So’nggi yangiliklar

02:35Тожикистон футзал терма жамоаси бош мураббийи: "Бугун кучлироқ жамоа ғалаба қозонди"  0 01:38Хосе Венансио Лопес: "Адолатли натижа қайд этилди. Жорий йиғин давомида кўпроқ ҳимоя чизиғини яхшилаш ҳаракатидамиз"  0 01:05ОФК президенти Париж Олимпиадасида Осиё номидан иштирок этувчи терма жамоалар ва мусобақа расмийларига табрик йўллади  0 00:46Трент Беллингем билан дўстлиги сабаб "Реал Мадрид"га ўтиши мумкин  0 00:10"Сўғдиёна" Суҳроб Иззатов ва Умид Султонов трансферини эълон қилди  2 23:46"Локомотив" ўртоқлик ўйинида Қувайт клубига имкониятни бой берди  2 23:18"Динамо"да кўрикдан ўтаётган бразилиялик вингерга жавоб берилди  2 22:52Ўртоқлик ўйини. "Динамо" Қирғизистон клубини яна бир марта мағлуб этди  4 22:20Интервью. Шавкат Саидов: "Яна янгиликларимиз бор"  1 21:50Mirabror Usmanov Cup-2024. Ўзбекистон футзал термаси Тожикистонни мағлубиятга учратди  0 21:26Расман: Сергей Лушчан "Навбаҳор" клуби бош мураббийи сифатида таништирилди  24 21:03Ўртоқлик учрашуви. ОКМК Беларусь клубига имкониятни бой берди  1 20:35Эшитдик-да! "Навбаҳор"нинг асосий футболчиси легионерга айланиши мумкин  31 20:16Париж-2024. Ҳар бир терма жамоадаги катта ёшли футболчилар  8 19:49Ван Дейк NBA афсонаси Леброн Жеймс билан суратга тушди  4

"Paxtakor" va o'zbek futbolini olti oydan beri o'rganib kelmoqdaman. Futbolchilarning maoshini gapiraverish noto'g'ri" - Slavche Voyneski va Jafar Irismetov ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq) Yangiliklar

"Paxtakor" va o'zbek futbolini olti oydan beri o'rganib kelmoqdaman. Futbolchilarning maoshini gapiraverish noto'g'ri" - Slavche Voyneski va Jafar Irismetov ishtirokidagi matbuot anjumani (to'liq)

Ayni paytda "Paxtakor" stadioning anjumanlar zalida jamoaning yangi bosh murabbiyi Slavche Voyneski va sport direktori Jafar Irismetov bilan matbuot anjumani bo'lib o'tmoqda.

Slavche Voyneski: -  Barchaga xayrli kun. Fikrlarimni ingliz tilida etkazishimga ruxsat berasiz. "Paxtakor"dek jamoaga kelganimdan xursandman. "Paxtakor" nafaqat sovrinlar, balki har taraflama O'zbekistondagi eng katta klub. Murabbiy uchun bunday klubda ishlash juda katta masuliyat. Biz Superliga, O'zbekiston Kubogi va Superkubokda zafar quchishga intilamiz. Har bir musobaqada iloji boricha muvaffaqiyatli ishitirok etishga harakat qilamiz. Bosim bo'ladi, bizni shuni engib uzoq masofani bosib o'tmoqchimiz. Deyarli 40 kundan so'ng Superkubok bilan mavsumni boshlaymiz. CHempionlar Ligasida ham yaxshi ishtirok etishga intilamiz. Sovrinlar o'z yo'liga, biz O'zbekistonda eng yaxshi va hujumkor futbolni namoyish qilishimiz kerak. Yaxshi o'ynasak, bu bilan milliy terma jamoaga ham yordam beramiz. O'zbekiston terma jamoasi bosh murabbiyi Srechko Katanec bilan birga ishlaganmiz. Uni yaxshi taniyman. Bir-birimizni bilamiz. Terma jamoada, "Paxtakor"da bir-birimizni qo'llab-quvvatlashga kelishib olganmiz. 

- O'zbek futboli to'g'risida qanday malumotlarga egasiz?

- "Paxtakor" va o'zbek futboli bazi malumotlardan xabardor edim. SHogirdim Stevica Ristich o'z paytida "Bunyodkor"da o'ynaganini bilaman. So'nggi olti oyda o'zbek futboli haqida ko'p malumotlarni o'rgandim. 

- Jamoa joriy mavsumda  qanday futbol ko'rsatadi? Hujumkor yoki himoyaviy?

- Biz hujumkor futbol ko'rsatishga urinamiz. Yuz foiz. Biz doim hujum qilishimiz lozim. Bunga vada beraman.Mashg'ulotlarda futbolchilar juda yaxshi ishlashmoqda. Sakkiz nafar o'yinchi milliy terma jamoa tarkibiga jo'nab ketgan. Yoshlar bor kuchlari bilan mehnat qilishmoqda.

- Jamoaning mashg'ulotlarida ishtirok etishga ulgurdingiz? Futbolchilarning harakatidan qoniqyapsizmi?

- Mashg'ulotlarda men kutgandan ham alo darajada ishlashmoqda. 

- "Paxtakor"ning byudjeti bu yil qisqarganligi haqida eshitdik. Endilikda jamoada yurtimizning eng kuchli futbolchilari emas, balki yosh iqtidorlar to'p tepishadi. Bu orqali natija ham gohida chiqmasligi  mumkin...

Slavche Voyneski: - Butun dunyoda koronavirus bilan bog'liq paytda klublar rahbariyatiga oson emas. Bunday holatga moslashish kerak. "Paxtakor"dan bazi etakchilar ketishdi, lekin tarkibda yaxshi saviyadagi ijrochilarni olib qolishga erishdik. Yana bazi kuchayishlar bo'lishi mumkin. Yaxshi ishlagan taqdirimizda mavsum oxirida ijobiy kayfiyatda bo'lamiz.

Jafar Irismetov: - O'tgan yili asosiy tarkibda o'ynaganlardan Anzur Ismoilov ketdi. U juda yaxshi himoyachi va buni yo'qotish deb aytish mumkin. Uning o'rnini to'ldirishga urinamiz. Egor Krimecni ham katta yo'qotish desak ham, demasak ham bo'lad. Boyan Matich bizga yordam bermadi. Murabbiy bilan bir necha variantlarni ko'rib chiqamiz. Qolgan asosiy tarkib o'yinchilarini saqlab qoldik. O'lmasaliev va Mirahmadov kabi yosh futbolchilar bilan shartnoma imzoladik. Sobirxo'jaevni olib qolishga harakat qilyapmiz. SHuningdek, yaqin orada yana bir futbolchining safimizga qo'shilishi hal bo'lishi mumkin. Bu jamoamizni ancha kuchaytirgan bo'lardi. Sardor Rashidov ayni paytda mashg'ulotda qatnashmoqda. Murabbiyda u ijobiy taassurot qoldirdi. Agar murabbiy istasa qolishi mumkin. Sardor to'p tepadigan nuqtada o'yinchilarimiz bor. Lekin qanotlarda to'p tepadigan qaysidir futbolchimizning keti ehtimoli yo'q emas. 

- Muxlislar "Paxtakor" tarkibida yulduz futbolchini kutishlari mumkinmi? 

Slavche Voyneski: - Yulduz futbolchilarning shartnomasi mavjud. Mavsum boshlanguncha 1-2 nafar yaxshi o'yinchilar paydo bo'lishi mumkin. Lekin jamoadagi yigitlar bilan ham o'zimiz xohlagandek o'ynashimiz mumkin. Jamoaga kelganimga bir necha kun bo'ldi. Har bir futbolchi haqida etarlicha taassurotga ega bo'lishim bilan aniq bir qarorga kelaman.  O'zbekistonga kelganimdan beri 4 soat uxladim.  Kelajak rejalar haqida bosh qotiryapmiz. Rasmiy o'yinlar futbolchilarning haqiqiy darajasini ko'rsatib beradi. SHunda aniq xulosalarga kelish mumkin. "Paxtakor" haqida etarli malumotga egaman, lekin bevosita ishlash jarayonida fikrlarim o'zgarishi mumkin, qandaydir o'zgarishlarni amalga oshirarman. Malum vaqtdan keyin buni ko'rib olamiz. OCHLga ham maksimal darajada 

Jafar Irismetov: - Bizga yulduzlardan ko'ra natija ko'rsatadigan futbolchilar zarur. Aytaylik, CHeran kabi. SHunday sifatli o'yinchilarni topishga urinamiz. Jamoaga yaxshi kirishib ketadigan futbolchilarni topish vazifamiz. Bunday katta shov-shuvli transfer kutmasangiz ham bo'ladi. Ular futbol o'ynagani kelishmaydi. OCHLda eng yaxshi natijamizni takrorlash va uzoqroqqa borish niyatimiz bor.

- Murabbiy bilan bir yillik shartnoma tuzilibdi. Slavche Voyneskining oldiga qanday maqsad qo'yildi?

Jafar Irismetov: -  Murabbiy bilan shartnoma bir yilga mo'ljallangan. Mavsum davomida bu masalani ko'rib chiqamiz. Voyneski oldiga "Paxtakor" bilan ichki musobaqalarda g'oliblikka erishish vazifasi qo'yilgan. CHempionlar Ligasida chiroyli futbol ko'rsatib, guruhdan chiqishga intilamiz. Hali raqiblarimizni bilmaymiz. 

- Slavche Voyneski oldiga chempionlik vazifasi qo'yildi. "Paxtakor" uch yildan beri chempionlikni o'ziniki qilib kelmoqda. SHota Arveladze kelganida bir yarim yil davomida sovrin yutmagan. Siz bir yil ichida sovrin yutishingizga ko'zingiz etyaptimi? Nimaga ishonyapsiz?

- Har bir murabbiy g'alaba uchun maydonga chiqadi. Ikkinchidan yaxshi futbol ko'rsatishimiz zarur. "Paxtakor"ga kelishimdan oldin chempion jamoaga kelayotganimni bilganman. Maqsadimiz - chiroyli futbol ko'rsatish, chempion jamoani chempion sifatida saqlab qolish. "Paxtakor"ning qanday klub ekanini bilaman va bu erga kelishda qanday bosimni bo'ynimga olganimni bilaman.

Jafar Irismetov: - Siz SHota Arveladze davrini misol qilib ko'rsatdingiz. Biz jamoaga kelganda biror futbolchini shartnomasi bo'lmagan. Tugayotgan pallasi edi. Bizga jamoani nol holatida tashlab ketishgan. Barcha bilan shartnomalarni uzaytirib, yangi futbolchilarni olganmiz. SHu bois SHota Arveladzeda vaqt bo'lgan. Hozirgi holatda jamoani birma-bir yig'ib olganmiz. Slavchega shu bois biroz engilroq bo'ladi. To'g'ri byudjetimiz qisqargan. Lekin tarkibimizning 80 foizini saqlab qoldik. 

- Olti oy davomida o'zbek futbolini, "Paxtakor"ni o'rganganingizni aytdingiz. Bu "Paxtakor"ning sizga avvalroq taklif bilan chiqqanini bildiradimi?

-  Olti oy ilgari menejerim "Paxtakor"da murabbiy o'zgarishi mumkinligini aytishdi. Dekabrda esa janob Piter qolishini aytishdi. Keyin esa birdan "Paxtakor"dan qo'ng'iroq bo'ldi va ishga taklif etishdi. 4 daqiqadan so'ng esa Turkiya klubidan qo'ng'iroq va taklif bo'ldi. Lekin men "Paxtakor"ga rozilik bildirib bo'lganim sababli keyingi taklifni rad etdim. Vada berdimmi, buni bajaraman. Faoliyatimizda eng muhimi ishning o'zi. Moliyaviy masalalar yoki boshqa narsalar asosiy emas. Ish va jarayon - eng muhim. "Paxtakor"ga yangilik bera olaman deb hisoblayman. Hujumkor o'yin namoyish etamiz dedimmi, buni amalga oshiramiz.

- Slavche Voyneski bosh murabbiy sifatida ko'p ishlamagan ekan. Piter Xyuistra bilan kelishuvning uzaytirilmasligini sababi nimada? "Paxtakor" oylik maoshlarni bu yil ham elon qiladimi?

- Voyneski yoshlar bilan ishlashda katta tajribaga ega. Murabbiy tanlashda aynan shuni ham hisobga oldik. Makedoniyada bu borada yaxshi faoliyat olib borgan. Xyuistraning boshqa rejalari bo'lgandir. U yig'inni boshlash uchun etib kelishi zarur paytda biz bilan aloqaga chiqmadi. Maoshlar borasida rahbariyat bir qarorga keladi. Bir narsani to'g'ri tushuninglar, futbolchining umri qisqa bo'ladi. U 35-36 yoshgacha o'ynaydi, zaxira qilib olishi kerak. Ularga sharoit qilib berishimiz zarur. SHunday maydonlarda bo'ldik, biz u erda o'z o'yinimizni ko'rsata olmaymiz. Yana bir misol o'rinbosarlarimiz o'yinga tayyorgarlik jarayonida to'psiz jarohat olmoqda. U esa olimpiya terma jamoasiga nomzod. Bunday holatda qanday olimpiyadaga chiqamiz? SHunday ekan futbolchilarni maoshini gapiraverish yaxshi emas. Maosh katta bo'lgan jamoalarda natija bo'ladi. O'sha futbolchi Qozog'iston yoki Koreyaga borsa, ikki barobar ko'p pul topadi. Albatta ketadi-da. Pul bor joyda o'sish bo'ladi. "Bunyodkor"da yulduz futbolchilar kelgan, sharoitlar zo'r vaqtda futbolimiz o'sdimi? "Paxtakor" ham uch yil davomida o'sdi. Futbolchilarni maoshini tushirish bilan futbolni rivojlantirish qiyin. 

- Murabbiylar shtabi qanday bo'ladi? Yaqinda Denis Ivankov bilan shartnoma imzolangani haqida o'qidik. Qolgan mutaxassislar o'zimizdan bo'ladimi yoki xorijdan?

- Ikki nafar yordamchi murabbiy menga "Paxtakor"da yordam beradi. SHimoliy Makedoniya va Turkiyadan yordamchilarim bu erda ish boshlashadi. 


Reyting: +19   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика