Neymar jazolanishi mumkin
07 apr 2016 14:47
Yangiliklar
![](https://championat.asia/upload/storage/203969_original.jpg)
![](/upload/storage/203969_220.jpg)
Neymar jazolanishi mumkin
Braziliya futbol konfederaciyasi (CBF) "Barselona" hujumchisi Neymarni jazolashi mumkin.
Malumotlarga ko'ra, Neymar maydondagi o'zini tutishi uchun terma jamoada sardorlik bog'ichidan ayrilishi mumkin. SHu sababli CBF futbolchi borasida jamoa bosh murabbiyi Karlos Dungadan bunga izoh talab qildi.
CBFga Neymar Urugvayga qarshi bahsda (2:2) sariq kartochka olgani yoqmadi. Natijada ogohlantirishlar soni ko'pligi tufayli u Paragvayga qarshi navbatdagi uchrashuvda (2:2) ishtirok eta olmadi. CBFning fikricha, sariq kartochka keraksiz joyda ishlab olingan. Bundan tashqari, CBFning Neymar bayramlardagi ishtiroki borasida savollari bor.
O’xshash yangiliklar
![AMP Logo](https://championat.asia/image/logo-amp.png)
Fikrlar