So’nggi yangiliklar

10:10Криштиану Роналду Youtube'даги чиқиши давомида яна бир муҳим янгиликни маълум қилдими?  1 09:34"Манчестер Юнайтед" яна бир йирик трансфер бўйича келишувга эришди  1 09:00Аббосбек Файзуллаев асосий устунлиги ва камчилиги ҳақида гапирди  4 08:26Салоҳ келаси ёзда қайси жамоага ўтиши маълум  2 07:58Нойердан "қутилган" тер Штеген ушбу воқеага мунособат билдирди  4 07:30Суперлига. Бугун "Пахтакор" "Сурхон"га қарши ўйнайди  11 02:03ЕЧЛ саралаши. Сўнгги плей-офф раунд дастлабки ўйинлари бўлиб ўтди  1 01:11"Барселона"га яна "йўқ" дейишди  2 00:50"Goal" футбол тарихидаги энг омадсиз қиммат трансферлар рейтингини тузди  7 00:20"Ман Сити" ва "Ливерпуль" қизиқаётган футболчини "Манчестер Юнайтед" илиб кетишга яқин  4 23:57Гаскойн: "Тушунмайман, у нега "Реал"га ўтмади?"  5 23:32Неъматилло Қуттибоев: "Учрашувни назорат қилдик, аммо имкониятлардан фойдалана олмадик"  1 23:27Баҳром Ҳайдаров: "Сунъий майдон баҳона бўлиши керак эмас"  1 23:14Дибала Осиёга йўл олмоқда  8 22:54"Манчестер Юнайтед" ёш футболчисини сотиб юборди  2

Nukusda “Futbolimiz kelajagi”ning g'oliblari aniqlandi Yangiliklar

Nukusda “Futbolimiz kelajagi”ning g'oliblari aniqlandi

Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichining 9-10, 11-12 va 13-14 yoshli futbolchilardan iborat bo'lgan mahallalarning bolalar jamoalari o'rtasidagi guruh bahslari Qanliko'l, CHimboy, Ho'jayli va Ellikqala tumanlarida tashkil etildi.
O'z navbatida guruhlarda g'olib chiqqan jamoalar Nukus shahridagi “Turon” o'yingohida “Futbolimiz kelajagi” respublika turnirining Xorazm vohasida uyushtiriladigan hududiy bosqich yo'llanmasi uchun o'zaro bahs yuritishdi.

- Uchrashuvlarimiz juda qiziqarli o'tdi, -deydi musobaqa bosh hakami, qoraqalpog'istonning taniqli sobiq futbolchilaridan biri Islom Abdullaev. – O'yinlarni Qoraqalpog'iston futbol federaciyasi tomonidan tayinlangan Qallibek Sobirov, SHaryor Jumabekov singari iqtidorli hakamlarimiz boshqarib borishdi. Bu o'yinlarni xolisona o'tishini taminladi. Ishonchim komilki, jamoalarimiz Urganch shahrida bo'lib o'tadigan hududiy bosqichda munosib ishtirok etishadi va final yo'llanmalarini qo'lga kiritishadi.

Musobaqa yakunida g'olib va sovrindor jamoalar tashkilotchilar tomonidan rag'batlantirildi.
   
Qoraqalpog'iston Respublikasi bosqichi g'oliblari:
    9-10 yoshlilar guruhi. Nukus tumanidagi Samanbay ovul fuqoralar yig'ini.
   11-12 yoshlilar guruhi. To'rtko'l tumanining Markazobod mahallasi.
13-14 yoshlilar guruhi. Nukus tumanidagi Samanbay ovul fuqoralar yig'ini.

Ikrom  XUDOYBERGANOV.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика