Noyer qachon maydonga qaytadi?
24 mar 2018 23:09
Yangiliklar
Noyer qachon maydonga qaytadi?
Seshanba kuni 32 yoshga to'ladigan Noyer sentyabr oyidan buyon jarohati bois maydonga tusha olmayapti.
Germaniya termasi posbonining reabilitaciya jarayoni rejadagidek ketadigan bo'lsa, keyingi haftadan boshlab individual tarzda mashg'ulotlarni boshlashi mumkin.
Noyerning o'zi ushbu mavsumda maydonga tushishdan umidvor, ammo uning qachon maydonga qaytishi borasida aniq bir vaqtni aytish mushkul.
Futbolchi har kuni olti soat davomida tiklanish dasturi asosida mashq qilmoqda.
“Albatta men sabrsizlik bilan yashil maydonga chiqishimni kutayapman. Har bir sportchining o'ziga xos ambiciyasi bo'ladi. Doim muxlis rolida bo'lish judayam og'ir. SHifokorlarim bilan oldimizga aniq maqsad qo'yganmiz va shu asosda tiklanish jarayonini o'tayapman. Meni qo'llab-qo'vvatlayotgani uchun ularga minnatdorchilik bildiraman”, deydi Noyer.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
ОЧЛ-2. "Андижон" Қатарда "Ал Аҳли"га ютқазди ва мусобақа билан хайрлашди
Элит ОЧЛ. "Насаф" "Ал Иттиҳод"га кичик ҳисобда ютқазиб, плей-оффга чиқиш имкониятини йўқотди
Самвел Бабаян: “Сабр қилсак, “Андижон” фахрланадиган даражадаги жамоага айланади”
"Барселона" собиқ президенти: "Бизда Месси, Хави ва Иньеста борлиги учун ғалаба қозонганмиз. Ёки Европада ҳам Негрейра ғалаба қозониб берганми?"
Fikrlar