Nunes Premer-ligada tezlik bo'yicha rekord o'rnatdi
21 okt 2022 20:38
Yangiliklar


Nunes Premer-ligada tezlik bo'yicha rekord o'rnatdi
Angliya Premer-ligasining o'n ikkinchi turidan o'rin olgan uchrashuvda “Liverpul” “Vest Xem”ni minimal hisobda mag'lub etdi.
Uchrashuvdagi yagona gol Darvin Nunes tomonidan kiritildi. Ushbu bahsda urugvaylik hujumchi Premer-liga tarixida rekord tezlikni o'rnatdi – u o'zining yugurishlaridan birida 38 km/soat tezlikni qayd etib, Kayl Uokerning oldingi natijasi – 37,802 km/soatni ortda qoldirdi.
Eslatib o'tamiz, chempionatning navbatdagi turida “Liverpul” safarda “Nottingem Forest”ga qarshi bahs olib boradi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar