So’nggi yangiliklar

07:35Мутолаа учун. Раньери, Моуриньо, Карпин. Шомуродов энди туркиялик мураббий билан ишлайди. Аввалги мутахассислар билан қандай саргузаштлар бўлган?  0 01:17Максим Шацких: “Трансфер ойнаси ёпилгунича 2-3 нафар янги ўйинчи оламиз”  3 00:55"Андижон" назорат ўйинида Тожикистон жамоасини мағлуб этди  1 00:41Футболга қайтиш муборак: "Байер" Эрик тен Хагнинг дебют ўйинида йирик ҳисобда мағлуб бўлди  5 00:21"Манчестер Сити" Траффорд билан шартнома имзолаши мумкин  2 23:59"Ақлдан озаётган" "Тоттенхэм" ўз тарихидаги энг қиммат трансферни амалга оширишга тайёрланмоқда  2 23:46Алишер Одилов "Навбаҳор"ни тарк этди  4 23:24Микель Артета: "Мадуэке - АПЛнинг энг яхши ҳужумчиларидан бири"  1 22:50Месси Ямалга қарши: Финалиссима қачон бўлади?  8 22:20Исак "Ал Ҳилол"га ўтиши мумкин  1 21:53"Милан" Спортьеллони собиқ жамоасига қайтариб юборди  0 21:33Гампер Кубоги учун ўйин қаерда бўлади?  6 21:14Расман: Нони Мадуэке - "Арсенал" футболчиси!  5 20:52"Насаф" назорат ўйинида "Машъал"дан устун келди  3 20:10"Милан" Модрич ёрдамида "Реал" аъзоси билан музокара ўтказмоқда  0

“Nijniy Novgorod stadioni” haqida nimalarni bilishimiz kerak? Yangiliklar

“Nijniy Novgorod stadioni” haqida nimalarni bilishimiz kerak?

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Nijniy Novgorod stadioni” haqida malumot beramiz.


•    JCH-2018ning 6ta o'yini “Nijniy Novgorod stadioni”da bo'lib o'tadi
•    Stadion Oka va Volga daryolari tutashgan go'zal maskanda joylashgan

Bugun, ananamizga muvofiq, Jahon CHempionati-2018 o'yinlari o'tkaziladigan stadionlardan biri “Nijniy Novgorod stadioni” haqida malumot beramiz.

O'yinlar
“Nijniy Novgorod stadioni”da mundialning 6ta o'yini, shuningdek, 1/8 final uchrashuvi va chorak final bahslari bo'lib o'tadi. Argentinaliklar va inglizlar o'rtasidagi guruh bosqichidagi bahs ham aynan shu erda bo'lib o'tadi.

Imkoniyatlari

CHempionat vaqtida “Nijniy Novgorod stadioni”ga 45 000 tomoshabin tashrif buyurishi mumkin.

Joylashgan o'rni

JCH-2018 uchun maxsus barpo etilgan stadion go'zal maskan — Strelka atrofida, Oka va Volganing tutashuv joyida qurilgan. Arenaga uzoq bo'lmagan joyda Nijniy Novgorodning asosiy etiborga sazovor maskanlaridan biri — Aleksandr Nevskiy sobori joylashgan.


Bilasizmi?
“Nijniy Novgorod stadioni” bunyod etilishida asosan ko'k va oq ranglardan foydalanilgan. Qurilishda sportchi va tomoshabinlarning xavfsizligini taminlashda, hamda stadion jahon talablariga javob bera oladigan bo'lishida zamonaviy xom-ashyolardan foydalanilgan.

Dastlabki o'yinlar
Boshqa stadionlar kabi “Nijniy Novgorod stadioni”da ham so'nggi tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Hozirgi kunda “Olimpiec” klubi joriy mavsumning bir nechta uy o'yinlarini shu stadionda o'tkazishi rejalashtirilmoqda.

   
Meros
CHempionatdan so'ng, stadion mahalliy futbol klubi “Olimpiec”ga uy arenasi bo'lib qoladi. Bundan tashqari, stadionga fitnes va tibbiyot markazlari qurilishi ham rejalashtirilgan. Stadion keyinchalik mahalliy aholining dam olish maskanlaridan biriga aylantiriladi. Arena atrofiga esa velosiped uchish yo'lakchalari, mashinalar to'xtash joyi ham qurilishi rejaga kiritilgan.    


"Lujniki" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Rostov Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak? 

"Qozon Arena" stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Ekaterinburg Arena” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?

“Kaliningrad” stadioni haqida nimalarni bilishimiz kerak?


Nozima Zaripova tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика