Neymar tabiatga zarar etkazgani uchun 3,3 mln dollar jarimaga tortildi
06 iyu 2023 19:32
Yangiliklar
Neymar tabiatga zarar etkazgani uchun 3,3 mln dollar jarimaga tortildi
Futbolchi o'nlab ekologik qoidalarni buzganlikda ayblanmoqda.
PSJ hujumchisi Neymar Braziliya hukumati tomonidan Rio-de-Janeyro tashqarisidagi Mangaratiba shahridagi qirg'oqbo'yida joylashgan uyida noqonuniy ko'l qurilishi uchun 16 million real (3,3 million dollar) miqdorida jarimaga tortildi.
31 yoshli hujumchining vakili bunga izoh berishdan bosh tortdi. Mangaratiba meriyasi bayonotida aytilishicha, dang'illama hovlidagi ko'l qurilishida o'nlab ekologik qoidabuzarliklar sodir etilgan.
Qayd etilishicha, suv havzasini barpo qilish uchun futbolchi taxminan 120 ming Braziliya reali (25 ming dollar) sarflagan.
Avvalroq Neymarning "Barselona"ga qatishi mumkinligi haqida xabar bergandik.
Fikrlar