So’nggi yangiliklar

14:53Шаҳзод Азмиддинов иккинчи даврани "Андижон"да бошлайди  2 14:48Иккинчи давра стартига бир ҳафта қолди  1 14:34"Интер" ҳужумчи учун 45 млн евро таклиф қилди  0 14:11Шусуке Фуруя: "Саудияга қарши ўйин мен учун биринчиси эди. Ўзбекистонликлар паслар орқали ўйинни яхши назорат қиладиган жамоа"  0 13:53Расман: Кожо Ўзбекистонга қайтди  4 13:53Аббос Ал Ҳасан: "Менимча, Ўзбекистон Япониядан кучлироқ"  2 13:26Жалолиддинов, Эркинов, Абдихолиқов — ортга қайтган легионерларни олдинда нима кутмоқда?  3 13:11"Барселона" ҳужумчиси бошқа клубга ўтди  1 12:51Уче Бриан Нвадике: "Ўзбекистон аввалгидан кучлироқ"  1 12:38"Атлетико" сафидаги ЖЧ ғолиби Каталонияга йўл олиши мумкин  0 12:13АПЛ клуби Шешко учун 80 млн евро тўлайди  1 11:55Муҳаннад Ал Яҳё: "Ўз майдонимизда U-23 Осиё кубоги бош совринини қўлга киритишни хоҳлаймиз"  0 11:31"Манчестер Сити" 22 ёшли ҳимоячи учун 57 млн евродан кўпроқ тўлашга тайёр  8 10:36Лунин "Манчестер Юнайтед"га ўтиши мумкин  2 10:19"Барселона" президенти: "Клуб ёзда бошқа футболчи олмайди"  9

No'mon Hasanov: "Bunyodkor"ni Toshkentda mag'lub etishni hamma ham uddalay olmaydi" Yangiliklar

No'mon Hasanov: "Bunyodkor"ni Toshkentda mag'lub etishni hamma ham uddalay olmaydi"

"Bunyodkor" ustidan qozonilgan g'alabadan so'ng (3:1) "Qo'qon-1912" jamoasi bosh murabbiyi No'mon Hasanov o'z fikrlarini bildirdi.

- Kutilmagan g'alabaga erishdik. CHunki "Bunyodkor" juda yaxshi shakllangan jamoa hisoblanadi. O'yindan oldin meni "qaldirg'ochlar"ning o'rta chizig'i biroz qo'rqitgandi. "Bunyodkor"da ushbu nuqtada Ibrohimov, Sobirxo'jaev va Haydarov singari tajribali futbolchilar harakat qilishadi. Bugungi o'yinda asosan ularni yopishga harakat qildik. Mashg'ulotlarda ham shu ustida alohida ishlagandik. Bu ishni uddaladik. Umuman o'yin va natija uchun futbolchilarimga katta rahmat aytaman. Bugun boshlang'ich tarkibda ilk marotaba Iqbol Malikjonov o'ynadi va raqib hujumlarini buzishda, markazda ustunlikka erishishimizda uning xizmati katta bo'ldi. Malikjonov yosh bo'lishiga qaramasdan yaxshi saviyada o'ynay olishini isbotladi.

O'yin chiroyli o'tdi. Bir tarafdan raqib futbolchisi olgan qizil kartochka ham bizga qo'l keldi. Ammo "Bunyodkor" 10 kishi bo'lsada yaxshi o'ynadi.

Qo'qondan bizni qo'llab-quvvatlash uchun kelgan yuzlab muxlislarga minnatdorchilik bildiraman. SHuningdek, butun jamoaga, futbolchilarga ajoyib o'yin uchun tashakkur. "Bunyodkor"ni Toshkentda mag'lub etishni hamma ham uddalay olmaydi.

Legioner hujumchi? Baribir ko'p narsa moliyaviy holatga borib taqaladi. Ha, biz legioner hujumchi bilan kelishib qo'ygandik. Ammo muzokaralar so'nggida uning maoshi borasida kelishuvga erisholmadik. Legioner hujumchi istagan maoshni berishga bizda imkoniyat bo'lmadi. Futbolchi so'ragan maoshni biroz kamaytirmoqchi bo'ldik, ammo ko'ndira olmadik. SHu sababli, jamoada ko'rishni xohlagan legioner hujumchini jalb eta olmadik. "Qo'qon-1912" klubi hali top jamoalardek katta haridlarni amalga oshira olmaydi. Bunga biroz erta.

Moliyaviy holatimiz qay darajada? O'rtacha.

Biz imkon qadar kuchli-oltilikka kirishga harakat qilyapmiz. Buni uddalash oson bo'lmaydi. Bizni qiyin bo'lgan "Paxtakor"ga qarshi bahs kutmoqda. Albatta, bor kuchimizni ishga solib muxlislarimizni xursand etishga harakat qilamiz. Agarda oltitalikka kira olsak, unda chempionlik uchun kurashadigan jamoalarga raqobat tug'dirishga qiynalishimiz aniq. CHunki ochkolar tarafdan ham ancha ortdamiz. Mabodo "oltilik"ka kirsak, hisoblab chiqdim, jamoamiz hisobidagi ochkolar 14 bo'ladi. SHunda turnir jadvalida 3-4 o'rinlarda bo'larkanmiz. Lekin biz hali avvalo o'sha "oltitalik"ka kirishni o'ylashimiz zarur. Bu oson bo'lmaydi. Superligada oson o'yinning o'zi yo'q. Mana "Neftchi" "Navbahor"ni yutdi. Albatta barcha qatori "kuchli oltitalik"ka kirishni istaymiz va kurashamiz. Yangi formatdagi chempionatda chempionlik uchun kurashish qiziq bo'ladi. Biz oxirigacha kurashamiz.

Reyting: -4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика