So’nggi yangiliklar

03:03Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди  18 03:00А Серия. "Аталанта" ўз уйида "Рома"ни мағлуб этди  0 02:11Саудия Арабистони Про лигаси. "Ал Иттиҳод" ўз майдонида рақобатчисини мағлуб этди  0 00:26АПЛ. "Арсенал" 5 та гол урилган ўйинда меҳмонда "Борнмут"ни мағлуб этди, Райсдан дубль!  11 23:59А Серия. "Ювентус" ўз майдонида "Лечче"ни мағлуб этолмади  4 23:35Ўзбекистон ва Озарбайжон чемпионлари Анталияда ўзаро ўйнашади  2 23:17БАА чемпионати. "Ал Батаэҳ" ўз майдонида "Дибба"га мағлуб бўлди, ўзбекистонлик икки ўйинчи баҳсда тўлиқ ҳаракат қилди  2 22:30"Астон Вилла" кетма-кет 11 уй ўйинида ғалабага эришди  6 22:12АПЛ. "Вулверхэмптон" мавсумдаги илк ғалабасини қўлга киритди  3 21:49"Қизилқум" 4 футболчиси билан хайрлашди  0 21:25Фарьоли "Челси"га бормаслигини айтди  2 21:02"L’Equipe" йил рамзий термасини эълон қилди  1 20:46"Пахтакор"нинг Туркиядаги илк йиғинидаги рақиблари маълум қилинди  0 20:23"Астон Вилла" "Манчестер Сити" футболчисини сотиб олмоқчи  0 20:04"Навбаҳор"ни 9 футболчи тарк этди  10

Nizom Nortojievni xotirlab... Yangiliklar

Nizom Nortojievni xotirlab...

Teglar :  Nizom Nortojiev
O'tgan hafta o'zbek futboli yana bir og'ir judolikka uchradi.

1970-80 yillarda “Paxtakor”ning markaziy himoyasidagi o'yinlari orqali muxlislar yoqimtoyiga aylangan Nizom aka Nortojiev 60 yoshida bu yorug' olamni tark etdi. 


Nizom Nortojiev haqida

Nizom Nortojiev “Paxtakor”ga uch marta kelib, har doim jamoaning asosiy o'yinchilaridan biri bo'lgan kam sonli o'yinchilardan hisoblanadi. Taniqli murabbiylar Maruf Akbarov va Viktor Kechinovning (Valeriy Kechinovning dadasi) shogirdi sanalgan Nortojiev “Paxtakor”ga ilk bor 17 yoshida kelib, maydonga tushgan. To'g'ri, jamoaga birinchi tashrifi omadli chiqmagan. Boisi, u vaqtlarda tarkibda yuqori saviyadagi futbolchilar ko'p. 17 yoshli yigitchani tajribali jamoadoshlarini raqobatda yutib chiqishi amri mahol edi. Yakunda shunday ham bo'ldi. Iqtidorli himoyachi ikki mavsumni “Yangier”da o'tkazdi. 1979 yilgi aviahalokatdan keyin Nortojiev ham “Paxtakor”ga yordamga chaqirildi. Jamoa sardori sifatida to'p surgan futbolchi klubga qaytgach, yarim himoyada o'ynash boshladi. Marhum qahramonimiz 1980 yilgi mavsumning dastlabki olti turida raqiblar darvozasini olti marta ishg'ol qilib, nafaqat jamoa, balki oliy liga to'purariga aylandi va bu orqali Moskvada chop etiladigan “Futbol” nashrining etiboriga tushib, nashrda uning surati chop etildi. 1981 yilgi omadsiz mavsumdan keyin Nortojiev deyarli uch mavsum o'ynagani yo'q. 1984 yil uni Yangiyo'l tumaning “Sohibkor” jamoasiga taklif qilishdi. Ikki yil davomida avvalgi formasini tiklab olgan himoyachi 1986 yil uchinchi bor “Paxtakor”ga keldi va uch mavsum Toshkent jamoasi sharafini himoya qilgan. Bosh murabbiy Birodar Abduraimov undan tayanch yarim himoyada foydalandi. 1988 yil “Paxtakor”dan ketgach ikki yil davomida avvalida Andijonning “Spartak”, Jizzaxning “So'g'diyona” klublarida to'p surdi. SHundan so'ng yana “Sohibkor”ga qaytib, o'ynovchi murabbiy sifatida murabbiylik faoliyatini boshladi. Murabbiy bo'lib To'raqo'rg'onning “Baxt”, “G'azalkent”, “Oq-tepa” klublarida faoliyat ko'rsatdi. Bundan tashqari, “Surxon”da Birodar Abduraimovga yordam berdi. Qolaversa, bolalar futbolida ham faoliyat ko'rsatdi. Jumladan, so'nggi yillarda “Lokomotiv” futbol maktabida ishlab kelayotgan edi. 


Nizom Nortojievning “Paxtakor”dagi statistikasi

Yil      Musobaqa     O'yin       Gol 

1972       1-liga             1              - 

1979      Oliy liga      4              - 

1980      Oliy liga      30            6 

1981      Oliy liga16-

1986       1-liga            6              1 

1987       1-liga           41             3 

1988      1-liga            29             1 

Jami                         127            11


Olti o'yinga cho'zilgan to'purarlik

1980 yil. Sobiq Ittifoq chempionati. Oliy liga

1-tur

PAXTAKOR – DINAMO (Moskva) - 1:2 (1:0)

3 aprel. Toshkent. 30000 tomoshabin.

Gollar: Nizom Nortojiev (4) – V.Gazzaev (65), Yakubik (84).


2-tur

PAXTAKOR – ARARAT (Erevan) - 1:0 (0:0)

7 aprel. Toshkent. 27000 tomoshabin. 

Gol: Nizom Nortojiev (61).


3–tur

DINAMO (Minsk) - PAXTAKOR - 1:1 (0:1)

12 aprel. Minsk. 25000 tomoshabin. 

Gollar: Prokopenko (30-penaltidan) – Nizom Nortojiev (65).


5–tur

PAXTAKOR – CSKA (Moskva) – 3:0 (1:0)

22aprel. Toshkent. 30000 tomoshabin. 

Gollar: Nizom Nortojiev (24–penaltidan, 84), Nikiforenko (51).


6–tur

“NEFTCHI” (Boku) – PAXTAKOR – 2:2 (0:1)

2 may. Boku. 10000 tomoshabin

Gollar: Mixaylevskiy (42), Aliev (90) – Nizom Nortojiev (46), Cereteli (59)


Furqatbek Nishonov
Reyting: +8   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика