So’nggi yangiliklar

21:05Париж-2024. Ўзбекистон - Миср 0:1 (матнли трансляция)  270 20:53Париж-2024. Испания терма жамоаси биринчи бўлиб плей-оффга чиқди  5 20:22"Манчестер Юнайтед" испаниялик футболчига қизиқмоқда  1 19:56"Барселона" Уильямс учун кутилганидан 4 млн. евро кўп пул тўлаши керак  2 19:22ФИФА Аргентинанинг эътирозига жавоб берди  4 18:52Ҳусниддин Ғофуров - "Қўқон-1912" футболчиси  3 18:24Биринчи даврада "Бунёдкор"да ўйнаган футболчи Босния ва Герцеговина клубига ўтди  1 18:00Ўзбекистон ўйнайдиган "Божуар" стадиони баҳсга тайёр  7 17:50Доминикан Рес. - Испания. Асосий таркиблар эълон қилинди  17 17:13Магуайр: "МЮни яна муваффақиятли қилиш вақти келди"  4 17:03Эндрик таништирув маросимига 43 минг мухлис келди  1 16:36Эндрик таништирув маросимида йиғлаб юборди ва "Реал" эмблемасини ўпди  7 15:59МЮ футболчиси ўтирган машинага маст ҳайдовчи урилди  2 15:18Ўзбекистон олимпия терма жамоасида Йўлдошев ўрнига бошқа футболчи қайдномага киритилди  20 14:56"Барселона" энди шортларга ҳам реклама ёпиштиради  2

Nosir Otaqo'ziev: "Muxlislarimiz bilan faxrlanamiz" Yangiliklar

Nosir Otaqo'ziev: "Muxlislarimiz bilan faxrlanamiz"

Teglar :  Nosir Otaqo'ziev
Joriy mavsum jamoamiz uchun biroz og'ir kechganiga qaramay, futbolchilarimiz chempionatni 12-o'rinda yakunlashni uddalashdi.

“Qo'qon-1912” klubining mana shunday natija ko'rsatishida etakchi futbolchimiz Nosir Otaqo'zievning hissasi katta bo'ldi.

Mavsum poyoniga etgach, klub rahbariyati 32-yoshli hujumchini “mavsumning eng yaxshi futbolchisi” deb tan olishdi.

Fursatdan foydalanib, Nosir Otaqo'ziev bilan qisqacha suhbatda bo'ldik.

– Nosirbek, “Qo'qon-1912” klubi rahbariyati sizni mavsumning eng yaxshi futbolchisi deb tan olishgani bilan tabriklaymiz.


– Tabrik uchun rahmat.  Bunday etirof har bir futbolchi uchun katta sharaf.

– Yakuniga etgan mavsum borasida qanday fikr bildira olasiz?


– Ochig'ini aytsam, jamoamiz oson bo'lmagan mavsumni boshidan o'tkazdi. Birinchi davrada muvaffaqiyatsizlik domida qolib ketgandik. CHempionatning ikkinchi qismida vaziyatni o'nglab, o'z oldimizga qo'yilgan vazifani bajara oldik.

Bu yilgi mavsum ham oldingi kabi shiddatli, bir-biridan qiziqarli bahslarga boy bo'lganini takidlash joiz.


– 2015 yilgi mavsumda 9 ta gol kiritgandingiz. Yakuniga etgan mavsumda esa kubok o'yinlarni hisoblasak (chempionatda 7 ta, kubokda 2 ta) yana shuncha golga mualliflik qildingiz. Mavsum boshida o'z oldingizga nechta gol kiritishni maqsad qilib qo'ygandingiz?

– Har bir hujumchi iloji boricha ko'proq gol kiritishni maqsad qiladi. Mening ham maqsadim shunday. Nasib bo'lsa yangi mavsumda raqiblar darvozasiga ko'proq yo'l topishga harakat qilaman.

Lekin shuni unutmaslik lozimki, men uchun shaxsiy yutuqlar ikkinchi darajada turadi. Eng asosiysi jamoamning muvaffaqiyatidir. Futbol bu jamoaviy o'yin. To'g'ri, hujumchining saviyasi urgan gollari bilan belgilanadi. Ammo jamoa manfaati biribir ustun turishi lozim.

– No'mon Hasanov borasida nimalar deya olasiz?


– No'mon Nurmatovich bosh murabbiy bo'lib kelgach, jamoamiz o'yinida o'sish bo'lganini tan olish lozim. To'g'ri, yaxshi jamoani shakllantirish uchun vaqt kerak bo'ladi. Ammo biz qisqa fursat ichida ko'zlagan maqsadga erishdik. Bunda albatta bosh murabbiyning hissasi katta bo'ldi.

No'mon aka tartib-intizomga jiddiy etibor beradigan mutaxassislar toifasiga kiradi. U kishi birinchi navbatda barchani bir oila sifatida birlashtira oldi.

Futbolda hamma bir maqsad yo'lida birlashmas ekan natijaga erishib bo'lmaydi.

O'ylaymanki, yangi mavsumda jamoamiz yanada yaxshi natija ko'rsatadi.

– Qo'qonlik futbol muxlislari mamlakatimizda etakchilaridan sanalishadi. Ular borasidagi fikringizni bilmoqchi edik.


– CHindan ham qo'qonlik futbol ishqibozlari o'zgacha. Muxlislarimiz har bir o'yinda bizni qo'llab-quvvatlab turishgani futbolchilarga qo'shimcha kuch bag'ishlaganini aytish joiz. Ular jamoaning og'ir damlarida ham yolg'izlatib qo'yishmadi. Biz futbolchilar shunday ajoyib muxlislarimiz borligidan faxrlanamiz.

Har doim ularni xursand qilish uchun bor kuchimizni ishga solishga tayyormiz.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика