So’nggi yangiliklar

20:11Араухонинг "Барселона"даги келажаги маълум  0 19:51"Нефтчи" назорат баҳсида Сербия клубини мағлуб этди, Искандеровдан гол  2 19:30Осиё кубоги-2025 саралаши. Ўзбекистон Кувайт дарвозасига 5та тўп киритди  1 19:18Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев "Манчестер Сити" клуби хўжайини билан учрашди  3 18:42"Бразилия ЖЧ-2026да Неймар учун ўйнамаса, чемпион бўла олмайди"  3 17:59Романо: "Манчестер Сити"нинг янги хариди бугун Англияга учиб боради  6 17:16Отабек Умаров ва Равшан Эрматов Миллий футбол марказидаги қурилиш жараёнини кўздан кечирди  6 16:55Суперлигага қайтган "Қўқон-1912" назорат баҳсида кумуш медал соҳиби ОКМКни йирик ҳисобда мағлуб этди  8 16:28"Динамо" БААга учиб кетди. Абрамов шогирдлари ЖАР, БАА, Россия ва Хитой клубларига қарши ўйнайди  2 16:05"Африкада бир бўлак нон учун ҳар куни эрталаб 20 миль масофани босиб ўтадиган инсонлар бор"  3 15:22"Пахтакор" Туркия йиғини доирасида Чехия клубига мағлуб бўлди  14 15:00Ўзбекистон МТЖнинг Иорданияга қарши ўйини бошланиш вақти маълум  4 14:33Тен Хаг Топ-5га қайтиши мумкин  4 13:48"Манчестер Сити"нинг аҳволи яхши эмас  22 13:15"Пахтакор"нинг навбатдаги трансфери европалик футболчи бўлиши мумкин  13

Nozim Mullaoxunov: "Xotira-79" tarkibida oliy liga darajasidagi o'yinchilar bor" Yangiliklar

Nozim Mullaoxunov: "Xotira-79" tarkibida oliy liga darajasidagi o'yinchilar bor"

Kecha birinchi liganing 17-tur o'yinlari bo'lib o'tdi. "SHarq" mintaqasi ishtirokchisi "UzDongJu" Andijonda chempionat etakchilaridan biri Xotira-79ni qabul qilib, 3:0 hisobida g'alaba qozondi.
Uchrashuvdan so'ng mezbonlar ustozi Nozim Mullaoxunov bilan suhbatlashdik.

- Natija biz uchun qoniqarli bo'lgan ersada, o'yindan ko'nglim to'lmadi. Misol uchun oldingi turlarda garchi "Oq-tepa"ga yutqazgan bo'lsakda, shu o'yindan qoniqqan edim. CHunki unda biz o'ynab mag'lub bo'lgandik, - deya gap boshladi Mullaoxunov.

O'yin qiyin bo'lishini taxmin qilgandim. Har gal g'alaba bilan birga mag'lubiyatni ham bilaman va yo'l qo'yilgan xatolar ustida ishlab ularni bartaraf etishga urinamiz. Bugun birinchi bo'limda har ikkala jamoa ham mazmunli o'yin ko'rsatishga qiynaldi. Bunga ob-havoning issiqligi sabab bo'ldi. Issiq haroratda o'ynash qiyin ekanligini to'g'ri tushunish lozim. Qolaversa o'yindan-o'yinga bo'lgan muddat ham juda oz. Futbolchilar o'zlarini tiklab olishga qiynalmoqda.

- Bugun jamoangiz chempionat etakchilaridan biri bo'lgan "Xotira-79"ni yirik hisobda mag'lubiyatga uchrata oldi. Aslida raqib jamoadan qanday o'yin kutgandingiz?  
- Bu jamoa bilan joriy yil ikki bor kuch sinashdik. Birinchisi sinov-nazorat bahsi edi. Ikkinchisi chempionat o'yini. Bemalol aytishim mumkinki, kuchli jamoa. Tarkibida oliy liga darajasidagi o'yinchilar bor. Nazarimda bugun ularga bosh murabbiyining yo'qligi (Usmon Asqaraliev nazarda tutilmoqda - muallif) tasir o'tkazdi chog'i.

- "UzDongJu" o'tgan turda alamli tarzda mag'lubiyatga uchragandi. "Paxtakor-2" bilan o'yindan so'ng, shogirdlaringizni bugungi o'yinga tayyorlash qanday kechdi?
- Darhaqiqat, Toshkentda "Paxtakor-2"ga qarshi bahsda o'z xatolarimiz evaziga tayyor g'alabani qo'ldan chiqardik. Mazkur uchrashuvda penaltidan ham unumli foydalana olmadik. Albatta bu mag'lubiyat yigitlarni ruhiy o'raga tushirib qo'ydi. "Xotira-79"ga qarshi uchrashuvga ularni jismoniy yoki taktik tomondan emas, balki aynan ruhiy jihatdan tayyorlashimiz kerak edi. Asosan etiborni shunga qaratdik. O'yindan oldin futbolchilarni ko'ziga qarab shuni bildimki, ularda qandaydir charchoq alomatlari sezilayotgandek tuyuldi. Biz uchun har bir o'yin huddi finaldek o'tmoqda. CHunki maqsadimiz keyingi bosqichga yo'llanma olish. Bu yo'lda astoydil ishtirok etamiz.

- Bugun "UzDongJu" tarkibida bir nechta etakchi o'yinchilarni ko'rmadik. Damir Jamoldinov, Ulug'bek Usmonov, Akmal Yuldashev shular jumlasidandir. Buning sababini qanday izohlaysiz?
- Ha, asosiy tarkibning azolaridan ayrimlari jarohat tufayli jamoaga yordam bera olmayapti. Umid qilamanki keyingi turda Kosonsoyga qarshi bahsda tarkibimiz optimal ko'rinishda bo'ladi. Damir Jamoldinovga keladigan bo'lsak, u jamoa bilan xayrlashdi.

- Nahotki?! Axir Jamoldinov markazda katta hajmdagi ishni bajarayotgandi. Bunga nima sabab bo'ldi?

- To'g'ri, Damirning bizga katta foydasi tegayotgandi. Albatta bu biz uchun katta yo'qotishdir. CHunki tayanch yarim himoyasida uning tutgan o'rni yuqori edi. Biroq futbolchi oilaviy sabablargi ko'ra jamoani tark etdi. Bu futbol. Unda birgina futbolchiga bog'liq bo'lib qolmaslik kerak.

- Endilikda Jamoldinovning o'rnida ko'proq kimni ko'ryapsiz?

- Tarkibimizda iqtidorli yoshlar ko'p. Ularni asta-sekin jiddiy o'yinlar orqali pishitib bormoqdamiz. Futbol-internat maktabimizdan etishib chiqqan Salohiddin Salohiddinovdan umidimiz katta. Uning potencialini yuqori baholagan bo'lardim. Markaziy yarim himoyachiga kerak bo'lgan barcha xususiyatlar unda mujassam. Ishonamanki, Salohiddinov o'ziga bildirilgan ishonchni oqlaydi. Undan tashqari yana bir qator istedodli o'yinchilarga egamiz. Faqat ularni bir tekisda o'yin ko'rsatib, asosiy tarkibga kirishib ketishi uchun ozgina vaqt kerak bo'ladi.   

Islombek Rustambekov suhbatlashdi. 
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика