So’nggi yangiliklar

12:26"Барселона" "Жирона" билан келишолмаяпти  0 12:05"Хоразм" Суперлигада уй ўйинларини қаерда ўтказади?  9 11:55"Манчестер Сити" Абдуқодир Ҳусановнинг африкалик тенгқурини сотиб олишга яқин  13 11:31Расмий хабар: "Хоразм" Суперлигада ўйнайди, фақат...  11 11:10Расмий хабар: Шукурали Пўлатов Про лига дебютанти билан шартнома имзолади  1 10:20Абдуқодир Ҳусанов нима учун 45-рақамни танлаганини айтди   38 10:15Майкл Бабатунде "Машъал" билан хайрлашди  2 09:55"Ал Фейҳа" ўз майдонида ғалаба қозонди. Шукуров тўлиқ ҳаракат қилди  0 09:30"Андижон", "Нефтчи", "Бунёдкор" собиқ футболчилари "Хоразм"да  4 09:00АПЛ. "Челси" ўз майдонида "Вулверхэмптон"дан устун келди   1 08:30"Динамо" икки нафар легионер, дарвозабон ва "Нефтчи" футболчисини рўйхатдан ўтказди  0 08:00"Мен клуб танлашда уларнинг мухлисларига эътибор қаратаман" - "Андижон"нинг янги легионери яна нималар деди?  2 07:35Суперлига. Жамоаларда амалга ошаётган трансферлар барчаси битта саҳифада   43 00:56"Манчестер Сити" спорт директори: "Ёш ҳимоячи бўлишига қарамай, Абдуқодир жуда ақлли"  24 00:33Абдуқодир Ҳусановнинг "Манчестер Сити"даги дебюти...  39

Noyer "Bavariya" bilan ochiqchasiga janjallashmoqda. Uning Myunxendagi davri tugagan ko'rinadi (mutolaa uchun) Yangiliklar

Noyer "Bavariya" bilan ochiqchasiga janjallashmoqda. Uning Myunxendagi davri tugagan ko'rinadi (mutolaa uchun)

Nima?!


Avvaliga oyoq sinishi, endilikda darvozabonlar murabbiyining istefoga chiqishi bilan bog'liq mojaro.


Qora chiziq

Buyuk nemis darvozabonining faoliyatida qora chiziq boshlandi. Manuel Noyer noyabrda jahon chempionatida bo'sh o'ynadi — Germaniya terma jamoasi ketma-ket ikkinchi bor guruhdan chiqa olmadi, jamoa sardori esa bir nechta o'tkazib yuborilgan gollar sabab tanqid qilindi. Bundan tashqari, Noyer Qatar bo'yicha futbolga aloqador bo'lmagan gaplari va terma jamoaning jamoaviy suratda og'zilarini yopib tushgan mashhur akciyasi sabab qattiq tanqid qilindi. Nemis nashri Bild'ning xabar berishicha, aynan Noyer Leon Gorecka bilan norozilik akciyasining tashabbuskori bo'lishgan va terma jamoadagi sheriklarini o'yinlarga tayyorgarlikdan chalg'itishgan.

Dekabrda esa yangi muammo. Noyer jahon chempionatidan so'ng darhol chang'i tatiliga chiqdi, ammo dam olish dahshatga aylandi: nemis oyog'ini sindirib oldi va mavsum so'nggiga qadar safdan chiqdi. Futbolchilarning shartnomalarida jarohat olish xavfi sabab tez-tez chang'i uchishga taqiqni qo'shishadi, ammo Manuelda bunday band yo'q, shunday ekan "Bavariya" darvozabonni jazolay olmadi. SHu bilan birga, Noyerning jamoaga pand bergani ayon edi, ammo myunxenliklar ommaviy ravishda darvozabonni tanqid qilishmadi, tinchgina unga o'rinbosar izlashdi va Myonxengladbaxning "Borussiya"sidan Yan Zommerni xarid qilishdi.

Yanvarda Noyer uchun yana bir zarba. "Bavariya" klubda 11 yildan oshiq vaqt ishlagan darvozabonlar murabbiyi Toni Tapalovichni istefoga yubordi. Yosh Noyer u bilan "SHalke"da o'ynagan va Tapalovichni "Bavariya"ga taklif qilishni qattiq so'ragandi.



"Yuragimni yulib olishgandek bo'ldi"

"Bavariya" sardori xabardan shunchaki dahshatga tushdiki, The Athletic'ga intervyu berdi. "Bu men uchun qattiq zarba, — dedi nemis. — Bu xabar kutilmaganda keldi, hatto Toni uchun ham. Men buni umuman tushunmadim. Tapalovich doim jamoa o'yinchisi edi, barcha buni bilardi. U menga ishlamagandi, balki butun darvozabonlar brigadasi, murabbiylar shtabi va klubga ishlagandi. Noxolisdek ko'rinishi mumkinligini tushunaman, ammo men haqiqatdan ham ish va shaxsiy hayotni ajrataman. Huddi yuragimni yulib olishgandek his qildim. Bu faoliyatimdagi eng qiyin vaziyat, garchi men ko'p narsalarni boshdan kechirgan bo'lsam ham".

Mavsum o'rtasida Tapalovichning istefo sabablarini rasman malum qilishmadi. Ammo, nemis OAVda talqinlar bor. Bild darvozabonlar murabbiyi bilan Yulian Nagelsmann bilan kelishmovchilik sabab xayrlashilganini yozdi, Sport1 esa yanada aniqlashtirdi: takidlanishicha, Tapalovich ko'p yillar davomida Noyerga murabbiylar shtabidan malumotlarni berib turgan, Manuel esa uni jamoadoshlariga tarqatgan. O'sha intervyuda darvozabondan bu mish-mish haqida so'rashdi: ammo u ayblovni keskin rad etdi: "Yo'q. Yuz foiz yo'q. Toni hech qaysi murabbiy qo'l ostida bunday ish qilmagan".



Rahbariyat g'azabda

Hech bir rahbar ommaviy tarzdagi tanqiddan xursand bo'lmaydi — hatto ko'p yillar davomida foydali bo'lgan qimmatli xodimi tomonidan ham. Va "Bavariya" rahbariyati bunga darhol javob qaytardi. Klub boshqaruvi raisi Oliver Kan takidladi: "Tapalovichning istefosi borasidagi Manuelning so'zlari uning sardorlik mavqeiga ham, "Bavariya" qadriyatlariga ham to'g'ri kelmaydi. Bundan tashqari, intervyu noo'rin vaqtda chiqdi, sababi oldinda muhim o'yinlarimiz bor. Biz bu haqda juda jiddiy gaplashib olamiz".

"Bavariya" sport direktori Xasan Salixamijich ham darvozabonning gaplaridan xursand bo'lmadi:"Manuelning shaxsan jabrlanganini tushunaman, ammo sardorimizdan boshqacha reakciyani kutgandim. Tapalovich istefosining Noyer bilan hech qanday aloqasi yo'q. U his qilayotgan xafagarchilik bizni ham qamrab olgan, sababi Manuel shaxsiy manfaatlarni klubnikidan ustun qo'ydi. Ammo, biz barchasini ichkarida muhokama qilamiz".



"Bavariya"dagi faoliyat yakuni?

Nagelsmann ham bilvosita rahbarlar tarafini oldi. "Bavariya" bosh murabbiyi Noyer haqidagi savolga quyidagicha javob berdi: "Uning o'rnida bunday intervyu bermagan bo'lardim — bu aniq tinchlikni targ'ib qilmaydi. Bu so'zlar barcha gazetalarda paydo bo'ladi, butun Germaniya ularni muhokama qiladi".

Nagelsmann bahsli mavzudan chetga chiqqan holda aqlli ish tutdi. Ammo, Kicker'ning xabariga ko'ra, Noyerning so'zlari murabbiy va sardor o'rtasidagi allaqachon taranglashgan munosabatlarni yanada kuchaytirgan. Qayd etilishicha, "Bavariya"ning ayrim futbolchilari Manuelni qo'llab-quvvatlashgan, Nagelsmann esa jamoa bilan oldingidek Kimmix orqali muloqot qilishni afzal ko'rgan. Yozda bu masala jiddiyroq ko'rilishi mumkin: yoki Noyer, yoki Nagelsmann. Robert Levandovski "Bavariya"ni tark etdi, bunga jumladan bosh murabbiy bilan uncha yaxshi bo'lmagan munosabatlar ham sabab bo'ldi.

Bir tomondan, vaziyat yarim yil ichida o'z-o'zini hal etishi mumkin. Boshqa tomondan — Zommer ushbu vaqtda o'zini shunchalik yaxshi ko'rsatishi mumkinki, hatto Noyer qaytganda ham jamoaning birinchi raqami bo'lib qolishi mumkin. Manuel bir oydan so'ng 37 yoshni qarshi oladi, uning "Bavariya" bilan shartnomasi bir yarim mavsumdan so'ng yakuniga etadi. Biz esa buyuk faoliyatning botishini ko'rishimiz ehtimoli bor.


Championat.com saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика