So’nggi yangiliklar

14:07"Манчестер Сити" етакчиларидан бирига янги шартнома таклиф қилади  0 13:38Неймар футбол тарихидаги энг яхши ярим ҳимоячи кимлигини айтди  0 13:09"Ньюкасл" бош мураббийи Исак билан боғлиқ ҳолатга изоҳ берди  0 12:41"Милан" Яшари трансферини ҳал қилди  0 12:13"Нефтчи" футболчисини четлатиш, "Сурхон" дарвозасига эса пенальти белгилаш керак эди – 16-турдаги ҳакамлик фаолияти таҳлили  1 11:45ЦСКА Файзуллаев учун тўлиқ тўловни кутмоқда  1 11:14Россия ЖЧ иштирокчиси Иордания терма жамоасига қарши ўртоқлик учрашуви ўтказади  9 10:40Саудия жамоалари МЮ тарбияланчисига 80 миллион евро тўлашга тайёр  2 10:03"Интер" тўпурар ҳужумчи билан шартнома имзолашга яқин  0 09:30Луис Диаснинг "Бавария"га ўтганидан сўнг ойлиги 4 бараварга ошди  6 08:57"Манчестер Сити" асосий ҳимоячиси билан шартномани узайтиради  1 08:35Европанинг машҳур клуби Неймар билан шартнома имзоламоқчи  3 08:03Аутсайдерлар баҳсида "Сантос" ғалаба қозонди. Неймардан дубль  1 07:34Суперлига. Бугун Тошкентда ажойиб учрашув бўлиб ўтади  16 00:46Кушанашвили Валерий Карпиннинг ўзини тутиши ҳақида: "Бу мачо ўйини, у доимо журналистларга қўполлик қилади, ўзини ҳаммадан зукко деб ҳисоблайди"  0

Nodir Eliboev: "Bishkekdagi saralashga eng optimal holatdagi tarkib bilan boramiz" Yangiliklar

Nodir Eliboev: "Bishkekdagi saralashga eng optimal holatdagi tarkib bilan boramiz"

O'zbekiston futzal terma jamoasi bugun Qirg'iz Respublikasiga qarshi ikkinchi o'rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi (2:1).

O'yindan so'ng terma jamoamizning yordamchi murabbiyi Nodir Eliboev fikrlarini bildirdi. 


"Qirg'iziston bilan o'yin saralash bahslaridan oldin ayni muddao bo'ldi, deb o'ylayman. CHunki guruhimizda Tojikiston, Nepal, Afg'oniston o'rin olgan. Yigitlar hali optimal formada emas. Bu ikki o'yinda turli taktikalarni sinovdan o'tkazdik. Ayrim yosh futzalchilar tekshirib olindi. SHunga qaramay ko'nglimiz to'ldi", - deydi Nodir Eliboev.


- Bugungi bellashuvda birinchi va ikkinchi bo'lim oxirlarida ustunlik raqib tomoniga o'tdi. Umuman olganda ularning o'yiniga moslashib qolgandek ko'rindi...

- Bunday demagan bo'lardim. Raqibimiz oldinga o'tishi, biz esa o'yinni nazorat qilishimiz kerak edi. Yarim maydonda xotirjam harakat qildik. Darvozabon o'z ishini yaxshi bajardi. 

- Agar Rustam Umarovning seyvlari bo'lmaganida, balki gol o'tkazishimiz mumkin edi. Bu borada fikringiz qanday?

- Kerakligi ikkinchi bo'limda himoyamizni ko'rib oldik. O'yinni 5 daqiqasini mudofaada o'tkazib qarshi hujumimizni tekshirdik. Barchasi rejadagidek. 

- Saralash bosqichi mezboni Bishkekda ham o'rtoqlik uchrashuvi o'tkazilishi ko'zda tutilganmi?

- 3,4 sanalarda o'rtoqlik o'yinida ishtirok etishimiz kerak edi. Ammo malum sabablarga ko'ra amalga oshmay qoldi. Turkmaniston terma jamoasini mamlakatdan chiqarishmadi. SHu bois to'g'ri saralashga yo'l olamiz. 

- Ko'nglingiz to'lmayotgan jihatlar bormi?

- Jalb qilingan yangi futzalchilarga kamidi bir yoki ikki yil vaqt berishimiz kerak. Hech kim birdaniga o'ynab ketgani yo'q. Yoshlarimiz bor. "Dinamo" jamoasiga katta rahmat aytaman. Dilshod aka ko'p o'yinchilarni etishtirib beryaptilar. Bu bizning yutug'imiz. Ravshan Eliboev 4 aprel kuni safimizga qo'shiladi. Abbos Elmurodov, Rustam Umarov kabi posbonlarimiz shay. Oldinda yig'inlarimiz yana bo'ladi. Eng kerakli va optimal holatdagi tarkib bilan musobaqaga boramiz.


Reyting: +1   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика