"Nyukasl" "Liverpul" futbolchisini nishonga oldi

Alisher
27 may 2020, 16:17
"Nyukasl" yozda o'z tarkibini "Liverpul" o'yinchisi Jyerdan Shakiri bilan kuchaytirish mumkin.

28 yoshli o'yinchi Mersisayd klubida doim ham o'yin amaliyotiga ega bo'lmayapti.

Shu sabab shveytsariyalik futbolchi "Nyukasl"ga o'tish variantini ko'rib chiqmoqda. Bundan tashqari unga "Galatasaroy" klubidan ham qiziqish mavjud.

Shakiri joriy mavsum "Liverpul" libosida APLda 6ta o'yinda maydonga tushib, 1ta gol urishga erishdi.

O'xshash yangiliklar


AlisherMuallif
Manba: Daily Mail