No'mon Hasanov: “Olmaliqdagi o'yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo'q”

Narzulla Saydullayev
18 avg 2018, 07:38
“Neftchi” – “Qo'qon-1912” uchrashuvidan keyingi matbuot anjumanining birinchi qismida mezbonlar ustozi No'mon Hasanov va yetakchi futbolchilarimizdan biri Suhrob Berdievlar ishtirok etishdi.

No'mon Hasanov: – O'yin haqiqiy derbiga xos “jang” bo'ldi. Bugun xatolarimiz evaziga mag'lubiyatga uchradik. Darvozabonimizning xatosi etmaganidek, penaltidan ham foydalana olmadik. Qizil kartochka ham rejamizni buzib yubordi. “Derbi”da bir kishi kam bo'lib harakat qilish mushkul ish. Bugun bizni stadionda qo'llab-quvvatlab turgan muxlislarimizga katta rahmat aytaman. “Neftchi”ni g'alaba bilan tabriklayman. Bugungi uch ochko oltinga teng bo'ladi.

Olmaliqdagi o'yin natijasi bilan umuman qiziqqanim yo'q. Faqat o'zimizning o'yinimiz haqida o'yladim.

Suhrob Berdiev: – O'yin shiddatli kechdi. “Derbi”lar odatda shunday o'tadi. Murabbiylarimizning ko'rsatmalarini bugun bajarishda oqsadik. Buning natijasida mag'lubiyatga uchradik. Qolaversa yaratilgan vaziyatlardan ham foydalana olmadik.

Shuncha yo'l yurib bizni qo'llash uchun kelgan muxlislarimizga rahmat aytamiz. Keyingi uchrashuvlarda ularni xursand qilishga harakat qilamiz.


O'xshash yangiliklar


Narzulla SaydullayevMuallif
Manba: kokand1912.uz