So’nggi yangiliklar

00:34"Вильярреал" - "Атлетико"  0 00:24"Лестер" - "Тоттенхэм"  0 23:45Луи Саа: "Роналду МЮга қайтиши мумкин"  4 23:29"Ювентус" - "Комо". Кимлар асосий таркибда?  1 23:10"Челси" 24 ёшли португалиялик трансферини ҳал қилди  3 22:41"Навбаҳор" - "Бунёдкор" учрашуви охирида қўйилган пенальтида ҳакам тўғри қарор қабул қилдими?  20 22:30"Челси" чақириб олган Галлахер яна Мадридга учяпти. Трансфер амалга ошадими?  0 22:08Россия. Ашурматов ва Раҳмоналиев жамоаси Эсанов клубини таслим қилди, аммо...  1 21:59Аргентина терма жамоасининг асосий юлдузи қайдномага киритилмади  2 21:36Суперлига. "Навбаҳор" сўнгги сонияларда мағлубиятдан қутулиб қолди, "Бунёдкор" 20 дақиқа бир киши кам ўйнади  204 20:44Гвардиола Гюндоган ва "Барселона"га ёрдам бермоқчи  3 20:25Мората ажрашяпти. Альваро хиёнат қилдими?  4 19:49Анри Франция ёшлар терма жамоаси билан шартномасини бекор қилди  0 19:212 карра Ўзбекистон чемпиони Боян Миладинович Сербия жамоаси мураббийига айланди  5 18:58FourFourTwo АПЛ тарихидаги энг кучли ҳимоячилар рўйхатини эълон қилди. Видич кучли бешликда йўқ  6

Nodir Eliboev: Kolumbiya termasi – etakchi, lekin bizni ham safdan chiqarmang Yangiliklar

Nodir Eliboev: Kolumbiya termasi – etakchi, lekin bizni ham safdan chiqarmang

Teglar :  Nodir Eliboev
SHu kunlarda futzal bo'yicha O'zbekiston milliy terma jamoasi Toshkentda o'quv-mashg'ulot yig'inini tashkil etmoqda.

Yig'in yakunida Tojikiston termasiga qarshi o'rtoqlik o'yinlari ham o'tkaziladi. Ushbu yig'in va nazorat bahslari bevosita shu yilning sentyabr oyida Kolumbiyada bo'lib o'tadigan jahon chempionatiga tayyorgarlik vazifasini o'tab beradi. Malumki, termamiz qura natijasiga ko'ra, Panama, Portugaliya va mezbonlar bilan bir guruhdan joy olishgan. JCH final bosqichida ilk marotaba ishtirok etadigan futzalchilarimiz yilning eng nufuzli musobaqasiga jiddiy hozirlik ko'rishyapti. Biz navbatdagi mashg'ulotlardan so'ng etakchi futzalchilarimizdan biri Nodir Eliboevdan intervyu oldik.

- 27 iyundan beri O'zbekiston sport majmuasida kuniga ikki mahaldan shug'ullanyapmiz, - deya so'z boshladi tajribali futzalchi. - Jahon chempionatida ilk marotaba ishtirok etamiz. Albatta, o'ziga yarasha hayajon bo'ladi, lekin ayni payt biz bu haqda o'ylayotganimiz yo'q.

- Terma jamoamizning guruhdagi raqiblari malum. Uchinchi o'rin ham bizni guruhdan olib chiqishi mumkin ekan. SHaxsan siz imkoniyatlarimizni qanday baholaysiz?


- Oldimizga qo'yilgan maqsad - guruhdan chiqish. Ilk marotaba qatnashyapmiz, muhimi - ishtirok, degan fikrdan yiroqmiz. Menimcha, guruhdagi birinchi o'yinimiz ko'p narsaga oydinlik kiritadi. Mundialdagi ishtirokimizni Panama termasiga qarshi o'yin bilan boshlaymiz. Murabbiylarimiz bu jamoa haqida imkon qadar ko'proq malumot topishga harakat qilishyapti. Portugaliya va Kolumbiya termalariga esa ortiqcha tarif berish shart emas. Har ikki jamoa juda kuchli. Ayniqsa, kolumbiyaliklar so'nggi jahon chempionatida kuchli uchlikdan joy olishgan. Qolaversa, ularning mundial mezboni ekanliklarini ham unutmaslik darkor. O'z muxlislari ko'z o'ngida o'ynaydigan jamoa ikki hissa kuchli bo'ladi. Axir, O'z uying-da devorlar ham yordam beradi, deb bejiz aytishmagan. SHaxsiy fikrim, guruhimiz favoriti - Kolumbiya. Portugallar tarkibida o'tgan mavsum yakunlariga ko'ra, dunyoning eng yaxshi futzalchisi, deb topilgan Rikardino to'p suradi. Ko'pchilik bu o'yinchini videoroliklari orqali yaxshi tanishadi. O'ylaymanki, kuchli jamoalarga munosib raqobat tug'dirishning iloji bor. Murabbiylarimiz ularga qarshi qanday uslub va taktika asosida o'ynash kerakligini tushuntirishadi. Nasib qilsa, oldimizga qo'yilgan vazifani bajaramiz.


- Jahon chempionatida ishtirok etayotgan jamoa birinchi galda hayajonni enga olishi kerak. Aynan hayajon, odatda, birinchi to'siq sifatida baholanadi. Siz shu fikrga qo'shilasizmi?

- Jahon chempionatida ilk bor qatnashadimi yoki uchinchi marotabami, menimcha, bu ahamiyatsiz. Har qanday rasmiy maqomdagi o'yinda hayajon bo'lishi tabiiy. Faqatgina og'aynilaringiz bilan yig'ilib, futzal o'ynaganingizda shunday holat ro'y bermasligi mumkin.

- Terma jamoadagi do'stlaringizdan biri Rikardinoga qarshi kechadigan o'yinni sabrsizlik bilan kutayotganini aytdi. Sizda ham shunday istak bormi?


- Albatta. Bunday kuchli, dunyo tan olgan futzalchiga qarshi to'p surish har bir o'yinchining orzusi bo'lsa kerak. Ular qatorida men ham bu uchrashuvni intizorlik bilan kutyapman. Rikardinoning kuchli va zaif tomonlarini o'rganib chiqib, o'yin payti uni zararsizlantirishga harakat qilamiz.

- Keling, shu o'rinda futzaldagi ilk qadamlaringizni ham eslaylik. Nima uchun aynan shu sport turini tanlagansiz?


- Futzalga tasodifan kirib kelganman. Taqdirimga futzalchi bo'lish yozilganidan xursandman. 2005 yili Stroitel-Zarafshon murabbiyi Aleksandr Korolyov futzalda kuchimni sinab ko'rishim mumkinligini aytib, jamoaga taklif qilganlaridan so'ng, onamning duolarini olib, faoliyatimni boshlaganman. Qarorimdan aslo afsuslanmayman. Bir necha bor O'zbekiston chempioni, mamlakat kubogi sohibi bo'ldim. Osiyo chempionatlari sovrindoriga aylandim. Termamiz bilan birga jahon chempionati yo'llanmasini qo'lga kiritdik.

- Bugungi kunda Ardus jamoasi sharafini himoya qilyapsiz. Termaga nomzod ayrim futzalchilar klublarini o'zgartirishdi. Sizda ham shunday niyat bormi?


- Ha, bundan xabardorman. Ikki jamoadoshim Olmaliqqa ijaraga berildi. Bilasiz, tez orada bu jamoa klublar o'rtasidagi Osiyo chempionatida yurtimiz sharafini himoya qiladi. Fursatdan foydalanib, olmaliqliklarga ushbu nufuzli turnirda omad yor bo'lishini tilayman. Artur Yunusov esa faoliyatini Vetnamda davom ettiryapti. Ardusda o'tgan mavsumni oxirigacha etkazish nasib qilmadi. Eng muhim pallalarda jamoadoshlarimga yordam berolmadim. Sog'lig'im bilan bog'liq muammo tug'ildi.

- Ardusga chinakamiga omad etishmadi. CHempionatning hal qiluvchi o'yinida mag'lubiyatga uchradinglar. Bu nima bilan bog'liq?


- Balki, charchoq alomatlari tasir o'tkazgandir. To'g'ri, ilk uchrashuvda katta tashabbusga ega bo'lgan holda g'alaba qozondik. Afsuski, keyingi ikki bahsda mag'lubiyatga uchrab, chempionlikni boy berdik. Nima ham derdik, har bir uchrashuvda g'alaba qozonish imkonsiz. Olmaliqning mag'lubiyatdan to'g'ri xulosa chiqargani jamoaga qo'l keldi. Asosiysi, uchta o'yindan iborat final uchrashuvlari muxlislarga manzur bo'ldi.

- SHu yilning fevral oyi Toshkentda bo'lib o'tgan Osiyo chempionati finalini esga olsak. Aynan mana shu musobaqada faoliyatingizdagi eng katta yutuqqa erishdingiz. Osiyo chempionatining kumush medali siz uchun qanchalik qadrli?


- SHaxsiy kollekciyamda ko'plab medallarim bor. Lekin Osiyo chempionati kumushi alohida ahamiyat kasb etadi. Axir u bizga jahon chempionati yo'llanmasini taqdim etdi. Finalda forslar bilan tengma-teng o'yin namoyish etdik. Bu jamoaga ortiqcha tarif berish shart emas. O'shanda ko'pchilik Asosiy vazifa bajarildi, Eron termasi baribir, juda kuchli va yutqazsak ham hech narsa qilmaydi, degan fikrlarni ilgari surdi. O'ylashimcha, biz bundan ham yuqoriroq natija qayd etsak bo'lardi, zero yigitlarimizning nimalarga qodir ekanliklaridan yaxshi xabardorman. Ko'p yillardan beri birgalikda o'ynab kelyapmiz. Eronga qarshi kechgan uchrashuvni yomon boshlamagandik, hisobni ham ochdik. Keyinchalik bir nechta xavfli vaziyatlar sodir etdik. Lekin o'tkazib yuborilgan gollar chog'ida ozgina etiborsizlikka yo'l qo'ydik, deb o'ylayman. Uchrashuvdan oldin barchamiz maydonga faqat g'alaba ilinjida tushgandik. Muxlislar ko'rishdi, menimcha, yomon o'ynamadik. Faqat hal qiluvchi pallalarda biroz omad etishmadi.


- Har kimning asosiy kasbidan tashqari xobbisi ham bo'ladi. Xo'sh, Nodir Eliboevning qiziqishlari nimalardan iborat?

- Bo'sh vaqt tug'ilsa, baliq oviga boramiz. Terma jamoadagi do'stim Javlon Anorov avval Jamoliddin SHaripovni, so'ngra meni bu mashg'ulotga qiziqtirib qo'ydi.

- O'zaro kim ko'p baliq tutish bo'yicha musobaqalashib turasizlarmi?


- Bu borada Javlonga etadigani yo'q. Jamoliddin ikkimiz esa ko'pincha uxlab qolamiz. Anorov esa juda sabrli, yarim tungacha baliq ovlayveradi. Kunduzi biroz uxlab olgach, kechqurun erinmay sevimli mashg'ulotini ettiraveradi.

- Siz ovlagan eng ulkan baliqning vazni qancha?


- Taxminan 6 kg. atrofida bo'lgan. Do'stlarimiz orasida esa eng katta baliqni Javlon tutgan: uning vazni naq 11 kg. edi.

Reyting: +4   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика