So’nggi yangiliklar

10:20МЮни бошқариш учун асосий даъвогар маълум  1 09:53"Андижон" Туркияга йўл олди. Йиғинга йўл олган таркиб билан танишинг  7 09:26Расман. "Бунёдкор" янги мавсум олдидан илк трансферини эълон қилди  1 09:00He Were Go. "Манчестер Сити" қишдаги илк транферини амалга оширди  1 08:32Африка Миллатлар Кубоги. Чорак финал жуфтликлари маълум  1 08:05"Сабаҳ" Раҳмоналиевни қанчага сотиб олгани маълум  2 07:37U-23 Осиё кубоги. Бугун Олимпия терма жамоамиз ўз юришини бошлайди  3 04:06Хуан Гарсия "Барселона"даги илк совринини Жиддада ютмоқчи  2 03:46Иньяки Уильямс ва Вальверде "Барселона" билан ўйиндан олдин нима деди?  4 02:54А Серия. “Ювентус” “Сассуоло”га ҳеч қандай имконият қолдирмади  1 02:15Африка Миллатлар Кубоги. Кот-д'Ивуар Буркина-Фасони йирик ҳисобда таслим этиб, чорак финалга йўл олди  3 00:58Гвардиола Аморимнинг истеъфосига муносабат билдирди  2 00:39Ямал "Атлетик"га қарши ўйиндан олдинги расмий машғулотни ўтказиб юборди  0 00:37U-23 Осиё кубоги. Четлатиш, голга айланмаган пенальти, охирги дақиқалардаги гол – Саудия Арабистони Қирғизистонни катта қийинчилик билан таслим этди  3 00:16Эрик тен Хаг ўзига янги иш топди  0

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev “Quvayt SK”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi (to'liq matbuot anjumani) Yangiliklar

"Nasaf" ustozi Ro'ziqul Berdiev “Quvayt SK”ga qarshi o'yin oldidan o'z fikrlarini bildirib o'tdi (to'liq matbuot anjumani)

OCHL 2 musobaqasining 1-turidan o'rin olgan “Quvayt SK”ga qarshi uchrashuv oldidan “Nasaf” bosh murabbiyi Ro'ziqul Berdiev va jamoa himoyachisi G'olib G'aybullaevlar o'yinoldi matbuot matbuot anjumanida ishtirok etishdi.

- Bo'lajak o'yin haqida

Ro'ziqul Berdiev: Avvalo biz yana xalqaro chempionatda ishtirok etayotganimizdan xursand ekanimizni aytib o'tmoqchiman. 4-5 yildan buyon muntazam xalqaro maydonlarda o'ynab kelayapmiz. Guruhdagi har bir raqibimiz jiddiy, albatta biz ijobiy natijalar qayd etishga harakat qilamiz. Raqib jamoa haqida aytadigan bo'lsam, “Quvayt SK” o'z chempionatining eng kuchli klublaridan biri. Tarkibida bir qator tajribali va taniqli nomlar bor. Biz ertaga kuchli raqibga qarshi maydonga chiqamiz. SHunday bo'lsa ham, maqsadimiz faqat ijobiy natijaga qaratiladi.

G'olib G'aybullaev: - Albatta, bizni ertaga nufuzli chempionatdagi jiddiy o'yin kutib turibdi. Raqibimiz ham jiddiy, shu boisdan ham uchrashuvga astoydil tayyorgarlik ko'rdik. Ertangi o'yindagi maqsadimiz faqat g'alabaga qaratilgan va ijobiy natija uchun maydonga chiqamiz.

– Ertaga raqib bo'ladigan ikki jamoa natijalarini solishtirganda, imkoniyatlarni qanday baholaysiz?

Ro'ziqul Berdiev: - Albatta, hozirda har ikki jamoa ham qayd etayotgan natijalar yaxshi. Demak, ertangi o'yinga ikki jamoa ham yaxshi holatda etib keldi. “Quvayt SK” jamoasini o'rganib chiqdik, jamoa chempionat endigina boshlanganiga qaramasdan 4 ta o'yinda 4 ta g'alabaga erishgan. Jami 15 ta gol urib, 1 ta to'p o'tkazib yuborishibdi. Albatta, ertaga biz uchun ham, mezbon jamoa uchun ham jiddiy o'yin bo'lishiga shubha yo'q.

– “Quvayt SK” jamoasi futbolchilari haqida fikringiz qanday? Ularning imkoniyatlarini qanday baholaysiz?

G'olib G'aybullaev: - Albatta, “Quvayt SK” jamoasi safida kuchli futbolchilar jam bo'lgan. O'z mamlakati terma jamoasining o'zagi deb hisoblasa ham bo'ladi. Biz raqibning qaysidir futbolchisi uchun alohida tayyorgarlik ko'rmadik. O'yinga jiddiy hozirlik ko'rgan holda butun jamoaga qarshi kurashishni maqsad qilganmiz. Aytib o'tganimdek, maqsadimiz faqat ijobiy natijaga qaratilgan.

Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика