Nodir Eliboev: "Terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishim? Buni faqat mish-mish deyish mumkin"
25 jan 2025 07:55
Yangiliklar
Nodir Eliboev: "Terma jamoa bosh murabbiyi bo'lishim? Buni faqat mish-mish deyish mumkin"
Kecha futzal bo'yicha O'zbekiston chempionatining g'olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.
BMB jamoasi ketma-ket uchinchi yil chempionlikni qo'lga kiritdi. Kechagi tantanali marosimdan so'ng jamoa ustozi Nodir Eliboevning fikrlari bilan qiziqdik.
"CHempionlik albatta yoqimli. Bu mehnatlarimizning samarasi. "Nasaf" bilan o'yindan oldin yigitlarga hech narsa deganim yo'q va ortiqcha gap ham shart emasdi. Mavsumning oxirgi o'yini, yigitlar nima qilishni yaxshi bilardi. Mavsumni ochko yo'qotmasdan o'tkazdik, bu yaxshi albatta.
CHempionatning qisqa o'tgani balki yaxshilikka xizmat qilgandir. Oxirgi turlar ancha qiziq o'tdi. "Bunyodkor" sensaciya qayd etdi.
Terma jamoaga bosh murabbiy bo'lishim? Bu shunchaki mish-mish",- deydi Nodir Eliboev.
O’xshash yangiliklar
championat.asia
АПЛ. "Манчестер Сити" камбэк орқали "Энфилд"да "Ливерпул"ни мағлуб этди, Ҳусанов 61-дақиқада тўқнашувдан сўнг алмаштирилди
Элит ОЧЛ. "Насаф" турнирдаги дастлабки очкосини қўлга киритди
Роналду "Ал-Насср" раҳбариятига ультиматум қўйди: ёзда ўзгариш бўлмаса, у клубни тарк этади
"Реал" Родрининг "Манчестер Сити" билан шартнома узайтиришини барбод қилмоқчи
Fikrlar