Nigeriyada futbol bo'yicha JCH-2014 uchrashuvini tomosha qilayotgan odamlar portlatildi
18 iyu 2014 13:33
Yangiliklar
Nigeriyada futbol bo'yicha JCH-2014 uchrashuvini tomosha qilayotgan odamlar portlatildi
Nigeriyaning Damaturu shahrida futbol bo'yicha JCH-2014 uchrashuvini tomosha qilish ayni avjiga chiqqan vaqtda terrorchi-kamikadze o'zini portlatib yubordi.
Bu haqda 17 iyun, dushanba kuni Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Hodisa futbol muxlislari Braziliya va Meksika terma jamoalari o'rtasidagi o'yinni kuzatib borayotgan maydonchada sodir bo'lgan. Terrorchi, dastlabki malumotlarga ko'ra, taksi sifatida foydalaniladigan uch g'ildirakli velosipedga o'rnatilgan portlovchi qurilmani ishga tushirgan.
Hujum natijasida kamida etti kishi halok bo'lgan va yana og'ir jarohat olgan 15 kishi shahar markaziy shifoxonasiga etkazilgan. SHifokorlar terakt qurbonlari soni oshishi mumkinligini istisno etishmayapti.
Mahalliy policiya vakilining malum qilishicha, hodisa joyidagi qutqaruv ishlari takroriy terakt amalga oshirilishi xavfi mavjudligi sabab ehtiyotkorlik bilan olib borilmoqda – ushbu qo'poruvchilik harakati ortida turgani taxmin qilinayotgan “Boko Haram” guruhi jangarilari odatda shunday taktikani qo'llashadi.
Nigeriya shimoli-g'arbida harakat qiluvchi “Boko Haram” guruhi o'z oldiga mamlakatning butun hududida shariat qoidalarini o'rnatish va G'arb tasiriga qarshi kurashishni maqsad qilib qo'ygan. Guruh jangarilari cherkovlar, maktablar va policiya bo'linmalariga ko'p marta hujum qilib, tinch aholi vakillarini o'ldirgan.
Xususan, may oyida terrorchilar Jos shahrida Evropa CHempionlar ligasi finalini tomosha qilayotgan olomon yaqinida bomba portlatgan edi.

Fikrlar