So’nggi yangiliklar

19:03"Реал" ҳимоячиси яна жароҳат олди ва "Манчестер Сити"га қарши жавоб ўйинини ўтказиб юборади  0 18:35Дембеленинг агенти "Манчестер Сити" билан музокаралар ўтказди  0 18:07Роналду Португалия бош мураббийлигига ўзига яхши таниш номзодни таклиф қилди  5 17:40Ўзбекистон Суперкубоги баҳсини Тўхтасинов бошқаради  8 17:15Гвардиола — АПЛда февраль ойининг энг яхши мураббийи  0 16:48"Манчестер Сити" футболчиси АПЛда ойнинг энг яхши футболчиси деб топилди  0 16:25Манба: "Челси" жамоа сардори билан шартномани узайтирди  0 15:57Ямаль машғулотни ўтказиб юборди. Ташвишланишга сабаб борми?  0 15:32"Эскиларнинг бир гапи бор: менга ўртадаги ўйинчиларни айт, мен сенга жамоанг қандайлигини айтаман". Вадим Абрамов "Динамо" легионерларидан норози  1 15:04Давид Вилья "Атлетико"га қайтди  6 14:37ОКМК "Сўғдиёна" билан жанговар дуранг қайд этган ўйиндан ГАЛЕРЕЯ  0 14:16Иван Бошкович "Миркович — яхши дарвозабон" деб айтди. Ҳақиқатан ҳам шундайми?  3 13:52Ўйин тақдирини ҳал қилган "маэстро", марказий учрашувда ғалабани тантана қилган мураббий — Суперлигада 3-тур лауреатлари  7 13:30Жгереная, Жигаури, Искандеров, Ҳожимирзаев, Дориев... Суперлига 3-тур рамзий терма жамоаси  1 13:09Ғолиб номи аниқланмаган "Динамо" – "Насаф" баҳсидан ГАЛЕРЕЯ  0

"Dinamo" Kingsli Sarfo bo'yicha bayonot berdi Yangiliklar

"Dinamo" Kingsli Sarfo bo'yicha bayonot berdi

Shaxs shani, qadr-qimmati va klub imiji masalasi – "Dinamo"ning Kingsli Sarfo bo'yicha rasmiy bayonoti elon qilindi.

"Ijtimoiy tarmoqlarda "Dinamo" PFK futbolchisiga aylangan ganalik Kingsli Sarfo haqida turli mish-mishlar tarqatildi. Klub bu borada rasmiy munosabat bildirib, quyidagilarni malum qiladi:

Klub ganalik 30 yoshli legioner Kingsli Sarfo bilan yanvar oyida bir yillik shartnoma imzoladi. Aksariyat manbalarning "Dinamo" ganalik yarim himoyachini «sotib olgani, transfer qilgani» haqidagi gaplar asossiz. U jamoa safiga erkin agent sifatida kelib qo'shildi.

"Dinamo" PFK futbolchi bilan shartnoma imzolashdan avval uning sport karerasidagi faoliyati bilan tanishib, Sarfoning maydondagi harakatlarini tahlil qilib o'rgangan, jamoa o'yinini kuchaytirishi borasida xulosaga kelgach, so'ng shartnoma imzoladi. Klub uning qariyb 10 yil avvalgi o'tmishidan xabardor bo'lmagan. 

Futbolchining tasdiqlashicha, bundan 9 yil avval – 2017 yil Shveciyadagi faoliyati davomida o'zi tanishgan qiz bilan yaqin munosabatda bo'lgach, Shveciya qonunchiligiga ko'ra, o'shanda qiz voyaga etgan deb hisoblanishiga yana bir yildan kamroq vaqt bo'lgan. Shu bois afrikalik futbolchining o'zaro rozilik asosidagi yaqinlashuvi Shveciyada omma etiboriga tushib, mamlakat qonunchiligiga ko'ra jinsiy zo'ravonlik sifatida malakalangan. Sud ishida Sarfo qizning voyaga etmaganidan xabari bo'lmaganini isbotlagach, u 32 oyga qamoq jazosi va jarimaga tortilgan, yakunda 1 yil-u, 10 oyda ozodlikka chiqarilgan. Yani, u qilmishi uchun jazoni o'tagan. Shundan keyin u o'tgan 6 yil davomida Evropadagi faoliyati davomida "Olimpiakos", APOEL klublari safida muvaffaqiyatli faoliyat yuritdi, mamlakat chempioni bo'ldi, Evropa Chempionlar ligasi va evrokubok bahslarida maydonga tushgan. Kingsli hozirgacha o'z mamlakati Ganada xayriya ishlarida faollik ko'rsatmoqda. Sarfo bilan shartnoma imzolanganidan qariyb uch hafta o'tib, bu xabarlar ketma-ket tarqatilgani nega yoki kimga kerak bo'lgani sababi klub uchun mavhum", – deyiladi bayonotda.

Reyting: +8   

Fikrlar

+1   
12 fev 12:53:51
Азик Asian
Шунчаки футбол клубни рухий синдириш учун махсус битилган ашъор чала савод муаллиф томонидан. Бу энди Тарих экан ва Узбекистонга мутлако алокаси йук. Аммо ашъор битган аллома мард булса мана езсин енгинасида бува уз набирасини зурлаганини,у хам 15 ешли кизча эканку. Гапирсанг гап куп бу чаласаводлар миллат рухи бн енса куйиб пишса уша чолни айбини езсин эди. Эээээ буларни .....
+1   
12 fev 11:37:50
Farhod Uktamovich
Битта чала савод стулчага утириб макола чикаради, колган калта фахм чала блогерлар капировать килишади, килган номаъкулчилиги учун жазоланган булса ( умуман огир жиноят килган, окламокчи эмасман, ) булди бир марта маълумот учун макола чикарилди, нима кераги бор яна ковлаб. Бу футболистларга хам клубга хам салбий таъсир килиши мумкин. Узр мабодо нотугри фикр билдирган булсам
+1   
12 fev 11:32:15
shohrukh pulatov
Akbar Umarov foydalanuvchining fikriga javob berish
Xa endi Samrqandlik foxisha qizlar butun dunyoda o'z nomlariga ega bo'lganlaridek nima qilibdi pedofil Futbolchi bilan shartnoma tuzsalar. Epshteyni ilintirgan Sarfo nima bo'libdiya
Oʻylab gapir gapingni Samarqandlik qizlarga til tekkizma , hamma joyda bor buzuqlar, bitta ikkita bilan hammasi o'shanaqa boʻlavermaydi
championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика