Neymar – Braziliya termasida 60ta gol urgan uchinchi futbolchi
18 noya 2018, 01:13
Neymar Urugvayga qarshi o'rtoqlik uchrashuvida to'p kiritdi.
Neymar Braziliya MTJdagi 95-uchrashuvida ham muvaffaqiyatga erishdi. Braziliyalik futbolchi terma jamoasi to'purarlar bahsida uchinchi o'rinda bormoqda. Faqatgina Pele (92 o'yin, 77gol) va Ronaldo (98 o'yin, 62 gol) PSJ yetakchisidan oldinda.