"Nottingem Forest" "CHelsi" himoyachisini sotib olish istagida
09 avg 2022 21:25
Yangiliklar


"Nottingem Forest" "CHelsi" himoyachisini sotib olish istagida
"O'rmonchilar" mudofaa chizig'ini kuchaytirishmoqchi.
Insayder Nizar Kinsellaning takidlashicha, "CHelsi" chap qanot himoyachisi Emerson Palmeri "Nottingem Forest" short-listidan joy oldi.
Manbaga ko'ra, "Betis" azosi Aleks Morenoning transferidagi muvaffaqiyatsizlikdan so'ng "Forest" boshqa variantlarga o'tishga qaror qilgan. Emerson "o'rmonchilar" uchun asosiy nomzodlardan biri hisoblanadi.
Avvalroq kelib chiqishi braziliyalik bo'lgan italiyalikni Mauricio Sarri "Lacio"da ko'rishni istagandi. Biroq rimliklar bu borada hech qanday taklif bilan chiqishgani yo'q.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar