So’nggi yangiliklar

00:23ЕЧЛ. "Црвена Звезда" – "Барселона" ва бошқа учрашувларнинг асосий таркиблари аниқ  0 00:15ЕЧЛ. "Интер" – "Арсенал", ПСЖ – "Атлетико". Таркиблар аниқ!  0 23:49"Ал Ҳилол" Неймар энг камида бир ойга сафдан чиққанини тасдиқлади  0 23:23ОЧЛ 2. "Шабаб Ал Аҳли" "Қувайт СК"ни мағлубиятга учрата олмади. Бу "Насаф"нинг имкониятларини бироз оширди (гуруҳдаги вазият)  8 22:55Россия кубоги. "Рубин" ва ЦСКА чорак финалнинг илк баҳсида дуранг қайд этди. Файзуллаев 71, Раҳмоналиев 85 дақиқа ҳаракат қилди  2 22:30Абдуқодир Ҳусанов Франция чемпионатида ойнинг энг яхши ёш футболчиси деб топилди  6 21:53"Ал Ҳилол" Неймардан қутулиш ҳақида ўйламоқда  7 21:36Қатар термаси Ўзбекистонга қарши ЖЧ саралашидан ўрин олган ўйин учун қайдномасини эълон қилди  9 21:00ОЧЛ 2. "Насаф" ўз майдонида Иордания клубига мағлуб бўлди ва гуруҳдан чиқиш имкониятини камайтириб юборди  260 20:10Англия премьер-лигасида энг кўп маошни қайси футболчилар олади? Салоҳ 4-ўринда  9 19:45Расман: Григорий Колосовский - "Локомотив" бош мураббийи  20 19:25Алексей Евстафеев: "Ҳозирги ҳолатимизда бир очко биз учун кам"  1 19:10Ҳаким Фузайлов: "Мавсум охири бўлишига қарамай, йигитлар охиригача курашишди"  0 18:28МЮ 70 миллион еврога сотиб олган футболчи умумий машғулотларга қўшилди  1 17:50Про лига. "Қўқон-1912" "Олимпик-MobiUz"ни мағлуб этди ва плей-оффга йўлланма олди  2

No'mon Hasanov: “Andijon” ruhiy tomondan qiyin ahvolda” Yangiliklar

No'mon Hasanov: “Andijon” ruhiy tomondan qiyin ahvolda”

“Paxtakor!”da faoliyat ko'rsatib kelayotgan iqtidorli murabbiy No'mon Hasanovni barcha yaxshi biladi.
Malumki, u o'tgan yilgi mavsumning oxirgi turlarini “Navbahor” klubida bosh murabbiy sifatida o'tkazgandi. Lekin bu yildan boshlab yana “Paxtakor”ning murabbiylar shtabiga qaytdi. Tajribasini oshirishda davom etayotgan yosh mutaxassis tajribali jamoada ishlash orqali bilimini yanada boyitib bormoqda. Uni yana bir bor mustaqil ravishda qachon faoliyat boshlashini vaqt ko'rsatadi. Ayni paytda eesa Hasanov butun etiborini “Paxtakor”ga qaratgan. Kuni-kecha “Andijon” – “So'g'diyona” jamoalari o'rtasidagi uchrashuvga tashrif buyurdi. Aytish kerakki, u bir necha bor “Andijon”ning o'yinlarini stadionda kuzatmoqda.   
- “Paxtakor”dagi ishingiz asosan nimalardan iborat?
- 3-4 nafar murabbiylar bor va biz Samvel Babayanga yordam beramiz. Har doim mashg'ulotlarni birlagikda o'tkazamiz. U erda har bir murabbiyning vazifasi bor. Mashg'ulotdan oldin murabbiylar yig'ilishib kim nimani bajarishi borasida kelishib olinadi. 

- Ishinigzdan rohat olib ishlayapsizmi yoki ko'nglingiz to'lmayotgan jihatlar ham bormi?
- Ishim yaxshi, yoqadi. “Paxtakor”da hammasi professional tarzda yo'lga qo'yilgan. Keyingi raqibimizni obdon o'rganish uchun uni o'rganib chiqamiz. Kerak bo'lsa, stadionda uning o'yinlarini kuzatamiz. Men ham bir necha bor raqiblarimizning o'yinlarini borib ko'rdim. SHunga yarasha murabbiylarga fikrimni bildiraman. SHunga qarab Babayan yakuniy xulosani chiqaradi. Bu ishlarimiz albatta yordam beryapti. O'yindan avval raqibning kuchli va kuchsiz tomonlarini futbolchilarga tushuntirib beramiz. Bazida men, bazida esa Viktor Jalilov o'yinni kuzatishi mumkin. 



- Sizni “Andijon”ning uy uchrashuvlarida ko'p ko'ramiz. CHunki u bilan o'ynayotgan jamoa keyingi safar “Paxtakor” bilan kuch sinashadi. Demak, bu borada kuzatuv ishlarini olib borasiz, to'g'rimi?
- Ha. Faqatgina “Andijon”ning emas, unga raqiblik qilayotgan jamoalarning o'yinlarini ham obdon kuzataman. CHunki keyingi safar o'sha klub biz bilan o'ynaydi. Yani, taqvim bo'yicha “Paxtakor” “Andijon” bilan juftlik bo'lib qolgan. Vodiydaligi ham menga yaxshi. Uyimga – Qo'qonga borib yaqinlarimni ko'raman. Bu tomondan ham men uchun qulay. Qarshi yoki boshqa shaharlarga esa bosh mutaxassis boradi.

- Andijonliklar o'z maydonida “So'g'diyona”ga mag'lubiyatga uchradi. Mutaxassis sifatida o'yinga qanday baho berdingiz?
- “Andijon” jamoasi shokka tushib qolganga o'xshayapti. Ruhiy tarafdan qiyin ahvolda. U erda futbol o'ynashni biladigan yigitlar to'p surishyapti. Hadeb .yutqazavergach tushkun kayfiyatga o'ralashib qolishgan. Muxlislar esa baribir stadionga kelib jamoasini qo'llab-qo'vvatlashmoqda. Mavsum boshlarida esa ishqibozlar soni ancha ko'p edi. Kechagi uchrashuvda menga “So'g'diyona”ning o'yini yoqdi. Futbolchilar tezligini, tirishqoqligini, ishtiyoqi yuqoriligini ko'rsatishdi. Uchrashuv davomida tez harakat qilishdi. Ikkala gollarni ham aynan tezlik evaziga kiritishdi. Hisob 0:2 bo'lgach g'alabani qo'ldan chiqarib yubormaydigan darajaga olib kelishdi. Navbatdagi raqibimiz “So'g'diyona” bo'lgani sababli asosan ularning o'yiniga etibor berdim. “Andijon”ni esa ko'p o'yinlarini ko'rdim. Hatto g'alaba qozonayotgan paytda ham mag'lubiyatga uchradi. Menimcha, ularga omad ham  kamlik qilyapti. Azamat Abduraimovga ham qiyin. Balki u ham vaziyatdan chiqib ketish yo'llarini qidirayotgandir. 

- Babayan bilan “So'g'dina” xususida gaplashdingizmi?
- Meni alohida 45 daqiqalik darsim bor. Baribir o'yinni jonli ravishda ko'rish o'zgacha. Bazida uchrashuvning diksini jo'natishadi. Stadionda esa hamma narsani ko'rish mumkin. Lekin Samvel Babayanga “So'g'diyona” haqida iliq fikrlarimni bildirdim. O'ziga yarasha kuchli ekanligini, albatta raqibga hurmat bilan yondoshish zarurligini aytdim. O'zingiz ham bilasiz, har bir jamoa “Paxtakor”ga qarshi eng yaxshi o'yinini ko'rsatishga harakat qilishadi.
 
- Sizningcha, “So'g'diyona”ning asosiy kuchi nimada?
- Bu xususida hamma narsani ayta olmayman. Avvalambor, menga ularning tezligi yoqdi. Futbolchi to'pni egallab olishi bilan darhol katta tezlikda oldinga chopyapti. “Andijon”ga qarshi uchrashuvda jizzaxliklarning kuchiaynan tezlik borasida bilindi. Aynan shuning evaziga ular yutib ketishdi. Hujum chizig'i chakki emas. Lekin aksariyat o'yinchilarining bo'ylari past. Axir uchrashuv davomida burchak to'plari yoki jarima zarbalari amalga oshiriladi. Lekin hamma narsani aytmoqchi emasman. Murabbiylar bilan o'tirib bafurja maslahatlashamiz. Lekin hozirda kubok bahsida “Oqtepa”ga qarshi tayyorgarlik ko'ryapmiz.

- Muxlislar sizni “Andijon”ning o'yinlarida bir necha bor ko'rishdi. SHuning uchun Abduraimovning o'rnini egallashingiz borasida gap-co'zlar avj oldi.
- Menga hech qanday taklif tushgani yo'q. SHuning uchun bo'lmagan gap. To'g'ri, muxlislar meni bir necha marta ko'rishdi. Ular hadeb bitta jamoaning o'yiniga kelishimni ko'rib o'rganishmagan. Odamlar esa har xil kimdir “Andijon”da ishlamoqchi, bosh murabbiylikni egallamoqchi deb o'ylashlari mumkin. Lekin sizga rost gapni aytaman: Andijonga asosan “Paxtakor”ning keyingi raqibini ko'rib o'rganish uchun boraman. Klubda Azamat Abduraimovdek yaxshi mutaxassis bor.

- Agarda sizga taklif bilan chiqishsa, buni qabul qilasizmi?
- Avval shunday taklif bo'lsinchi, keyin o'ylab ko'ramiz. Menga har qanday jamoadan taklif tushsa uning taqvimini ko'rib o'rganib chiqaman. Qanaqa o'yinchilar kerakligi xususida ham bir qarorga kelaman. CHunki ertaga muxlislar oldida uyalib qolmasligimiz kerak. Axir futbol muxlislar uchun to'g'rimi? SHunga yarasha hammasini tahlil qilib keyin javobini aytaman.

- Lekin sizda yana bosh murabbiylikka qaytish ishtyoqi bor, shundaymi?
- Bilasiz, “Navbahor”da ham ishladim. Har qanday murabbiy ham vaqti kelib bosh murabbiy bo'lib ishlagisi keladi. Murabbiy o'z fikrlarini futbolchilarga etkaza olishi shart.

- O'tgan mavsumning oxirgi beshta o'yinida “Navbahor”ga bosh murabbiylik qildingiz. U erda qisqa vaqt ishlab qanday xotiralar qoldi?
- Viloyat hokimining o'rinbosarari Toshkentga kelib meni taklif qilgani uchun yo'q deya olmaganman. “Navbahor”ni oliy ligada qolidirishga ko'zim etgani uchun ishlashga rozilik bildirganman. Ular ham mendan shu narsa haqida so'rashdi. Pul muhim ahamiyat kasb etgani yo'q. Mavsum tugaganidan keyin esa ular bilan kelisha olmadik. Men ham yaxshi jamoa tuzishni va yaxshi o'yinchilar bilan ishlashni xohlayman. Mening jamoada ko'rishni istagan 8-9 nafar ko'z ostimga olib qo'ygan futbolchilarim bor edi. SHularni olib bersalaring, ishlashda davom etaman deganman. SHuningdek, klub tezroq professionalikka o'tishi kerak. Futbolchiga sharoit yaratilib berilmasa ishlash qiyin. O'zim futbolchi bo'lganim uchun bu narsani yaxshi tushunaman. Lekin “Navbahor” bilan o'rtamizda muammo bo'lgani yo'q. Bir-birimiz bilan xafa bo'lish holati sezilmadi. Ularni ham tushunaman, oson emas.



- Yaqin do'stingiz Baxtiyor Ashurmatov “Navbahor”ni boshqarmoqda. Uni va jamoani kuzatib boryapsizmi?
- Ha, albatta. Har haftada bir marta telefon orqali gaplashib turamiz. Ashurmatov Namanganga borishdan oldin men bilan ham maslahatlashgan. Bilasizku, Baxtiyor ham qo'qonlik. Umuman, barcha qo'qonlik murabbiylar bilan aloqadamiz. Masalan, Muxtor Qurbonov “SHo'rtan”da, SHuhrat Rahmonqulov esa “Paxtakor”da. “Navbahor”ning 2-3ta o'yinlariga borib ko'rdim. Futbol doim o'syapti. SHuning uchun to'xtab qolmaslik kerak. 

- O'tgan safar bosh murabbiylikka qaytganingizdan keyin ushbu lavozimda qaerda bo'lmasin ishlashda davom etadi deb o'ylagandik. Ammo oradan ko'p o'tmasdan yana murabbiylar shtabiga qaytdingiz.
- Jamoaga bosh murabbiy bo'lgach shart-sharoitlarni yaratib berishi kerak. Istagan futbolchilar olib kelinsa yanada yaxshi. Murabbiylar har xil bo'ladi. Har kimning o'z taktikasi bor. “Navbahor”da qolaman desam qolib ishimni davom ettiraverardim. Lekin sharoit yaxshi bo'lmasa o'zim istagan o'yinni yarata olmayman. Lekin hozirgi ishimdan mamnunman. “Paxtakor”da ishlab murabbiy sifatida yana o'rganishda davom etyapman.

- Bu yilgi intriga haqida nima degan bo'lardingiz?
- CHempionlik uchun kurash qizimoqda. “Paxtakor” har doim o'z oldiga chempionlik vazifasini qo'ygan. Menimcha “Paxtakor”, “Lokomotiv” va “Nasaf”da imkoniyat ko'proq bo'lsa kerak. Menga shu jamoalarning o'yinlari yoqyapti. “Bunyodkor”da esa yo'qotishlar o'kp bo'ldi. Xatto “Olmaliq”ni ulardan kuchliroq deb hisoblayman.

FIRDAVSXON suhbatlashdi.
Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика