So’nggi yangiliklar

02:34"Спортинг" раҳбари Гёкерешнинг йиғинга келмагани ҳақида: "Даҳолар босим ўтказиш орқали трансферни осонлаштирамиз деб ўйлашади, аммо бу уни қийинлаштиради. Ҳаммаси катта жарима ва кечирим сўраш билан ҳал бўлади"  1 00:55Футзал. "Қизилқум" ўтиш ўйинида "Пахтакор"ни мағлуб этиб, Олий лигага йўлланма олди  0 00:22"Челси"га Доннарумма ёқади. Футболчи КЖЧдан сўнг битим борасида қарор қабул қилади  2 23:58Шквирин "Андижон"да  3 23:31Суперлигада 2025 йилги мавсумнинг илк қисмидаги энг яхши 10 ўйинчи  4 22:36"Барселона"га "Челси" форварди керак  6 22:11ЦСКА ва Аббос Файзуллаев — Россия Суперкубоги соҳиби  9 21:40Элдор Шомуродов нега айнан "Истанбул Башакшеҳир"ни танлади?  9 20:48"Ливерпуль" футболчиси "Реал"га ўтишга тайёр  5 20:20Неймар қиз фарзандли бўлди, Роналду яхтада Жоржина билан сайрга чиқди. Футбол юлдузлари ҳафтани қандай ўтказди?  5 19:55Тебас "Реал"нинг Ла Лигадаги биринчи ўйинини кўчирилмаслигини айтди  10 19:24"Ювентус" футболчиси Дуглас Луис фаолиятини АПЛда давом эттириши мумкин  1 18:59"Арсенал" "Барселона" ярим ҳимоячиси учун курашга қўшилди  19 18:52"Навбаҳор", "Динамо", "Бухоро"га жарима ва яна кўплаб қарорлар – Тартиб-интизом қўмитасининг навбатдаги йиғилиши тафсилотлари  16 18:29Эшитдик-да! Жамшид "Нефтчи"дан "Навбаҳор"га қайтмоқда  21

Nurillo To'xtasinov: “Janubiy Koreya bilan Osiyo chempionatida qanday o'ynaymiz? Hamma narsa bo'lishi mumkin” Yangiliklar

Nurillo To'xtasinov: “Janubiy Koreya bilan Osiyo chempionatida qanday o'ynaymiz? Hamma narsa bo'lishi mumkin”

FIFA kunlari munosabati bilan O'zbekiston olimpiya terma jamoasi Janubiy Koreyada mazkur yurt OTJ bilan ikkita o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi.

Dastlabki bahsda mezbonlarning qo'li baland kelgan bo'lsa, ikkinchi uchrashuvda hamyurtlarimiz Koreyalik tengqurlaridan ustun keldi. Ortda qolgan navbatdagi yig'in hususida “Bunyodkor” jamoasi azosi Nurillo To'xtasinov o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

- Janubiy Koreyaga qarshi kechgan o'yinlar haqida fikr va mulohazalaringiz...Sizningcha ikki jamoa to'liq kuch bilan harakatlandimi?

- Asosiy maqsadimiz o'yinimizni to'g'ri yo'lga qo'yib, uni yanada shakllantirish edi. SHuning uchun iloji boricha murabbiyimizning ko'rsatmalari asosida harakat qildik.

- Birinchi uchrashuvdan so'ng Lyubinko Drulovich qo'shimcha ravishda yana qanday ko'rsatmalar berdi?

- Standart vaziyatlardan unumli foydalanish kerakligini tushuntirdi.

- Bilasiz, koreyaliklar bilan osiyo chempionatida bir guruhdan o'rin olganmiz. Bu ikki o'yinnga qaraydigan bo'lsak, qita musobaqasida ularga qarshi qanday o'yin ko'rsatshimiz mumkin?

- Hamma narsa ro'y berishi hech gap emas. Vaziyatdan kelib chiqib ish tutamiz.

- Avvalgi turnirda ularni yarim finalda yirik, 4:1 hisobda mag'lub etganmiz. Ushbu scenariyni yana takrorlay olamizmi?

- Bu safar o'rtaga Olimpiada yo'llanmasi qo'yilgan. Demak, masuliyati katta bo'lgan musobaqada ikki terma jamoa ham borini berib to'p tepadi.

- Koreyaliklar markazda to'pni egallab tezkor hujumlarni uyushtirdi, aksariyat hollarda ular yakkakurashlarda ham ustun keldi. Balki yig'inga qo'shilmagan Oston O'runov, Xojiakbar Alijonov, Aziz G'anievni o'rni bilingandir?

- Jamoamiz ahil va inoq. Agarda ular ham qo'shilsa, biz yanada kuchayamiz.


Abdulaziz suhbatlashdi


Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика