Nikola Lazarevich: "Biz eyforiyada emasmiz"
01 apr 2022 21:07
Yangiliklar


Nikola Lazarevich: "Biz eyforiyada emasmiz"
"Birinchi navbatda "Neftchi" bugun bizga syurpriz qildi. Raqibni o'rganganimizda boshqacha taktikaga tayyorlangandik, ammo ular bugun boshqacha uslubda o'ynashdi. O'ylashimcha yigitlarim vazifani to'liq bajarishdi", - dedi Lazarevich.
- PFL talqiniga ko'ra mart oyining eng yaxshi murabbiyi deb topildingiz...
- Ushbu sovrin uchun PFLga rahmat aytaman. Lekin bu sovrin faqat meniki emas, bu butun jamoaning yutug'i.
- "Qizilqum"dagi yoshlar Turopov va Kenjaevni asosiy tarkibda ham ko'ramizmi?
- Albatta, ular hozircha yosh futbolchilar. Mashg'ulotlar vaqtida juda yaxshi ishlashmoqda. Tez orada ularga imkoniyat beramiz. Ular maydonga tushishga tayyorlar.
- "Qizilqum" hamon birinchi o'rinda bormoqda, jamoa mavsumni qaysi o'rinda tugatadi deb o'ylaysiz?
- Biz eyforiyada emasmiz. Biz o'yindan-o'yinga kuchayib boramiz. Bu mavsumda istalgan jamoa istalgan jamoani yuta oladi.
- Yirik g'alaba bo'lishini kutganmidingiz?
- Bugun yirik natijani kutmagandim. Qiyin bahs bo'lishini kutgandim.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar