So’nggi yangiliklar

01:12Суперлига-2025. Биринчи давранинг эсда қоларли лаҳзалари  0 00:45IBA раҳбари Кремлёв Смоловнинг жанжали ҳақида: "Футболчиларнинг интизоми билан боксчилар шуғулланиши керак"  0 00:26"Галатасарой" Осимхен учун 50+5 миллион евро таклиф қилди, "Наполи" кўпроқ сўраяпти  1 23:43Виталий Левченко: "Шартномам ноябрда якунига етади"  2 23:18Ҳаким Фузайлов: "Маҳаллий футболчилар Нарх ва Самиевлардан ёмон ўйнашмаяпти"  2 22:52Доннарумма агенти Нойернинг Мусиала жароҳати ҳақидаги сўзларига: "Мануэль 2014 йилда Игуаинни урганда ҳам, жароҳатланиш хавфини билиб турган"  1 22:26Шченсни "Барселона" билан янги битим имзолади  0 22:15Мбаппе судга берган аризасини қайтариб олди  3 22:00Суперлига. "Нефтчи" "Хоразм"ни мағлуб этди ва иккинчи ўринга чиқиб олди   37 21:07Акмал Мозговой БАА клубига ўтди  11 20:20Ўзбекистонлик ҳакамлар Президент кубоги (Индонезия) мусобақасида фаолият олиб боришади  1 19:47Анчелотти "Олтин тўп"га муносиб бўлган, лекин қўлга киритолмаган футболчи номини айтди  8 19:20"Антверпен" янги аъзоси Муҳаммадали Ўринбоев: "Ўзбекистонни янада танитишга ваъда бераман!"  27 18:49Расман: Муҳаммадали Ўринбоев – Бельгия клуби футболчиси!  15 18:35Доннарумма Мусиала туфайли психологга мурожаат қилди  2

Nimadir o'xshamadi: yanvarda amalga oshmagan transferlar (mutolaa uchun) Yangiliklar

Nimadir o'xshamadi: yanvarda amalga oshmagan transferlar (mutolaa uchun)

Qishki transfer oynasi ko'plab davlatlarda allaqachon yopildi.

Ammo, uning yakunidan barcha ham qoniqmadi – bu o'yinchilarga ham klublarga ham tegishli. Ko'plab bitimlar muvaffaqiyatli tarzda rasmiylashtirildi, ammo ayrim kelishuvlar og'izda qolib ketdi. Ayrim klublar hech narsasiz qolishdi, futbolchilar esa xohlashgan bo'lsalar ham, jamoalarini o'zgartira olishmadi. Bugun siz bilan amalga oshmay qolgan yanvar oyidagi transferlar haqida gaplashamiz.


Milan SHkrinyar (PSJga o'tmadi)

"Inter" himoyachisi Milan SHkrinyarning PSJga o'tishi yakunlanayotgan shartnomasini hisobga olganda, hal qilingan masaladek ko'ringandi. Parijliklar ochiqchasiga 27 yoshli markaziy himoyachi bilan shartnoma imzolashni xohlayotganlarini malum qilishdi. O'yinchining o'zi ham klublarning muzokaralar olib borayotganini tasdiqladi. Slovak bir oyog'i bilan "Park de Prens"da edi, ammo bitim yakunda amalga oshmay qoldi. "Neradzurrilar" munosib o'rinbosar topa olmaganlari sabab futbolchini qo'yib yuborishmadi. Voqea yaxshi yakunlanmadi: Franciya chempionlari xohlagan himoyachilarini boy berishdi, SHkrinyar esa "Inter"da sardorlik bog'ichidan ayrildi.



Sofyan Amrabat ("Barselona"ga o'tmadi)

"Fiorentina" yarim himoyachisi Sofyan Amrabatning "Barselona"ga ehtimoliy o'tishi qisqametrajli filmga o'xshadi. Italyan klubi sport direktori Daniele Pradening so'zlariga ko'ra, barchasi ertalab 10da boshlanib, yarim tunda yakunlandi. OAVning malumotiga ko'ra, futbolchining agentlari kataloniyaliklarni "Fiorentina"ga klubni qoniqtirmaydigan taklif berishga ishontirishgan. Italiya klubining esa marokashlik ish tashlash elon qilgani va mashg'ulotlarda ko'rinish bermaganidan so'ng qo'yib yuboradi deb hisoblashgan. Ammo, italyanlar qattiq turib olishdi va 26 yoshli xavbekni tarkibdan chetlashtirishdi. Barchasi kamida mavsum so'nggiga qadar Florenciyada qoladigan Amrabatning uzr so'rashi bilan yakunlandi.

→ Mutolaa uchun. "Bozorning so'nggi kunida bunday qilishmaydi". Nega "Barsa" JCH-2022 yarim finalchisini olmadi



Xulian Arauxo ("Barselona"ga o'tmadi)

"Barselona" transfer oynasi yakuniga yaqin Ektor Belerinni "Sporting"ga qo'yib yubordi. Kataloniyaliklar uning o'rniga "Los-Anjeles Gelaksi" himoyachisi Xulian Arauxo bilan shartnoma imzolashmoqchi edi. Tomonlar barchasini kelishishdi, ammo bitim amalga oshmadi. "Ko'k-anorranglilar" transferni amalga oshirishda 18 soniyaga kechikishdi va o'tishga tayyor bo'lgan 21 yoshli fulbeksiz qolishdi. Aytgancha, shunga o'xshash holat 2017 yilda "Lester" bilan ham sodir bo'lgandi. "Tulkilar" o'shanda Adrien Silvani ro'yxatga olishga 14 soniya kechikishgan. FIFA ikki holatda ham transferlarni ro'yxatga olmadi. Qoida barcha uchun barobar.



Nikolo Zanolo ("Milan"ga o'tmadi)

"Roma" yarim himoyachisi Nikolo Zanolo bilan bog'liq vaziyat qishki transfer oynasi vaqtida Italiyadagi eng muhokama qilinganlaridan biri bo'ldi. O'yinchi Rim klubidan ketishni xohlayotganini malum qildi, ammo baribir hech qaerga ketmadi. 23 yoshli xavbek uchun bosh davogarlar "Milan" va "Bornmut" bo'lgan edi. Futbolchi "rossoneri"ga o'tishni xohlagandi va mish-mishlarga ko'ra, Milan jamoasi bilan shaxsiy shartnoma bo'yicha kelishuvga erishgan. Ammo, angliyaliklar rimliklarga yaxshiroq taklif berishgan. Italyan APL autsayderiga o'tishni rad etdi. SHunday qilib voqea hech narsa bilan yakunlanmadi. Zanolo vaziyatni murakkablashtirdi, ammo rahbariyat tomonidan tanqid va muxlislarning g'azabidan boshqa hech narsaga erishmadi.

Zanolo yakunda "Galatasaroy"ga o'tdi.



Xakim Ziesh (PSJga o'tmadi)

Parijliklarning qishda omadi kelmadi. Avvaliga ular SHkrinyarning transferi borasida "Inter"dan rad javobini olishdi. So'ngra Franciya chempionlarining "CHelsi" vingeri Xakim Zieshning o'tishi borasidagi bitimi bekor bo'ldi. PSJda barchasiga "ko'klar"ni aybdor deb ko'rsatishdi. Mish-mishlarga ko'ra, londonliklar "Benfika" bilan Enco Fernandes borasida muzokaralarga shunchalik etibor qaratishgandiki, ular Zieshning ketishi uchun parijliklarga bir necha bor noto'g'ri hujjatlarni yuborishgan. Angliyaliklar xatolarni to'g'irlashgan payt barchasi kech bo'lgan edi. PSJ yana hech narsasiz qoldi. Marokashlik Grem Potterdan o'yin amaliyoti olayotgan bo'lsa ham, hali ham "CHelsi"dan ketmoqchi.



Moyses Kaysedo ("Arsenal"ga o'tmadi)

"Arsenal" yanvarda "Brayton" vingeri Leandro Trossard bilan 24 mln evro evaziga shartnoma imzoladi. Bunga futbolchining bosh murabbiy Roberto De Dzerbi bilan kelishmovchiligi ham yordam berdi. "Kanonirlar" transfer oynasi yakunlanishiga qadar "chaykalar"dan yarim himoyachi Moyses Kaysedoni ham olishmoqchi edi, ammo u bilan hech narsa o'xshamadi. "To'pchilar" 21 yoshli xavbek uchun Trossarddan ko'ra ancha ko'proq taklif qilishgandi, ammo bu "Brayton" rahbariyatini ishontira olmadi. Ekvadorlik ijtimoiy tarmoqlarda muxlislarga xayrlashayotganini shama qilishni boshlagan edi, ammo yakunda ular bilan qoldi. De Dzerbi Kaysedo u uchun muhim o'yinchi hisoblanishini aytdi, rahbariyat esa mutaxassisning ishini qiyinlashtirishni xohlamadi.



Yannik Karrasko ("Barselona"ga o'tmadi)

"Barselona" PSJ kabi qishki transfer oynasida hech narsani rasmiylashtirishga ulgurmadi (yoki qila olmadi). Kataloniyaliklarning maqsadlaridan biri "Atletiko" vingeri Yannik Karrasko edi. "Ko'k-anorranglilar" avvaliga futbolchini Memfis Depay borasidagi bitimga qo'shmoqchi edi, ammo "matraschilar" rad etishdi. Ular o'yinchilarning to'g'ridan-to'g'ri almashinuviga ham rozi bo'lishmadi. "Barselona" 29 yoshli belgiyalikni xarid qilishga tayyor edi, ammo madridliklar kataloniyaliklarga uchinchi marta ham rad javobini berdi. Karrasko "ko'k-anorranglilar"ga o'tishga rozilik bildirdi, ammo transfer baribir amalga oshmadi. Balki yozda nimadir ro'y berar.



Footballhd.ru saytidan Alisher Ostonov tarjimasi

Reyting:    

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика