Nodir Eliboev: "Bizning muxlislar eng zo'ri!"
21 fev 2016 21:44
Yangiliklar


Nodir Eliboev: "Bizning muxlislar eng zo'ri!"
"O'yinga g'alaba uchun chiqqandik. CHunki, oldimizda Osiyo CHempionligi turgandi. Eron kuchli jamoa ekanligiga qaramasdan oldimizda faqat g'alaba qozonish vazifasi turgandi. Oltin medallarni ko'zlagandik. Ikkita xato oqibatida gollar qo'yib yubordik. Keyin butun o'yin davomida hisobni tenglashtirishga harakat qildik. Eronni chempionlik bilan tabriklayman.
Muxlislar? Bu borada tarif bera olmayman. Buning uchun siz o'zingiz maydonga tushib o'ynashingiz lozim. O'shanda buning nima ekanligini tushunasiz. Bu unutib bo'lmaydigan lahzalar. Futbolchilarning barchasi menimcha faqat ular uchun o'ynashadi. Ular bizga katta kuch bag'ishladi. Ularga kattadan katta rahmat. Bizning muxlislarimiz dunyodagi eng yaxshilari", - deydi Nodir Eliboev.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar