So’nggi yangiliklar

01:44Жезуш Роналду ҳақида: "Унинг таклифи туфайли "Ал Насср"даман"  1 00:48Тер Штеген ғазабда, клубдагилар уни кетади деб ўйлашяпти, аммо...  7 00:30"Андижон" Валижон Раҳимов билан хайрлашди  2 23:43"Ал Ҳилол" собиқ устози энди "Ал Насср"ни бошқаради  1 23:17"Ньюкасл" "Айнтрахт" ҳужумчиси учун 70 млн. евро таклиф қилди  2 22:34Испания ҳукумати Ямалнинг туғилган кун байрамида карлик касаллиги бор одамларнинг ишга ёлланганини текширишни сўради  4 22:04КЖЧдан сўнг "Олтин тўп" учун ким асосий даъвогар?  66 19:54Грилишнинг янги манзили Туркия бўлиши мумкин  1 19:27Расман: Кенжабоев "Қизилқум"га қайтди  7 19:11"Бавария" вингери "Барса"га ўтиши мумкин – музокаралар давом этмоқда  0 18:44"Реал" суперюлдузи Мбаппе туфайли клуб билан битимни узайтиришдан бош тортди  10 18:18Инсайдер "Арсенал"ни бир қатор футболчилар тарк этишини маълум қилди  1 17:51"Реал" ва "Ливерпуль" кутилмаган алмашувни режалаштирмоқда  6 17:20"Ливерпуль" Украина терма жамоасининг энг яхши футболчиси трансферига кўз тикди  1 16:51Хаби Алонсо: "Реал" футболчисидан буни умуман кутмагандим"  6

Neymar dunyoning eng yaxshisi bo'la oladimi? Yangiliklar

Neymar dunyoning eng yaxshisi bo'la oladimi?

Messidan Mbappega qadar: braziliyalik futbolchi qaerda bo'lsa ham ikkinchi darajali bo'lib qolmoqda.

Neymarning tug'ilgan kuni bayram, ortiqcha dabdabalarsiz o'tishi kerak edi. Parijdagi sokin tunni u o'zining eng yaxshi do'stlari va jamoadoshlari bilan o'tkazdi. Gap shundaki, u ulg'aydi, endi u sayr-u sayohatlar emas, balki kareralar qayg'urishni boshladi. Bu safar uning tug'ilgan kuni yirik kompaniyalar homiyligi ostida o'tmadi. 2019 yilda ushbu tadbirni "Red Bull" tashkillashtirib bergandi. 2020 yilgi tug'ilgan kuni sokinlikda o'tib ketdi.

Neymarning 28 yoshga to'lgani hech kimning yodida qolmaydigan tarzda o'tdi: u Parijdagi tungi klublardan birini ijaraga oldi, PSJning barcha futbolchilarini, do'stlarini, do'stlarining do'stlarini taklif qildi. Asosiy talab - hamma oppoq kiyimda kelishi kerak edi. Umuman olganda - bu oddiy kun, biroq kim buni bunday nishonlagan?

U "Barselona"ni tark etgan paytda jamoaning asosiy triosi, Leo Messi va Luis Suaresning bir qismi edi. 2017 yilda uning yuragi Franciya poytaxti tomon talpindi. Nima uchun? Uning yaqinlari va ishonadigan insonlarining aytgan gaplariga ko'ra, Neymar yangi jamoasida asosiy figura bo'lishni va "Barselona"da Messining soyasidan qochishni istagan.

Asosiy rejalardan biri esa - "Oltin to'p"ni yutish va Messi bilan raqobatda dunyoning eng yaxshi futbolchisi statusiga ega bo'lish. O'sha paytlarda u Krishtianu Ronaldu va Leo Messilar bilan bir qatorda tilga olinardi. Biroq futbolchining so'nggi yurishi o'zini oqlamadi. Paradoksni qarangki, Neymar yangi jamoasida hattoki eng yaxshisi emas.

Parijdagi birinchi yilida Neymar dunyoning eng yaxshilari reytingida uchinchi bo'ldi. Oradan bir yil o'tib, u Rossiyadagi JCH sababli 12-o'rin tomon quladi. O'tgan yili esa PSJning ikki futbolchisi Evropaning eng yaxshi futbolchilari reytingidan o'rin oldi. Mbappega 6, Markinosga 28-o'rin nasib qildi. Neymar esa nominantlar qatoridan o'rin olmadi ham. SHuningdek, u FIFA tomonidan taqdim qilinadigan "The Best" uchun ham ro'yxatga kiritilmadi.

Umuman olganda Neymarning bu holati haqiqiy dahshatning o'zi. Ronaldu va Messidan keyingi futbolning bo'lajak sehrgari deb tarif berilgan Neymar yangi avlod vakili Mbappedan ortda qolishni boshladi.

Ko'rib turganimizdek, yangi jamoaga o'tish Neymarni moddiy tomonlama boyitish uchun xizmat qildi. Parijda kutilganidek uni qattiq hurmat bilan kutib olishdi va ezozlashdi. Neymar o'z ustida ishlash o'rniga ijtimoiy tarmoqlarga katta etibor berdi va internetda o'zini ko'rsatdi.

Gap o'yinqaroqlikda. Ko'plab futbolchilar unga qadar ham futboldan tashqaridagi hayotini ajoyib tarzda o'tkazishgan. Yo'q, bizningcha uning asosiy muammosi tug'ilgan kunidan keyingi "Monpele"ga qarshi o'yinda yaqqol ko'zga tashlandi.

Birinchi bo'limning o'rtalarida Neymar raqib futbolchisi Arno Sukeni maydon burchagiga tortdi va "kamalak" fintini takrorlab ko'rdi. To'p Sukening ustidan o'tib, maydonni tark etdi. Bosh hakam Jerom Bishar futbolchi raqibini erga urganlikda aybladi. Tabiiyki, Neymarning jahli chiqdi va referi bilan janjallashib ketdi. Ko'p gapirgani uchun u sariq kartochka ishlab oldi. Tanaffusda ham u qaynashda davom etdi. Uni kimdir eshitishi shart edi. "Men shunchaki futbol o'ynayapman", - dedi u Marko Verrattiga qarab.

Ushbu kadr bizga Neymar haqida bilishimiz kerak bo'lgan barcha malumotlarni beradi. Ijodkorlik, texnika, ishonch, kuch... Ishonch - futboldagi asosiy individual jihatlardan biri. Ha, u ushbu texnikasi orqali dunyoning eng yaxshilari qatoriga kira oldi va bu uning o'sishiga katta xalaqit berdi. Uning kuchli tomoni esa uning kuchsizligi bo'lmoqda.

Internetda Neymarning ushbu harakatini ko'rsatgan gif va videolar ko'payib ketdi. Har bir fint uni yuqori planga qo'yadi va muxlislarning etiborini tortadi. Biroq kulgili emojilarni o'z bag'riga olgan rasmlar esa noto'g'ri kontekstlar orqali odamlar ongiga etib bormoqda. Noto'g'ri talqindagi futbol - futbol emas.

Neymarning har bir finti - o'yinga yoqimli bonuslar qo'shib beradi, biroq bu asosiy hodisa emas. Futbolchining iqtidori yuqori, ammo barqarorlik yo'q. U o'zining iqtidori qanday ekanligini biladi, biroq haliyam u o'z jamoadoshlariga nimalar kerakligini bilmaydi. SHu boisdan u jamoasidagi eng yaxshisi bo'la olmayapti. 

Neymarda vaqt ko'p. U hali ham yaxshi holatda. Biroq Neymar o'zining hayollarini faqatgina futbolga bag'ishlashi kerak. PSJning tarkibi ajoyib, jamoa ECHLni yuta olishi mumkin. U o'z so'zini ayta oladi.

Mirjalol Normatov tarjimasi

Reyting: +9   

Fikrlar

championat.asia
< so’nggi yangiliklarni ko’rish
Яндекс.Метрика