So’nggi yangiliklar

17:00ЖЧ-2026га саволлар пайдо бўлмоқда. Уларга мусобақа стартигача жавоб топиш шарт   0 16:45Йоахим Лёв унга терма жамоадан таклиф бўлганини тасдиқлади  12 16:32Расман: "Сурхон" ҳужумчисини ижарага берди ва маҳоратли ярим ҳимоячиси билан хайрлашди  0 16:20"Навбаҳор"ни икки футболчи тарк этди  3 16:03Ўзбекистон терма жамоаси етакчиларидан яна бири Эронга йўл олмоқда  9 15:49Нега Эрон клублари ёппасига ўзбекистонлик футболчиларни олмоқда? Ҳамма гап ФИФА берадиган пулдами?  4 15:2715 йилдан бери "Реал" шарафини ҳимоя қилган клуб тарбияланувчиси жамоани тарк этади  5 15:01"Лейпциг" 20 млн. еврога 18 ёшли вингер сотиб олди  0 14:31МЮ 2025/26 мавсум учун сафар формасини намойиш этди  0 14:00Мадуэке - "Арсенал" футболчиси  0 13:40Эронлик журналист: Эрон терма жамоаси CAFA мусобақасида легионерларсиз иштирок этади  7 13:32Равшан Ҳайдаров: "Мираброр Усмонов хотира турнири орқали ҳозирги кучимиз ва даражамизни синаб оламиз"  2 13:30"Чуқурроқ кавласанг, бизнинг футболда кўпчиликни қамаш мумкин"  3 12:59ЖЧ-2026 саралаши. Эртага Тимур Кападзе 4-босқичга қуръа ташлайди  16 12:45"Ливерпуль" Исак трансфери амалга ошмаса, 5 нафар номзодларни кўриб чиқмоқда  4

Nodir Eliboev: Osiyo chempionatiga chiqish vazifani uddaladik Yangiliklar

Nodir Eliboev: Osiyo chempionatiga chiqish vazifani uddaladik

Teglar :  Nodir EliboevFutzal
Futzal bo'yicha O'zbekiston terma jamoasi Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqasidan Osiyo chempionatiga saralash bosqichi “A” guruhi 2-turida Turkmaniston bilan kuch sinashib, 4:2 hisobida zafar quchdi.

Uchrashuvdan so'ng terma jamoa bosh murabbiyi assistenti, terma jamoaning sobiq azosi Nodir Eliboev O'FF matbuot xizmati bilan suhbatda o'yin haqidagi fikrlari, qo'lga kiritilgan OCH yo'llanmasi va bo'lajak bellashuv haqida o'z fikrlarini bildirib o'tdi.

“Turkmaniston terma jamoasi dastlabki daqiqalardan faollik ko'rsatib, ko'plab vaziyatlarga ega bo'ldi. Yigitlarimiz esa aksincha o'yinni juda sust boshlashdi. Baxtimizga Rustam Umarov bir necha vaziyatlarda o'z mahoratini ko'rsatib, jamoamizni muqarrar gollardan saqladi. Ikkinchi bo'lim umuman boshqacha ko'rinish oldi. Ustunlik biz tomonga o'tdi va raqibga erkin o'ynash uchun imkoniyat bermadik.

O'tkazib yuborilgan gollarga kelsak, birinchi golni 10 metrlik nuqtadan, ikkinchisini esa raqib o'ynovchi darvozabonni tushirganidan keyin qo'yib yubordik. Uchrashuvning yakuniy natijasi va yigitlarning o'yinidan ko'nglimiz to'ldi. Oldimizga Osiyo chempionatiga chiqish vazifasi qo'yilgandi va biz buni uddaladik. Qirg'izistonga qarshi o'yin bugungisidan osonroq kechadi deb o'ylayman. Umid qilamanki, so'nggi bellashuvda ham g'alaba qozonamiz”, – dedi Nodir Eliboev.

Terma jamoa bosh murabbiyi yordamchisi tarkibdagi xato va kamchiliklar haqidagi savolga javob berar ekan, ularning barchasi o'yindan-o'yinga bartaraf qilinayotganini bildirdi.

“Albatta, kamchilik va xatolar, o'yinchilarga etirozlar bo'ladi. Ammo bularning barchasini o'yindan-o'yinga bartaraf qilib borayotganimiz kishini xursand qiladi. Ish bo'layotgan har qanday joyda kamchilik va xatolar uchrab turadi”, – deya o'z fikriga yakun yasadi Nodir Eliboev.  

Eslatib o'tamiz, saralash bosqichi “A” guruhi so'nggi turida O'zbekiston terma jamoasi Qirg'iziston futzalchilariga qarshi maydonga chiqadi. Uchrashuv Toshkent vaqti bilan 15:30 da boshlanadi.


Reyting: +3   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика