So’nggi yangiliklar

09:49"Арал" тўпурари фаолиятини Суперлигада давом эттиради  0 09:23"Навбаҳор" футболчиси ОКМКни танлади  0 08:56"Хоразм" футболчисига Суперлиганинг 4 клубидан қизиқиш бор  0 08:30"Андижон" дарвозабони Қирғиз Республикасида "Йил футболчиси" бўлди  2 08:02Забиҳилло Ўринбоевнинг "Навбаҳор"даги тақдири маълум  3 07:36"Пахтакор" футболчиси ОКМКга ўтмоқда   1 02:27Бундеслига. "Боруссия Д" ўз майдонида "Боруссия М"ни мағлуб этди  0 02:10Италия Суперкубоги. "Болонья" ярим финалда "Интер"ни мағлуб қилди ва финалга йўл олди!  8 01:39Мактомини МЮдан кетганларнинг муваффақиятга эришаётгани ҳақида нималар деди?  1 00:46Артета Гекерешга баҳо берди  1 00:20"Ланс" Абдуқодир Ҳусанов бўйича "Манчестер Сити"га мурожаат қилган  9 23:53Гвардиола "Манчестер Сити"дан кетиши эҳтимоли ҳақида: "Мен умрбод бу ерда қола олмайман"  4 23:12Флик ҳозирча "Барселона" билан шартномани узайтирмоқчи эмас  1 22:55Аморим Фергюсоннинг гаплари ҳақида фикр билдирди  5 22:31"Қизилқум" 22 ёшли футболчиси билан шартномани узайтирди  0

"Flitvud Taun"da qolishim mumkin emasdi. Sababi...". Rustam Nortojiev bilan intervyu Yangiliklar

"Flitvud Taun"da qolishim mumkin emasdi. Sababi...". Rustam Nortojiev bilan intervyu

Termizning "Surxon" klubi Superligada qolish uchun kurashni davom ettirmoqda.

Bahrom Haydarov shogirdlari o'tgan 20-turda Olmaliqda AGMKga mag'lubiyatga uchraganiga qaramasdan, yaxshi o'yin o'tkazdi, deya olamiz. Darvozabon Rustam Nortojiev shu kuni jamoasini bir necha bor muqarrar gollardan qutqarib qoldi. Saytimiz tomonidan darvozabon tur ramziy terma jamoasiga kiritildi. 

- 20-tur ramziy terma jamoasiga kiritilganingizga qanday fikr bildira olasiz? Bir nechta darvozabonlar orasidan aynan siz kirishingizni kutganmidingiz?

- To'g'risi buni ko'rib hayron qoldim. Men uchun kutilmagan bo'ldi, deya olaman. Odatda tur ramziy terma jamoasiga darvozasi daxlsizligini saqlab qolgan kiperlar kiradi. Etirof uchun rahmat. 

- AGMK bilan bahsda bunchalik ishonch va aniqlik bilan to'p tepishingizga nima turtki bo'ldi? Balki tayyorgarlik boshqacha kechgandir...

- Bilsangiz Superligada debyut mavsumimni o'tkazmoqdaman. Men uchun har bir o'yin yangi daraja, yangi maqsad va motivaciya hisoblanadi. O'yindan o'yinga harakatlarimni kuchaytirishga etibor bermoqdaman. AGMKga qarshi ettinchi o'yinimni o'tkazdim. Aytishim kerakki, juda qiyin uchrashuv o'tkazdim. Raqib ilk daqiqalardan kuchli bosim uyushtirdi va ko'plab hujumlar tashkil qildi. Oson bo'lgani yo'q. 

- "Surxon" ikkinchi davrada Superligada qolish uchun harakatni kuchaytirdi. Nima, deb o'ylaysiz bu kech emasmi? Bu boradagi imkoniyatlarni qanday chamalaysiz?

- To'g'ri harakat qattiq ketyapti. Biz uchun har bir o'yin final hisoblanadi. Har bir bahsga xuddi oxirgi o'yindagidek yondoshyapmiz. Uch yoki bir ochkomi barchasining qiymati o'ta yuqori. Qolgan 7ta turda maksimal ochkolarni jamg'arishimizga ishonaman. Oldimizda turgan asosiy maqsad Superligada qolish. 

- Joriy yilda "Lokomotiv"dan "Surxon"ga ko'chib o'tdingiz. Bundan ko'zlangan maqsad Superligada o'yin amaliyotiga ega bo'lish edimi?

- Ha, bu aniq. O'tgan mavsum yakunlangach "Lokomotiv" bilan shartnomam yakunlandi. Murabbiylar o'zgarishi amalga oshdi. Klub bosh direktori bilan gaplashdim. Ular "Bunyodkor"dan Abdumavlon Abdujalilovni olishayotganini aytdi. Tushunib etdimki, bunday pallada jamoada o'ynab ketish imkoniyatim nihoyatda kam. Men o'ynashni istagandim. "Surxon" bu borada menga imkoniyat berdi. Fursatdan foydalanib ikki klub rahbarlariga minnatdorchilik bildiraman. Boisi meni o'sishimda katta hissa qo'shishdi. 

- 2015 va 2017 yillarda Angliya quyi ligasi vakili "Flitvud Taun"da malaka oshirgansiz. Keling intervyudan foydalanib o'sha vaqtlarni biroz yodga olsak. Bu klubga borish qanday yuz bergan? Mashg'ulotlar va kundalik hayotda qanday farqni sezgandingiz?

- Angliya klubida ikki bor malaka oshirish nasib qilgan. U erda ko'p narsalarni o'zlashtirdim. Angliyadagi sharoitlarni bevosita guvohiga aylandim. Masalan "Flitvud Taun" 7ta ideal ko'rinishdagi maydonga ega. Kiyinish xonalari, fitnes zallari, baza umuman barchasi futbolchining rivojlanishiga qaratilgan. Akademiyasida 8 yoshdan 21 yoshgacha bo'lgan jamoalar faoliyat yuritadi. Ishonsangiz futboldan boshqa narsani o'ylamaysiz. Bazaga 9:00da kelasiz, 15:00gacha shu erda bo'lasiz. Kuniga 3 yoki 1 mahal mashg'ulotlar olib boriladi. Barchasi haftalik rejadan o'rin olgan. 

- "Flitvud Taun"da qolish imkoniyati yuzaga kelganmi? Nima uchun amalga oshmaganini ayta olasizmi?

- U erda qolish mumkin emas edi. 2017 yil klub direktori bilan suhbatlashganman. Ular aytishdiki, "Flitvud Taun" bilan shartnoma imzolashim uchun O'zbekiston FIFA reytingida top 50ta jamoalar orasida bo'lishi kerak ekan. Jamoada legionerlar bilan qattiq limit o'rnatilgandi.  

- Superligada sizga qarshi o'ynagan eng noqulay hujumchi kim?

- Hozirgacha "Bunyodkor"dagi Ibrohim Tomivani ko'rsatishim mumkin. Ushbu futbolchi debyut o'yinimda darvozamni ikki bor ishg'ol qilgandi.

Abdulaziz Iskandarov suhbatlashdi

Reyting: +6   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика