Noyer kamida 2025 yilgacha "Bavariya"da qolmoqchi. SHartnoma tez orada imzolanishi mumkin
17 noy 2021 17:16
Yangiliklar
Noyer kamida 2025 yilgacha "Bavariya"da qolmoqchi. SHartnoma tez orada imzolanishi mumkin
"Bavariya" darvozabon Manuel Noyer bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda.
35 yoshli nemisning amaldagi shartnomasi 2023 yilning yoziga qadar mo'ljallangan, ammo tomonlar yangi bitimni muhokama qilishmoqda.
Darvozabonni Myunxen klubida barchasi qanoatlantirmoqda, u shartnomani kamida 2025 yilga qadar uzaytirishni xohlaydi. Tomonlar yil so'nggida kelishuvga erishishi ham mumkin.
Eslatib o'tamiz, Noyer 2011 yildan beri "Bavariya"da o'ynaydi.
Fikrlar