Neymar yana diskvalifikaciya qilinishi mumkin
29 apr 2019 00:40
Yangiliklar


Neymar yana diskvalifikaciya qilinishi mumkin
Franciya Kubogining finalida Renn hamda PSJ klublari o'rtasidagi uchrashuvning asosiy vaqtida 2:2 hisobi qayd etildi.
O'yindan keying penaltilar seriyasida esa «Renn» klubi muvaffaqiyat (6:5) qozonib, chempionga aylandi. Taqdirlash marosimi vaqtida jamoadoshlari qatori kumush medallar uchun tribunaga ko'tarilayotgan Neymar yo'lak yonida turgan muxlislardan biriga qo'l ko'taradi. Mamlakat futbol federaciyasi ushbu holatni o'rganib chiqmoqda. Qayd etilishicha, futbolchi mazkur harakati uchun 5ta o'yinga diskvalifikaciya qilinishi mumkin.
Avvalroq, Neymar ECHLning uchta o'yinidan chetlatilgandi.
O’xshash yangiliklar

Fikrlar