"Nyukasl" Pardyuni jazoladi
02 mar 2014 13:57
Yangiliklar


"Nyukasl" Pardyuni jazoladi
"Nyukasl" bosh murabbiyi Alan Pardyu APL 28-tur doirasidagi "Xall Siti"ga qarshi o'yinda sodir bo'lgan holat uchun klub tomonidan 100 ming funtlik jarimaga tortildi.
"Zag'izg'onlar" bosh murabbiyi raqib yarim himoyachisi Devid Meyler maydon tashqarisidan to'pni o'yinga kiritib berish uchun kelganida unga boshi bilan zarb berishga urindi. Uchrashuv bosh hakami futbolchiga sariq qartochka ko'rsatdi. Pardyuni esa murabbiylar o'rindig'idan chetlashtirdi.
52 yoshli mutaxassisga klub pullik jarima solish bilan bir qatorda rasmiy ogohlatirish ham berdi. Angliya Futbol Associaciyasi ham bu borada o'z tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.
52 yoshli mutaxassisga klub pullik jarima solish bilan bir qatorda rasmiy ogohlatirish ham berdi. Angliya Futbol Associaciyasi ham bu borada o'z tekshiruv ishlarini boshlab yubordi.

Fikrlar