So’nggi yangiliklar

13:52Нойер: "Бавария" муваффақиятининг сири - интизом"  1 13:36Ўзбекистонлик ҳакамлар футзал бўйича Осиё Кубогининг 2 ўйинига тайинлов олишди  0 12:59Сака "Бавария"га қарши баҳсда: 0 зарба, 0 дриблинг, 0 аниқ кросс  1 12:40Начо: "Реал" чуқур ҳимояланиб, ғалаба қозона олишини кўрсатди. Одатда биз рақибни чидашга мажбур қиламиз"  11 12:05«Реал Мадрид» футболчиси: «Манчестер Сити» биздан кўра яхшироқ футбол ўйнади»  22 11:40«Ювентус» судда ютқазди. Энди Италия жамоаси Криштиану Роналдуга катта миқдорда товон тўлайди  5 11:23Франция вазири Килиан Мбаппенинг ПСЖдан кетиши ҳақидаги хабарларга муносабат билдирди  1 10:53U-23 Осиё кубоги. Ўзбекистонлик ҳакамлар 2-турнинг иккита учрашувида ишлашади  1 10:27Sofascore. Майдонда 20 дақиқа ҳаракат қилган Ғаниев энг яхшиларидан бири бўлди  0 10:02«Реал Мадрид» чемпионлар «қотили». Мадридликлар ЧЛ рекордини ўрнатди  58 09:38Париж сари «юриш» бошланди. Ўзбекистон U-23 — Малайзия U-23 ўртасидаги учрашувдан ГАЛEРEЯ  1 09:10EЧЛ. Ҳафта футболчиси бўлишга номзодлар эълон қилинди  12 08:46Гвардиола: «Ман Сити» бугун ҳар томонлама ажойиб эди»  56 08:20Анчелотти кечаги ғалабадан сўнг нималар деди?  18 07:53EЧЛ. Кечаги учрашувларнинг «Man of the match»лари маълум  15

⚡️ Tadbirkor, supervayzer, haydovchi, cex ishchisi… Mundialga yo'l olayotgan termamiz azolari qaysi kasblarda ishlashadi? Turkiyadagi musobaqa qachon start oladi? JCH tarixi qanday? Kimlar favorit? (batafsil) Yangiliklar

⚡️ Tadbirkor, supervayzer, haydovchi, cex ishchisi… Mundialga yo'l olayotgan termamiz azolari qaysi kasblarda ishlashadi? Turkiyadagi musobaqa qachon start oladi? JCH tarixi qanday? Kimlar favorit? (batafsil)

Xabaringiz bor, O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi Turkiya bo'lib o'tadigan Jahon chempionatida ishtirok etadi.

Umuman, mazkur terma azolariga “nogiron” yoki “amputant” so'zini ishlatishga odam biroz xijolat tortadi, chunki ular hayot qiyinchiliklarini engib o'tgan haqiqiy qahramonlardir.

Termamiz mundialga tayyorgarlikning oxirgi bosqichini O'zbekiston futbol associaciyaga tegishli maydonlarda o'tkazmoqda. Undan oldin esa Buxoroda "Mustaqillik Kubogi" musobaqasida ishtirok etishdi. Unda 1-o'rinni jahon chempionlari "Matonat" jamoasi egalladi, 2-o'rinni "Jizzax NAFK" jamoasi qo'lga kiritgan bo'lsa, kuchli uchlikdan Toshkent shahrining "Baynalminal" jamoasi joy oldi.

Futbolchilarimizning tayyorgarlik jarayoni bilan tanishish hamda fikrlarini bilish maqsadida ular bilan suhbat o'tkazdik. Saytimiz orqali ham besh karra jahon chempioni Abdujamil SHukurov, ECHL g'olibligini qo'lga kiritgan Qudrat Xudoyqulov hamda Qudrat To'raxo'jaev haqida malumotlar ulashdik.

Dastavval, musobaqaga to'xtalsak. Turnirga 1984 yil asos solingan. Toshkent 2 marta musobaqaga mezbonlik qilgan - 1991 hamda 2003 yillarda. Termamiz 1990. 1991, 2007, 2010, 2012 yillardagi mundiallarda g'oliblikni qo'lga kiritgan.

2007 yildan boshlab, musobaqa xalqaro standart asosida o'tkazila boshlandi – maydon o'lchami 60 ga 40, o'yinchilar soni esa 7 ga 7. Ungacha esa 6 ga 6 va 11 ga 11 ko'rinishida katta maydonda o'ynalardi. Vakillarimiz malum sabablarga ko'ra, 2005 (Braziliya chemp.) hamda 2018 (Angola) yilgi mundiallarni o'tkazib yuborgan.

SHuningdek, hamyurtlarimiz bir bor kumush hamda 2 bor bronza medallarini qo'lga kiritishgan. Amaldagi chempion esa Angola terma jamoasi hisoblanadi.

JCH-2022'ga etibor ancha yuqori

Bu yilgi mundial oldingilarida ancha farq qiladi. Tarixda ilk bor terma jamoalar saralash cikli orqali guruh bosqichiga yo'l oldi. Uchrashuvlar suniy maydonda emas, haqiqiy chimli stadionlarda o'tkaziladi. Yarim final hamda hal qiluvchi bahs “Galatasaroy” hamda “Beshiktosh”ning asosiy maydonida o'tishi rejalashtirilgan. Musobaqa 1 oktyabrda start oladi va 9 oktyabrgacha davom etadi.

O'zbekiston TJning guruhi va o'yinlar sanasi

Terma jamoa murabbiylari va futbolchilarining fikriga ko'ra, O'zbekiston “o'lim guruhi”dan joy olgan. Ispaniya o'tgan yilgi Evropa chempionatida ikkinchi bo'lgan, Polsha esa bronza medaliga ega chiqqan.

Birinchi tur

1 oktyabr

10:00 (Tosh. vaqti), Polsha – O'zbekiston

Ikkinchi tur

2 oktyabr

11:00, Ispaniya – O'zbekiston

Uchinchi tur

3 oktyabr

09:00, O'zbekiston – Tanzaniya

Malumot o'rnida, Polsha terma jamoasining mashg'ulotlariga “Barselona” yulduzi Robert Levandovski ham kelib, ular bilan birga tayyorgarlik ko'rar ekan.

Terma jamoamiz azolarining boshqa kasblari haqida

Nizom Mamasoliev, himoyachi

Supermarketda supervayzer lavozimida ishlaydi

“Jizzaxdagi Supermarketda supervayzer lavozimida ishlayman. Xozir to'g'ri u erdan mashg'ulot o'tkazish uchun Toshkentga keldim. Terma jamoaga 2016 yil kelganman va bu yilgi mundial men uchun birinchisi bo'ladi. 2017 yil Sochidagi xalqaro musobaqada ishtirok etdim. Undan keyin esa oilaviy muammolar tufayli orada biroz tanaffus yuzaga keldi. Futbolga qaytganimga esa 2 yil bo'ldi.

Statistikaga qarasak, Ispaniya, Polsha va Tanzaniya bilan oldin to'qnash kelmaganmiz. Ispaniya hamda Polsha o'tgan Evropa chempionatida ikkinchi, uchinchi o'rinlarni egallashdi. Xudo xohlasa, guruhdan birinchi o'rin bilan chiqamiz.

Abdujamil SHukurov asosiy murabbiyimiz hisoblanadi. Ammo mundialda o'ynovchi murabbiyga taqiq bo'lgani va u maydonga tushayotgani uchun hozirda Nogironlar futbolini rivojlantirish markazi rahbari Rustam Mehmonov bizga ustozlik qilmoqda. Rustam aka bizni mundialga bosh murabbiy sifatida boshlab boradi. Abdujamil aka – texnikasi kuchli ustozimiz. Maydonda bizga ham amaliy, ham nazariy jihatdan yordam beradi. Taktik ko'rsatmalarni ulashadi. Bor bilimini bizga bag'ishlaydi. Maydon chetida esa Rustam aka ustozlik qiladi. O'zaro kelishuv shunday bo'ldi.

Taktik mashg'ulotlar ustida ishlamoqdamiz. Har bir raqibga 1, 2 kerak bo'lsa 3 ta taktik uslublarni qo'llay olamiz.

2 yil oldin Jizzaxda jamoa tuzgandik va hozirda milliy birinchilikda 2-o'rinda ketmoqdamiz.

Polsha va Turkiya esa futbol ligalarida borasida ancha ilgarilab ketishgan. Ularda 2-3 ta divizion va ko'plab klublari bor. Oxirgi 2 yildan beri CHempionlar Ligasida ham aynan turk klublar g'olib chiqmoqda.

Osiyoda CHempionlar Ligasi tashkil etilishi ko'zda tutilgan, buni vaqt ko'rsatadi. Osiyo sekin-sekin rivojlanib bormoqda, Evropa esa allaqachon bu davrdan o'tib bo'lgan.

2018 yilgi mundialga ham borishga tayyor edik. Tarkibimiz ancha kuchli, favoritlar qatorida bo'lardik. Ammo musobaqa startiga oz qolganda malum sabablarga ko'ra bora olmadik. O'shanda Turkiya finalda penaltilar seriyasida Angolaga imkoniyatni boy bergandi.

24 ta jamoaning barchasi kuchli, ularning o'yinlarini internet tarmoqlari orqali ko'rib chiqib, tahlil qildik. Jamoalar rivojlangan, Argentina, Braziliya va Gaiti ham kuchli. Kim g'olib bo'lishini esa chempionat ko'rsatadi.

Polsha esa mundialga tayyorgarlik jarayonini "facebook" orqali har safar ulashib kelmoqda. Ular 1 oy oldin o'zi uchun ajratilgan bazada mashg'ulot olib bormoqda. Har tomonlama rejim bo'yicha ishlashmoqda. Robert Levandovskining shaxsan o'zi bunga etibor qaratmoqda.

Turkiya haqida ham bazida malumotlarni ko'rib qolamiz. Ularning chempionatini kuzatib, qanday kuchga egaligini bilish mumkin. Evropa chempionatida Ispaniya Turkiyaga yutqazgandi, ularning kamchilik tomonlarini o'rganib, bundan foydalanishga harakat qilamiz.

Yigitlarimizning Turkiyaga borib o'ynayotgani, ular futbolni sevishadi. Kimningdir qo'lidan boshqa ish kelmaydi, misol uchun, o'zim ham futbolning orqasidan pul topganimda, boshqa ish bilan shug'ullanmasdim. Oilamni boqsam, tirikchiligimni qilsam... Futbol o'ynash esa o'zimga yoqadi, ammo bazida bunga mablag' topilmay qoladi. Yigitlarga Turkiyadan takliflar tushadi, ularga gonorar beriladi va u erga borib oylik olishadi. Har bir harakati nazorat ostida bo'ladi. Bu bizda ham asta-sekinlik bilan rivojlanib kelmoqda, jamoalarimizni ro'yxatdan o'tkazmoqdamiz. Mundialdan keyin bu jabhada yana salmoqli ishlar olib boriladi degan umiddaman. O'FA musobaqalarda ishtirok etishimiz, tayyorgarlik jarayonimizga har tomonlama yordam berib boradi.

Klublarimiz Turkiya darajasiga chiqib olsa, ehtimol, xorijlik legionerlarni yurtimizga kelib qolishi mumkin. Ammo hozircha ularda bizning futbolchilarimizga bo'lgan ehtiyoj bor.

Jizzaxda klub ochganman, ammo ishlarim tufayli davlat ro'yxatidan o'tkazishga ulgurmadim. Rustam Mehmonov yaqin Nogironlar futbolini rivojlantirish markazini ochdi, endi ular bilan masalahatlashgan holda bu ishga kirishaman.


Haydarali Tursunboev, yarim himoyachi

Dehqonchilik xo'jaligida faoliyat olib boradi

“7-8 yil davomida Turkiyada faoliyat olib bordim, ammo pandemiyadan keyin u erga qaytmadim. Qishloq hayotini tushunadigan insonlar bo'lsa, yaxshi bilishadi, dehqon xo'jaligi bilan shug'ullanaman. Uyda mol boqib, sotaman. Bu yil faqat dehqonchilik shug'ullana olmadim, boisi, yildan-yilga er pullari narxi ko'tarilib ketmoqda. SHuning hisobiga to'xtab qoldi. Ammo shu dehqonchilik ortidan baraka ko'rganman.

1996 yil futbolga kirib kelganman va 2000 yildan beri o'tkazilgan deyarli barcha musobaqalarda ishtirok etib kelaman. Ketma-ket uch bor jahon chempionligini qo'lga kiritganman, 2014 yilda esa sensacion tarzda musobaqa bilan erta xayrlashgandik.

Ispaniya mazkur toifadagi futbolga kirib kelganiga 6-7 yil bo'ldi. Ularda futbol jadallik bilan rivojlanib ketdi: ham futbol, ham moliyaviy tomondan. Ancha barqaror terma jamoa. Polshada ham futbol rivojlangan. Ular bilan na rasmiy musobaqalarda, na o'rtoqlik o'yinlarida to'qnash kelgandim. Agar 10 yilcha oldin uchrashganimizda, ikka jamoa darvozasiga ham kamida 10 tadan gol ura olardik. Hozir esa bu imkonsiz.

Turkiya chempionatida yaxshi futbolchi bo'lsangiz, klubdan o'zingiz istagan maoshni talab qila olasiz. Oddiyroq o'yinchiga esa klubning o'zi oylik tayinlaydi. O'rtacha 8-10 oy davomida 8,000 dollargacha ishlash mumkin.

CHempionlar Ligasi oldin ochiq turnir bo'lardi va unda “Baynalminal” klubi bilan qatnashganman. Hozir esa musobaqada faqatgina Evropadagi chempionatlarda g'olib bo'lgan jamoalar ishtirok etmoqda.

Bo'lajak jahon chempionatida meni xursand qilgan jihat, tarixda ilk marta 24 ta terma jamoa saralash bosqichida o'tib, guruh bosqichiga yo'l oldi. Bunaqasi oldin bo'lmagandi. Evropaga 8 ta, Osiyoga 5 ta, J.Amerika 5 ta, SH.Amerika 3 ta hamda Afrikaga 3 ta o'rin berilgandi. Turkiya esa musobaqaga professional darajada yondoshmoqda. Tarixda ilk bor turnir “Fenerbahche”, “Beshiktosh”, “Istanbul Bashakshexir”, “Qosimpasha” kabi klublarning yirik stadionlarida bo'lib o'tadi. Ochilish o'yini “Fenerbahche” stadionida boshlanib, yopilish marosimi “Galatasaroy”da o'tishi rejalashtirilgan. SHuncha tomoshabin ko'z oldida o'ynash, bu biz uchun o'ziga xos teatr hisoblanadi. Bundan xursandman, kelajakda mazkur yo'nalishdagi futbol rivojlanib, yosh avlodga qolsa, eng katta orzularimizdan biri Paralimpiya o'yinlari qatoriga kirsa, o'zidan-o'zi rivojlanib ketadi.

Mustaqillikka qadar 2 marta, undan keyin esa uch marta jahon chempioni bo'ldik. Bu erdagi yigitlarning hammasi fidoiy. Tarixda qoldik deb o'ylayman. Buni gapirish oson, ammo uning mehnati va mashaqqati juda ham og'ir.

Bo'lajak musobaqada chempionlikka asosiy davogar sifatida mezbonlarni ko'rmoqdaman. 2005 yilda ushbu terma jamoaga asos solingan bo'lsa, eski avlodni yangilab, hozirga kelib yangi avlodni shakllantirgan. Turkiyadan tashqari, Polsha, Ispaniya, Braziliya hamda yoshargan Eron terma jamoasi va 5-6 ta ishtirokchilarni ham favoritlar qatoriga qo'sha olaman. Biroq, asosiy davogar bu Turkiya. CHunki, mezbon va katta futbolda muxlislar 12-o'yinchi bo'lganidek, bu futbolda 8-o'yinchi qatorida bo'ladi.

Turkiyada nogiron-amputantlar futboliga muxlislik qiladigan ko'pligidan hayron qolganman. Haqiqatan futbolni sevishadi.

Eshitishim bo'yicha, ochilish o'yiniga Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo'g'an tashrif buyuradi. Agar mobodo kelmasa, baribir finalga chiqsak, taqdirlash marosimida ko'rsak kerak. Rahbar terma jamoa mashg'ulotiga shaxsan o'zi kelib kuzatib turadi”.


Sunnat Ergashev, darvozabon

Cexda ishlaydi

“3 yildan beri terma jamoada faoliyat olib bormoqdaman. Futboldan tashqari, o'zimizning ceximiz bor va u erda ishlayman”.


Umid Abduhalimov, himoyachi

Tadbirkor

“Jizzax viloyati, Do'stlik tumanidanman. Maydonda o'ng qanot himoyasida o'ynayman. Futboldan tashqari, tadbirkorlik bilan shug'ulannaman. O'quv qurollari do'konini yuritaman. SHuningdek, sport maktabida murabbiylik qilaman”.


