So’nggi yangiliklar

00:49"Интер" Депайга таклиф юборди  3 00:22Дуглас Коста "Флуминенсе"ни тарк этди  2 23:45Куртуа — жирафа, Рюдигер — псих, Менди — генерал. "Реал Мадрид" футболчилари бир-бирларини қандай чақиришади?  4 23:28"Барселона" Фликни бош мураббий сифатида таништирди  12 23:01Ўзбекистонлик ўсмирлар Японияни тор-мор этди  8 22:44Париж-2024. Ўзбекистон ОТЖ легионери терма жамоа ихтиёрини вақтинчалик тарк этди  17 22:22Ўртоқлик ўйини. Бразилиялик футболчини кўрикдан ўтказаётган "Динамо" "Бунёдкор"ни мағлуб этди  6 22:05"Ювентус" ўз футболчисини "Борнмут"га 18 миллион еврога сотади  1 21:48"Реал" Кепа эвазига Лунинни "Челси"га қўйиб юборишга тайёр  2 21:31Гвардиола "Реал Мадрид" футболчилари "Олтин тўп"га фаворит эканлигини айтди  20 21:14Франциянинг 6 карра чемпиони профессионал клуб мақомидан маҳрум қилинди  5 20:57УEФА Евро-2024 ўйинларида мухлисларни ирқчилик ва камситувчи хатти-ҳаракатлари учун етти давлатни жаримага тортди  3 20:30Назорат учрашуви. Ўзбекистон U-21 терма жамоаси Суперлига клубига ютқазди  2 20:13Париж-2024. Рақиб футбол жамоаси машғулот майдонига дрон учирган мамлакат ходимлари турнирдан четлатилди  0 19:55Азмун БАА клубига ўтади  13

"Obod". "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatga uchratdik Yangiliklar

"Obod". "Qo'qon-1912"ni mag'lubiyatga uchratdik

Bugun oliy ligadagi tanaffusdan unumli foydalanishga harakat qilayotgan jamoamiz navbatdagi nazorat uchrashuvini o'tkazdi.

"Qo'qon-1912"ga qarshi maydonga chiqqan "Obod" oliy liganing 16-turida bo'lgani kabi yana irodali g'alabani qo'lga kiritdi. Hisob mehmonlar tomonidan ochildi. "Qo'qon-1912"ning goliga Otabek Haydarov mualliflik qildi. Tanaffusdan keyin vaziyat o'zgardi. Zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar jamoamizning o'yinini o'zgartirdi. Avvaliga SHohruz Norxonov ajoyib kombinaciyadan keyin Nikita Ribkin bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va hisobni tenglashtirdi. Oradan ko'p o'tmay futbolchilarimiz yana bir chiroyli kombinaciya tashkil qilishdi. Bu safar Ribkin Norxonovni to'xtatib qolish uchun oxirgi chorani qo'lladi va penalti. Nuqtaga yaqinlashgan Alisher Azizov kuchli zarbasi bilan g'alaba to'pini kiritdi. 


O'RTOQLIK UCHRASHUVI

OBOD - QO'QON-1912 - 2:1 (0:1)

5 sentyabr. Toshkent. "Xonabod" stadioni.

Bosh hakam: Aziz Asimov.

"Obod": Umidjon Yorbekov, Ilhom Komilov, G'ayrat Umirov, Farhod Miraahmatov, Abror Xusinov, Doniyor Hasanov, Temur Hakimov, Alisher Mirzaev, Javohir Qahramonov, Sanjar Rihsiboev, SHohruz Norxonov.

Zaxiradan tushganlar: Dilshod Hamroev, Sardor Qahhorov, Alisher SHog'ulomov, Xurshid G'iyosov, Alisher Azizov, Pavel Solomin.

"Qo'qon-1912": Aziz Ashurov, Darko Gojkovich, Nikola Valentich, Maruf Zokirjonov, Ibrohim Rahimov, Suhrob Berdiev, Javohir Siddiqov, Abdulloh Olimov, Sobir Hamidov, Otabek Haydarov. 

Zaxiradan tushganlar: Nikita Ribkin, SHohruh Xolmatov, Mirjalol Qurbonov, Doston Tursunov, Nodir Yuldashev, Orif Mamajonov, Avaz Mamatxo'jaev, Bahodir Akramov, Iqbol Malikjonov, Aziz To'xtaboev, Nosir Otaqo'ziev, Mirto'ra Akbarov.

Gollar: SHohruz Norxonov, Alisher Azizov - Otabek Haydarov.


"Obod" FK matbuot xizmati


Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика