"Obod" bosh murabbiyi: "PFL kubogi finaliga chiqqanimizdan xursandmiz"
19 fev 2014 15:00
Yangiliklar

"Obod" bosh murabbiyi: "PFL kubogi finaliga chiqqanimizdan xursandmiz"
Birinchi liganing yangi azosi hisoblangan "Obod" klubi bugun PFL kubogi-2014 yarim finalida "Qo'qon-1912" klubi ustidan penaltilar seriyasida g'alaba qozonib finalga yo'l oldi.
Uchrashuv tugagach muxbirimiz "Obod" murabbiyi Farhod Safarov va darvozabon Bekzod Omonullaevdan qisqa intervyu oldi.
"O'yin qiyin bo'ldi. Yarim finalda hech qachon oson bahslar bo'lmagan. Bugungi g'alabamizdan xursand bo'ldim. Jamoamiz yangi mavsumga tayyorgarlik jarayonida PFL kubogida ishtirok etmoqda. "Qo'qon"dek tajribali futbolchilardan tuzilgan jamoani engib finalga chiqish bizga yanada ishonch bag'ishlaydi. Finalda kim bilan o'ynashimizni farqi yo'q, shunisi aniqki hal qiluvchi bahs ham og'ir o'tadi", - deydi Farhod Safarov.
"Bugungi uchrashuv juda ham og'ir bo'ldi. Finalga chiqqanimizdan juda xursandmiz. Penaltilar seriyasida uchta zarbani qaytarganim? To'g'risi buni kutmagandim. Lekin jamoamga foydam tegishi uchun bor kuchim bilan harakat qildim. Yaratganga shukur yuzim yorug' bo'ldi", - deydi "Obod" darvozaboni Bekzod Omonullaev.
Tolibjon Qosimov.

Fikrlar