OAV: Sarri "Lacio" bilan yangi shartnoma imzoladi
02 iyu 2022 12:23
Yangiliklar
OAV: Sarri "Lacio" bilan yangi shartnoma imzoladi
Italiya OAVning xabariga ko'ra, "Lacio" bosh murabbiyi Mauricio Sarri klub bilan 2025 yilning iyuniga qadar mo'ljallangan shartnoma imzoladi.
Sarri kecha Formellodagi mashg'ulot bazasiga prezident Klaudio Lotito bilan keldi va yangi mehnat shartnomasiga imzo chekdi.
Sarrining maoshi 3,5 mln evro+bonuslar ko'rinishida bo'ladi.
Muzokaralarda bosh to'siq Sarrining maoshi emas, murabbiyning Lotito va direktor Igli Taredan transfer bozori borasidagi kafolatni olishni xohlashi bo'ldi. Sarri etakchilarni jamoada saqlab qolishni yoki ularga munosib o'rinbosarlarni xarid qilishni talab qildi.
Fikrlar