhur futbolchisi Ismoil Matar to'p suradigan jamoa ham guruhdan chiqishga harakat qilishi aniq.

Guruhga pley-off orqali yo'llanma olishga shaylangan Eronning "Zob Ohan" jamoasini ham hisobdan chiqarmaslik lozim. Garchi, isfahonliklar joriy mavsumda 15 ta o'yindan keyin 4 ta g'alaba, 7 ta durang va 4 ta mag'lubiyat qayd etib, 19 ochko bilan turnir jadvalining 10-o'rinida borayotgan bo'lsada, OCHLning guruh bosqichiga chiqishga astoydil urinib ko'radi. CHempionatda sovrinli o'rinlardan birini egallashga deyarli imkoni qolmayotgan jamoa bor etiborini OCHL bahslariga qaratishi tabiiy. Qayd etish lozimki, eronliklar OCHL-2017 da "S" guruhida qatnashib, 2 ta g'alaba, 1 ta durang va 3 ta mag'lubiyat bilan 7 ochko to'plagan holda o'z guruhida 3-o'rinni band etgan. Aytgancha, eronliklar oldingi mavsumda to'rtinchi o'rinni egallagash orqali OCHL pley-offida ishtirok etish huquqini qo'lga kiritgan.

"Zob Ohan"ning guruh bosqichiga yo'l olishiga to'sqinlik qilish huquqi Hindistonning "Aizavl" jamoasi chekiga tushgan. Futboli uncha rivojlanmagan hind diyori vakili 2017 yilgi mavsumda milliy futbol ligasida ishtirok etib, 10 jamoa orasida faxrli 1-o'rinni qo'lga kiritgan. Bilasiz, Hindistonda superliga ham mavjud. "Aizavl" klubi esa garchi milliy futbol ligasi chempioni bo'lsada yaqinda boshlangan superliga bahslarida ishtirok etmayapti. Qolaversa, amaldagi chempionlar superliga bilan parallel boshlangan milliy futbol ligasining navbatdagi chempionatida hozircha bitta bahs o'tkazib durangga erishib, hozircha 5-o'rindan joy olgan. Qayd etish lozimki, Hindiston milliy futbol ligasida 3-tur o'yinlari bo'lib o'tgan va "Aizavl" jamoasi zahirasida 2 ta o'yin bor. Fikrimcha, "Aizavl" va "Zob Ahan" juftligining so'zsiz favoriti eronliklar hisoblanadi. Qolaversa, o'tish o'yini Isfahonda bo'lib o'tadi. Bu esa eronliklarga qo'shimcha ustunlik beradi. SHunday ekan, isfahonliklarni bemalol "B" guruhining to'rtinchi jamoasi sifatida qayd etsak bo'laveradi. Faqat bu narsani amalda rasmiylashtirish kerak xolos.

Pley-off bosqichida Katarning "Al-Garafa" klubini safarda mag'lub etishni uddasidan chiqsa, Toshkentning "Paxtakor" jamoasi "A" guruhidan joy oladi. Bu guruhda  esa BAAning "Al-Jazira", Saudiya Arabistonining "Al-Ahli" va Eronning "Traktorsozi" jamoalari o'rin olgan.  


Tarkibida Sardor Rashidov to'p surayotgan hamda bugungi kunda klublar o'rtasidagi Jahon chempionatida ishtirok etayotgan Abu Dabining "Al-Jazira" klubi OCHL guruh bosqichida o'z mamlakatining amaldagi chempioni sifatida qatnashadi. Aytish lozimki, o'tgan mavsum g'olibi, 2017-2018 yilgi chempionatning 10 ta turi ortda qolgan bir paytda 4 ta g'alaba, 4 ta durang va 2 bor mag'lubiyat qayd etib, 16 ochko bilan hozircha 4-o'rinda bormoqda. Tarkibida bir paytlar Odil Ahmedov bilan bir jamoada to'p surgan marokashlik Muborak Bussufa, braziliyalik Romarino hamda BAAning mashhur o'yinchilari bo'lmish Ahmad Halil va Ali Mabhutlar bo'lgan "Al-Jazira" klubi guruh g'olibligiga davogarlardan biri bo'lish orqali, o'tgan mavsumdagi muvaffaqiyatsiz ishtirokni unutishga harakat qilishi aniq. Eslatib o'tamiz, 2017 yilgi mavsumda "B" guruhidan o'rin olgan S.Rashidov jamoasi 6 ta o'yinda 2 ta durang va 4 ta mag'lubiyat qayd etib so'nggi o'rinni egallagan.

Jiddaning "Al-Ahli" jamoasini guruhning eng kuchli klubi sifatida tariflash mumkin. OCHL-2018 da chempionatning kumush medali sovrindori sifatida ishtirok etishi kutilayotgan jamoa so'nggi uch chempionatda barqaror o'yin ko'rsatib kelayotganligi bilan maqtana oladi. Jiddaliklar 2015-2016 yilgi mavsumda chempionlikka erishgan bo'lsa, 2016-2017 yilgi mavsumda "Al-Hilol"ni oldinga o'tkazib yuborgan holda 2-o'rinni qo'lga kiritgan. Hozirda davom etayotgan chempionat bahslarida ham S.Rebrov shogirdlari 12-turdan so'ng 7 ta g'alaba, 3 ta durang va 2 ta mag'lubiyat bilan 24 ochkoni qo'lga kiritib, turnir jadvalida 2-o'rinda bormoqda. Bu safar ham 1-o'rinda Saudiyaning eng mashhur klubi "Al-Hilol" bormoqda. 2017 yilgi OCHL bahslarida chorak finalgacha borib, Eronning "Persipolis" jamoasiga mag'lub bo'lgan jiddaliklar bu safargi bahslarga jiddiy hozirlik ko'rishi tayin.

Eronning "Traktorsozi" jamoasi ham guruhdagi dastlabki ikki o'rindan birini egallashga davogarlardan biri hisoblanadi. Tabriz shahri sharafini himoya qilayotgan jamoa bo'lajak bahslarga o'z mamlakati bronza medali sohibi sifatida kirishadi. Aytish lozimki, OCHL-2017 da ishtirok etmagan Tabriz jamoasi joriy yildagi o'z chempionatida muvaffaqiyatli ishtirok eta olmayapti. 1-davra ortda qolgan bir paytda jamoa hisobida 4 ta g'alaba, 5 ta durang va 6 ta mag'lubiyat mavjud. SHunga monand, jamoa 17 ochko bilan turnir jadvalining 11-o'rinidan joy olgan.

Qarshining "Nasaf" klubi pley-off bosqichida o'z maydonida Iordaniyaning "Al-Faysali" jamoasini mag'lub etish orqali "S" guruhidan joy egallashi mumkin. Umid qilamiz, R.Berdiev shogirdlari bu vazifani qiyinchiliksiz uddalay oladi.  Qarshiliklarni guruhda Eronning "Persepolis", Katarning "Al-Sadd" va BAAning "Al-Vasl" jamoalari kutib turibdi.


So'nggi yillarda Eronning eng kuchli jamoasiga aylanib borayotgan Tehronning "Persepolis" jamoasi bo'lajak bahslarga amaldagi chempion sifatida kirishadi. Qayd etish lozimki, 2016-2017 yilgi mavsum chempioni bo'lgan Branko Ivanovich shogirdlari 2017-2018 yilgi mavsum bahslarida ham 1-davradan keyin 1-o'rinni egallab turibdi. Jamoa hisobida 14 ta o'yindan keyin 33 ochko mavjud bo'lib (10 ta g'alaba, 3 ta durang va 1 ta mag'lubiyat) eng yaqin taqibchisi bo'lmish "Fors Janubi Jem" klubidan (15 ta o'yin o'tkazgan) 4 ochko oldinda bormoqda. Yaqindagina yakuniga etgan OCHL-2017 turniring yarim finalida Saudiya Arabistonining "Al-Hilol" klubiga mag'lub bo'lgan eronliklar (o'z maydonida 2:2, safarda 4:0 hisobida mag'lubiyat qayd etilgan) final yo'llanmasidan mahrum bo'ldi. Finalga 1 qadam qolganda ortga chekinishga majbul bo'lgan jamoa vakillari boshlanajak mavsumda o'z natijalarini yaxshilash hamda turnirning bosh sovrinini qo'lga kiritishga harakat qilishi tabiiy.

Tarkibida o'sha mashhur Xavi to'p surayotgan Katarning "Al-Sadd" klubi bo'lajak turnirda o'z mamlakatining kumush jamoasi sifatida ishtirok etadi. O'tgan mavsum "Yulduzlar ligasi"da 2-o'rinni qo'lga kiritgan Xavi jamoadoshlari 2017-2018 yilgi mavsumda hozircha 10 ta o'yindan keyin 21 ochko bilan (7ta g'alaba va 3 ta mag'lubiyat) 3-o'rinni band etib turibdi. OCHL-2017 da pley-off bosqichida Eronning "Istiqlol" jamoasi to'sig'idan o'ta olmagan dohaliklar bu safar turnirda uzoqroqga borishga urinib ko'radi. Etiborga molik jihati, "Al-Sadd" OCHL tarixida bir bor, yani 2011 yilgi mavsum finalida J.Koreyaning "CHonbuk Xyonde Motors" jamoasini penaltilar seriyasida 4:2 hisobida mag'lubi etib (asosiy vaqtda 2:2 hisobi qayd etilgan) bosh sovrinni qo'lga kiritgan.

Guruhning yana bir vakili BAAning "Al-Vasl"i ham amirliklarning taniqli jamoalaridan biri hisoblanadi. Boshlanajak turnirda o'z chempionatining 2-o'rin sohibi sifatida ishtirok etishga hozirlik ko'rayotgan Dubay klubi 2017-2018 yilgi mavsum chempionatida 10 ta o'yindan so'ng 22 ochko to'plagan holda (6 ta g'alaba va 4 ta durang) mashhur "Al-Ayn" jamoasi bilan musobaqa turnir jadvalida qo'shhokimlik qilmoqda. Tarkibida braziliyalik Kayo va Lima, portugaliyalik Ugu Viana hamda mahalliy Issa Ali va Faysal Xalillar bo'lgan klub OCHL musobaqasida so'nggi bor 2008 yilda qatnashib guruh bosqichida 3-o'rinni qo'lga kiritgan. Katta tanaffusdan keyin yana xalqaro maydonga qaytgan Dubay jamoasi bu safargi ishtiroki muvaffaqiyatli chiqishi uchun bor imkoniyatini ishga solishiga shubha qilmasa ham bo'laveradi.


Yuqorida OCHL-2018 da jamoalarimizning bo'lajak raqiblari haqida fikr yuritib, ularni imkon qadar hozirgi holatlari bilan yaqindan tanishtirishga harakat qildik. To'g'ri, musobaqaning guruh bahslari boshlanishiga 2 oy vaqt bor. Bu davr ichida bo'lajak raqiblarimizda bir qancha o'zgarishlar sodir bo'lishi mumkin. Bundan tashqari, fevralga kelib, ularning qanday jismoniy holatda ekanligi ham muhim ahamiyat kasb etadi. O'ylaymizki, 2-3 yildan beri OCHL da tuzukroq natija ko'rsata olmayotganimizni yaxshi anglagan klublarimiz bo'lajak bahslarga imkon qadar yuqori darajada hozirlik ko'radi. Bu borada jamoalarimizga omad tilaymiz. Avvalo, yanvar oyining so'nggi kunlarida pley-offda ishtirok etadigan "Nasaf" va "Paxtakor" jamoalaridan zafarlar kutib qolamiz.

Reyting: +5   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика