Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor" birinchi bahsda o'z o'yini bilan kuchli jamoaga munosib qarshilik qilishini isbotladi"
11 mar 2025 14:46
Yangiliklar
Baxtiyor Ashurmatov: "Paxtakor" birinchi bahsda o'z o'yini bilan kuchli jamoaga munosib qarshilik qilishini isbotladi"
Mehmonda bo'lib o'tadigan uchrashuv oldidan tajribali mutaxassis Baxtiyor Ashurmatovning fikrlarini tingladik.
"Jamoalarning dastlabki uchrashuvi menda juda yaxshi taassurot qoldirdi. "Paxtakor" bu yilgi mavsumda qaytadi degan fikrim o'yindan keyin yanada kuchaydi. Legionerlar "Paxtakor"ning o'yinini kuchaytirgani ko'rinib turdi. Jamoa chiroyli va mazmunli harakat qilib g'alaba qozondi. Afsuski, darvozaga ikkinchi golni ura olishmadi. Mehmondagi o'yin oldidan bu kamlik qilishi mumkin. Lekin "sherlar" bu o'yini orqali kuchli jamoaga munosib qarshilik ko'rsata olishini isbotladi. Ularga safardagi bellashuvda omad tilayman va muxlislik qilaman",- deydi Baxtiyor Ashurmatov.
Malumot uchun, o'yin Toshkent vaqti bilan soat 01:00da Ar Riyoddagi "Kingdom Arena"da start oladi. Toshkentda o'tgan birinchi uchrashuvda poytaxt klubining qo'li baland kelgan edi (1:0).
O’xshash yangiliklar
championat.asia
Ла Лига. "Реал Мадрид" ўз уйида "Реал Бетис"га 5 та гол урди
АПЛ. "Ман Сити" "Челси"га қарши ўйинда 90+4 дақиқада тўп ўтказиб юборди ва ғалабани бой берди, Ҳусанов 51-дақиқада захирадан ўйинга қўшилди
Алижонов "Пахтакор"да қолиш учун йирик битимни рад этди
Ла Лига. "Барселона" сўнгги дақиқалардаги иккита гол эвазига "Эспаньол"ни мағлуб этди
Fikrlar