Azizjon Azimov, himoyachi

Haydovchi

“Terma jamoa azosiman. Futboldan tashqari, mashinam bor va unda haydovchilik qilaman, shu orqali tirikchilik qilib, oilani boqaman.

Guruhdagi raqiblarimiz orasida Polshaning o'yinini ko'rganmiz. Ammo o'zaro uchrashmaganmiz. SHuningdek, Ispaniya va Tanzaniya bilan ham. Endi bo'lajak mundial maydonda ko'rishamiz. Terma jamoa bilan ketma-ket uch marta jahon chempionligini qo'lga kiritganman”.

Qudrat To'raxo'jaev, darvozabon

Dehqonchilik xo'jaligida faoliyat olib boradi

“Toshkent viloyati, Parkent tumanida yashayman. Tog'li hudud bo'lgani tufayli asosan, dehqonchlik va chorvachilik orqali kun ko'riladi. O'zim dehqonchilik bilan shug'ullanaman”.

Qudrat Xudoyqulov, hujumchi

Tadbirkor

“Turkiyada faoliyat olib boraman. SHu bilan birga oziq-ovqat va kiyim-kechak savdosi bilan shug'ullanaman”.

Rustam Mehmonov, bosh murabbiy

SHifokor

“Jahon chempionatidagi terma jamoalar juda ham kuchli ko'rinmoqda. Biz ham imkoniyat darajasida harakat qilmoqdamiz. Fursatdan foydalanib, Sport vazirligi va homiylarga minnatdorchilik bildiraman. Zominda yig'in o'tkazdik, endi Turkiyaga yo'l olib, u erga moslashuv jarayonini olib boramiz.

2014 yil Meksikaga borib, 3 daqiqa qolgan Angolaga rikoshetdan urilgan gol tufayli yutqazib qo'ygandik. Angolaliklar o'sha yili 2-o'rinni olishdi. 2018 yil nega qatnasholmaganimizdan bexabarman, afsuski favoritlar qatorida bo'lsak ham borolmadik. O'sha yili Angola jahon chempionligini qo'lga kiritdi. Demak, biz Angolani chempionlikka yaxshi tayyorlagan ekanmiz. SHunaqa bo'lib chiqmoqda.

Termamizda avlodlar almashinuvi bo'lmoqda. Yosh iqtidorli yigitlar kelishmoqda. Oldindagi mundial barchasini ko'rsatadi.

23 sentyabr kuni, soat 17:00 da Islom Karimov nomidagi aeroportdan Turkiyaga uchib ketamiz. Istanbuldagi Riva shaharchasiga joylashamiz.

Avvalo, bu yigitlarimizning sog'lig'i uchun, ikkinchidan, maqsad chempion bo'lish. Bu ham kerak, albatta xohlaymiz. To'p yumoloq, hammasi vaqt ko'rsatadi. Katta futboldagi kabi omad ham kerak bo'ladi. Yigitlarimizning barchasi tayyor. Qudrat Xudoyqulov va Nuriddin Tursunov Turkiyada legioner bo'lib turishibdi. Tursunov bugungi mashg'ulotlarimizga Kattaqo'rg'ondan etib kelolmadi. U erdagilar futbolchilarimizning qanchalik kuchli ekanligidan xabardor”.

JCHga yo'l oladigan O'zbekiston nogiron-amputantlar terma jamoasi tarkibi: Qudrat To'raxo'jaev, Qudrat Sattorov, Sunnatjon Ergashev, Nuritdin Tursunov, Azizjon Azimov, Behzod Hakimov, Nizom Mamasoliev, Haydarali Tursunboev, Umidjon Sirojdinov, Zafar Nosirov, Qudrat Xudoyqulov., Umidjon Abduhalimov, Ulug'bek T., Aziz A., Abdujamil SHukurov.

⚡️ Mundialgacha. "Xalq uchun o'ynaymiz" – oltinchi titulni maqsad qilgan besh karra jahon chempioni bilan intervyu 

⚡️ Mundialgacha. O'zbekiston nogiron-amputantlar TJ safida ECHL g'oliblari borligini bilasizmi?

Muallif : Eldor Akmurzayev
Reyting: +12   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика