“Nyukasl” yozda MYU darvozabonini sotib olmoqchi
22 mar 2022 09:25
Yangiliklar


“Nyukasl” yozda MYU darvozabonini sotib olmoqchi
“Manchester Yunayted” kiperi Din Xenderson faoliyatini APLning boshqa klubida davom ettirishi mumkin.
“Nyukasl” kiperga qiziqishini saqlab qolgan va yozda u bilan shartnoma imzolamoqchi. 25 yoshli Xenderson “qizil iblislar” tarkibida muntazam o'yin amaliyotiga ega bo'lolmayapti. SHu tufayli, u jamoasini almashtirishga qarshi emas.
Dinning MYU bilan amaldagi kelishuvi 2025 yil yozigacha mo'ljallangan. Darvozabon joriy mavsum klub libosida 5 o'yinda qatnashib, 7 ta to'p o'tkazib yubordi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar